Hazm kanalining harakatlari.
Odam ovqatlangandan 15 minutdan so‘ng ichak muskullari qiskarib, uch xil peristaltik, segmentli, mayatniksimon harakatlana boshlaydi. Ichak harakatlanganda ovqat massasi qorishadi, to‘g‘ri ichak tomonga harakatlanadi, Ichakning reflektor yo‘lidan kisqarishi ichak devorini ximik va mexanik ta’sirlanishi tufayli vujudga keladi. Ovqat butkasi bolalarda ingichka ichakda jami 12-13 soat atrofida o‘tadi.
So‘rilish.Ovqat moddalari ximik, mexanik, ta’sirlar natijasida parchalanib, suvda erigan holga kelgandan so‘ng ichak devorlaridan qon tomirlari va limfaga so‘riladi. Oshqozonda suv, alkogol, ba’zi oziqa moddalari, qisman uglevodlar so‘rila boshlaydi. Ichak so‘rgichlarining qisqarishini piyoz, chesnok va kalampir 5 marta tezlashtiradi. So‘rgichlar qon tomirlariga juda boy.Bolalar orasida oshqozon - ichak kasalliklari 1 yoshgacha -40%, 5 yoshgacha - 30% va 5 yoshdan yuqorilarda 15-20% tashkil etadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish, ovqatlanish gigienasining buzilishi, issiq sharoit, og‘riq, jigar etishmasligi bolalarda ovqat hazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi.Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashqi muxitdan ovqat qabul qilish, organizmda uni o‘zgarishi, xazm qilinishi, hosil bo‘lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar kupayadi, yosh organizm o‘sadi va rivojlanadi, tana xaroratining doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyasiya va dissimilyasiya orqali o‘tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o‘tishi assimilyasiya deyiladi. Assimilyasiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular kupayadi. Organizm qancha yosh bo‘lsa, unda assimilyasiya shuncha aktiv o‘tadi, bu esa yosh organizmning o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi .Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi dissimilyasiya deyiladi. Buning natijasida energiya hosil bo‘ladi. Dissimilyasiya natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga chiqariladi. Keksa odamlar organizmida dissimilyasiya jarayoni ustun bo‘ladi. Sog‘lom organizmda bu ikkala jarayon muvozanatda bo‘ladi. Jismoniy mehnat, sport, aktiv turmush odam tanasidagi to‘qimalarning yangilanishi, organizmning yosh,sog‘lom va tetik saqlanishiga olib keladi. Moddalar almashinuvida ishtirok etadigan asosiy oziq moddalar-oqsillar; yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, vitaminlar va suv hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |