Devorlarga ishlov berish
Issiqlik saqlovchi materialni joylashtirishdan avval barcha teshik va kovaklarni germetik yoki montaj ko‘pigi bilan oldindan bekitib chiqish kerak. Ularning sarfini kamaytirish uchun ishlov berishdan avval eng katta teshiklarni penoplast bilan to‘ldirib chiqing.
Gidroizolyatsiya (nam o‘tkazmaydigan qilish)
Gidroizolyatsiya uchun ruberoiddan foydalanish mumkin. Uning cheti ikkinchising cheti ustiga yotqiziladi va qirg‘oqlari gaz gorelkasi bilan eritilib yopishtiriladi.
Polni isitish
Pol isitilgandan keyin 15 sm balandroq bo‘lishini hisobga oling!
Polni eski qoplamasidan, axlatdan va changdan tozalaymiz.
Qavat - qavat qilib folga va penofol to‘shaymiz.
Katak qilib qoqilgan taxta panjarani qotirmaiz.
Oraliqqa sovuqdan himoya qiluvchi material qatlamini to‘shaymiz.
Birikkan joylarni germetik bilan zichlaymiz.
Parket, laminat yoki linoleum to‘shaymiz.
Peshayvonni sovuq o‘tmaydigan qilishning asosiy bosqichlari:
Devorga ishlov berish.
Tayyorlab qo‘yilgan materialni devorga qotirish.
Shiftga ishlov berish.
Devorlarni suvoq, gulqog‘oz yoki bo‘yoq bilan qoplash.
Pol quyish yoki to‘shash
Isitish ishlarini mustaqil ravishda bajarish mumkin yoki ustalarga ishonib topshirish lozim.
Kvartiralarni to‘g‘ri ta’mirlash yoki uy qurish o‘z ichiga zamonaviy plastik yoki alyuminiy derazalarning o‘rnatilishini oladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda alyuminiy yoki plastik derazalar o‘rnatishni taklif etadigan kompaniyalar va ustalarning eng keng tanlovi taqdim etilmoqda. Tanlovni amalga oshirish va narxlari/ifat nisbati jihatidan eng yaxshi variantni topish qolmoqda. Ustabor.uz ta’mirlash ustalari portalida siz o‘zingizga kerakli narsani tanlashingiz mumkin.
Derazalarni tayyor holatda o‘rnatish nima? Ta’mirlashni amalga oshiradigan bo‘lsangiz, bu jarayon eski oyna konstruksiyasini demontaj qilish, o‘lchash, yangi oyna tizimining loyihasini muvofiqlashtirish, aniq o‘lchovlarga ko‘ra qisqa muddatlarda rom yasash va o‘rnatishni o‘z ichiga oladi. Furnituralar, butlovchi qismlar, deraza tokchalar tanloviga sinchkovlik bilan yondoshing va chivinga qarshi pardalarni unutmang! Yakuniy belgi sifatida esa mos rangdagi o‘zingiz istagan materialdagi yangi jalyuzi tanlang.
Nazorat savollari.
1.Pol isitilgandan keyin qancha baland bo‘lishi kerak?
2.Polni eski qoplamasidan, axlatdan va changdan tozalashni tushuntiring?
3.Qavat - qavat qilib folga va penofol qanday to‘shaladi?
4.Katak qilib qoqilgan taxta panjara nima uchun ishlatiladi?
5.Oraliqqa sovuqdan himoya qiluvchi material qatlami nima uchun tushaladi?
6.Birikkan joylar nima maqsadda germetik bilan zichlanadi?
7.Parket, laminat yoki linoleum to‘shashdan maqsad nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |