Vitaminlar. Vitaminlar ham yog‘lar, oqsillar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv kabi organizm uchun zarur bo‘lgan ozika moddalardan hisoblanadi. Rus olimi N.I. Lunin (18531938} 1880 yilda organizm uchun zarur bo‘lgan moddalardan biri vitaminlar ekanini birinchi bo‘lib isbotladi. 1912 yilda K. Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi (vita —xayot degan ma’noni anglatadi. Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo‘lib, ular organizmning o‘sishiga, modda almashinuviga, immun xolatiga, yurak-qon tomir, nerv tizimining ish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar biror vitamin organizmga mutlaqo kirmasa avitaminoz, etishmasa gipovitaminoz, meyoridan ortib ketsa gipervitaminoz deyiladi. Xar bir vitamin turli xil vazifani bajaradi.A vitamin o‘sish vitamini deyiladi. U organizmning o‘sish va rivojlanishida, teri ustki qavati xolatini normal saqlashda, ko‘z o‘tkirligini yaxshi bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Bu vitamin etishmaganda teri kuruqlashib, yorilib, nafas yullari va oshqozon ichak qavatining yallig‘lanishi kasalliklari yuzaga keladi. Vitamin D balik yogida, sariyogda tuxum saririda, jigarda, sabzi, qizil kalampir, o‘rik tarkibida ko‘p bo‘ladi. V gruppa vitaminlarga V1 (tiamin), V2 (riboflavin), Vb, V12, V15, RR (nikotin kislota) kiradi. Bu vitaminlar nerv sistemasining faoliyati, kon yaratilishi uchun zarur. Ular guruchda, loviya, nuxat, yongokda, pivo achitqisida, jigarda, tuxum sarig‘ida bo‘ladi. S vitamin (askorbin kislota) moddalar almashinuvida muhim rol uynaydi. Bu vitamin etishmaganda singa kasalligi paydo bo‘ladi. Bolaning mulki, og‘zi yaralanadi, tishlari tushib ketadi. Bu vitamin karam, petrushka, pomidor, kuk piyoz, na’matak, apelsin, limon, olmada ko‘p bo‘ladi.D vitamin organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi normal o‘tishida ishtirok etadi. Ayniksa u ikki-uch yoshgacha bo‘lgan bolalar suyagining normal shakllanishi, o‘sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin etishmasligi natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi yuzaga keladi. Bu vitamin baliq yogida, tuxum sarig‘ida, sut va sut maxsulotlarida ko‘p bo‘ladi. U kuyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida bola terisida tabiiy ravishda hosil bo‘ladi.Demak vitaminlar bola organizmidagi barcha xayotiy muhim fiziologik jarayonlarning normal o‘tishida, o‘sish va rivojlanishda muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun bolaning kundalik ovqatida vitaminlarga boy mahsulotlar bo‘lishi kerak. Bu mahsulotlar bo‘lmagan vaqtda dorixonada tayyor xolda sotiladigan vitamin tabletkalaridan kuniga 1,2 dona iste’mol qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |