3.Ketingi g`ildiraklar gupchaklarini tiklash.
Qovurg`alardagi darzlar, tashqi va ichki ‘odshishnilarning tashqi halqalari o`rnatiladigan teshiklar hamda tashqi salnik ostidagi teshiklarning yeyilishi, yarim o`qni mahkamlash sh’ilkalari kirgiziladigan teshiklar rezbalarining yeyilishi gupchaklarning asosiy nuqsonlaridir.
Qovurg`alardagi darzlar yoy yordamida payvandlab bartaraf etiladi. Boshqa joylarda darzlar bo`lganda gupchak yaroqsizga chiqariladi.
podshipniklar o`tqaziladigan teshiklar tebranma yoy yordamida suyuqlantirib qoplab yoki QTD qo`yib, so`ng ishchi chizmasi o`lchamiga muvofiq yo`nib tiklanadi.
Rezba shikastlanganda ta`mir o`lchamli rezba ochiladi yoki burama o`rnatilib, so`ng ishchi chizmasiga muvofiq yangi rezba ochiladi.
Osmani ta`mirlash. Ressoralarni ta`mirlash. Bikrlikning yo`qolishi, varaqlardagi, xomutlardagi va xomutlarni mahkamlash parchin mixlaridagi siniqlar hamda darzlar, varaqlarning qalinligi bo`yicha va ressora quloqchasining vtulkasidagi teshiklarning yeyilishi ressoralarning asosiy nuqsonlaridir.
Koprsatilgan nuqsonlar bo`lganda ressora qismlarga ajratiladi. Ressora moslamaga yoki tiskiga mahkamlanib, markazlash bolti (ZIL avtomobillarida markazlash bolti yo`q) va taranglash xomutlari boltlarining gaykalari burab bo`shatiladi, boltlar chiqarib olinadi, kerish vtulkalari va taranglash xomutlari olinadi. Ressora moslama yoki tiskidan bo`shatilib varaqlab ajratiladi.
Singan va darz ketgan detallar, shuningdek yeyilib yupqalashgan detallar yangisiga almashtiriladi. bikrligini yo`qotgan yaroqli varaqlar yumshatiladi, egish moslamasida vannada egib toblanadi, bo`shatiladi va egilgan tomoniga ishlov beriladi.
Eyilgan vtulka yangisiga almashtiriladi va u chizmasi o`lchamiga muvofiq razvyortkalanadi.
Ressoralar yig`ilib, stendda sinaladi. Yig`ishdan oldin varaqlarga grafitli moy surkaladi.
Amortizatorlarni ta`mirlash. Amortizatorda salniklar, sharnirli birikmalar, klapanlar va prujinalar yeyiladi. Amortizator changsiz toza sharoitlarda ta`mirlanadi. qismlarga ajratish uchun amortizator pastki quloqchasidan tiskiga qisiladi, shtok oxirigacha yuqoriga tortib chiqariladi va rezervuar gaykasi maxsus kalit bilan burab chiqariladi. Salnikli oboymani otvyortka bilan koptarib turib, porshen va rezervuarning kojuxi bilan birga yig`iq holdagi shtok ishchi tsilindridan chiqarib olinadi. Suyuqlikning ishchi tsilindri va rezervuarga oqib kirishiga imkon beriladi, keyin u to`kib tashlanadi. Yeyilgan detallar, shuningdek darz ketgan va tirnalgan detallar yangisiga almashtiriladi. Yig`ish vaqtida amortizator yangi amortizator suyuqligi bilan to`ldiriladi, yig`ib bo`lingach, amortizatorning shovqinsiz ishlashi va hosil qiladigan qarshiligi tekshiriladi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki TXK va ta`mirlashda mehnat, material sarfini va avtomobillarni turib qolishini kamaytirishda o`zaro almashuvchanlik katta ahamiyatga ega.
TXK vositalari va nazorat-diagnostika jihozlarini qo`llanuvchanligi-bu mavjud vositalarni yangi modeldagi avtomobillarga xizmat koprsatish va ta`mirlashda qo`llash imkoniyatidir. Bu omil ishchi joyini va bajaruvchilarni ishni bajarishga qulayligini tashkil qilish, TXK va ta`mirlash muddati va narxiga ta`sir koprsatadi.
Avtomobil agregatlari va tizimlarini unifikatsiyasi-bu avtomobil saroyini ta`mirbo’lik va Ekspluatatsiya samaradorligini oshirishni asosiy omilidir. CHunki bu TXK va ta`mirlashni ancha soddalashtiradi va arzonlashtiradi, avtokorxona omborxonasidagi ehtiyot qismlar nomenklaturasini kamaytiradi va nazorat-diagnostika jihozlari turlari sonini qisqartiradi.
Burish tsapfasi bilan old ko’prik balkasining quloqchasi orasidagi o`q bo`ylab tirqish rostlash qistirmasini qo`yib kichray-tiriladi.
Old g`ildiraklar gupchaklarining podshipniklari osilgan g`ildiraklarda rostlanadi. podshipnik qo’qog`ini olib va gaykani bo`shatib, gayka gupchakning tormozlana boshlanishigacha burab mahkamlanadi. Gaykani burab mahkamlayotgan paytda roliklarning podshipniklarda to`g`ri joylashishi uchun g`ildirakni burab turish zarur. So`ngra shtift qulfli shaybadagi eng yaqin teshikka to`g`ri kelguncha gayka taxminan 1/6 aylanaga burab bo`shatiladi. Gaykani burab mahkamlab va stoporlash shaybasini gayka qirrasiga qayirib, g`ildiraklarning ikkala yo`nalishda aylanishi tekshiriladi. g’ildirakni qo`l bilan qattiq aylantirib yuborgandan keyin u lyufti bilinmagan holda kamida 8 marta aylanishi lozim.
Ketingi ko’prik podshipniklarining o`q bo`ylab lyuftlarini aniqlash va rostlash uchun uni osib, yarim o`q gupchakdan ajratib olinadi; rostlash old ko’prik podshipniklarini rostlash tartibiga o`xshaydi, gayka bilan rostlanib, kontragayka va stoporlash halqasi yordamida qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |