1. O'rta Osiyoga arablar istilosi, uning oqibatlari. Arablar zulmiga qarshi Movarounnaxr xalqlarining kurashi. O'lkada islom dinini yoyilishi


O'zbekistonda yangi parlamentni tashkil topishi, uni rivojlanishi(1991-2019 y.)



Download 24,98 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2021
Hajmi24,98 Kb.
#67080
1   2
Bog'liq
O'zb.Tarix yakuniy test

2. O'zbekistonda yangi parlamentni tashkil topishi, uni rivojlanishi(1991-2019 y.)

Insoniyat necha asrlardan buyon yaxshi hayot, yaxshi jamiyat qurishni orzu qilib keladi. Qancha-qancha soxta dohiylar, soxta tuzumlar yaratildi, lekin uzoq yashamadi, yo‘q bo‘lib ketdi. Bir paytlar dunyoda eng insonparvar jamiyat, deb jar solingan sovet tuzumi ham barbod bo‘ldi. Qanday yashashni, qanday yo‘ldan yurishni o‘zimiz hal etadigan zamon keldi — O‘zbekistonimiz mustaqil bo‘ldi. Biz huquqiy demokratik davlat, insonparvar, odil jamiyat qurishni maqsad qilib belgiladik. Dunyo tajribasidan ma’lumki, ko‘ppartiyaviylik tizimiga erishmay turib, bunday davlatni, jamiyatni qurib bo‘lmaydi. 



Bu haqda Prezidentimiz shunday degan edi: «Modomiki, biz demokratik jamiyat qurmoqchi ekanmiz, jamiyatimizda albatta ko‘ppartiyaviylik tizimi bo‘lishi kerak. Bu tizim nima uchun zarur, degan savolga men shunday javob bergan bo‘lardim. Ko‘ppartiyaviylik, avvalo, jamiyatimizda o‘z manfaat va qarashlariga ega bo‘lgan har qaysi ijtimoiy qatlam va guruhning maqsad va intilishlarini to‘liq aks ettirish uchun kerak. Chunki hayot bor ekan, inson bor ekan, har qaysi toifa o‘zining manfaatlarini qandaydir yo‘llar bilan amalga oshirishga harakat qiladi, bu hayotni qanday tashkil qilish lozim, inson, oila qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan masalalar atrofida fikr yuritadi, kerak bo‘lsa, qonuniy yo‘llar bilan o‘z maqsadlariga erishishga intiladi. Shu ma’noda, har bir partiya o‘ziga bo‘lgan ishonchni, kuch-quvvatni xalq ichidan oladi. Shuning uchun ham har qaysi partiya — xalqning ma’lum qatlami manfaatlarini ifodalovchi siyosiy kuch, desak, ayni haqiqat bo‘ladi». Ikkinchidan, katta aholi soniga ega bo‘lgan davlatimizda fikrlar, qarashlar ham xilma-xil bo‘lishi tabiiy edi. Shuning uchun ham, jamiyatda mavjud turli qatlamlar, guruhlarning manfaatini ifodalovchi hamda uning davlat boshqaruvida amalga oshishiga zamin yaratuvchi ko‘ppartiyaviylik tizimi zarur deb tanlandi; Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi» mazmunidagi qoida mustahkamlangan va uning mohiyati ko‘ppartiyaviylik tushunchasi bilan mutanosib; Mamlakatimizda haqiqiy demokratiyaning zarur va qonuniy belgisi bo‘lgan ko‘ppartiyaviylik tizimi tanlanishini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin: Uchinchidan, jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar, ijtimoiy tabaqalarning keng ishtirokini ta’minlovchi ko‘ppartiyaviylikka asoslangan saylov davlat hokimiyati vakillik organlarini tashkil etishning demokratik ko‘rinishi hisoblanadi. Saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazish, saylovchilar tanlovi uchun bir necha nomzodlar kurashini taqozo qiladi. Saylovchilar, ya’ni xalqqa ushbu nomzodlardan tanlab olishning real huquqi beriladi. Turli mamlakatlarda partiyalarning rivojlanishi har xil kechadi. Bu rivojlanish har bir davlat, millat tarixi, siyosiy faolligi, ijtimoiy-siyosiy tajribasidan kelib chiqib, milliy xususiyatlari asosida turlicha bo‘ladi. Albatta, qonunlarda belgilab qo‘yilgani bilan ko‘ppartiyaviylik tizimi o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi. Buning uchun muayyan vaqt, fuqarolarning siyosiy-huquqiy dunyoqarashi yuksalishi talab etiladi. Ya’ni, ko‘ppartiyaviylik qonuniy asoslarga ko‘ra, tabiiy sharoitda yuzaga keladi. Shu ma’noda, mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimi o‘ziga xos tadrijiy tarzda shakllandi. Avvalo, shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan, yakka hokimlikni surib kelgan kommunistik partiyadan voz kechilgan bir sharoitda xalqning boshini qovushtiradigan, bir g‘oya atrofida birlashtirishni o‘z zimmasiga oladigan siyosiy kuch kerak edi. Ana shunday murakkab vaziyatda, 1991 yil noyabr oyida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil etildi. Bu yangi partiya yangi tuzum sharoitida ko‘p sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi, tajriba orttirdi.

O‘zbekistonda oliy davlat vakillik organi — parlamentni shakl¬- lantirishda xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanildi. „Parlament“ fransuzcha „parler“ — gapirmoq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, rasmiy so‘zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament qonun bo‘yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo‘lib, hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga to‘lgan fuqarolardan saylanadi. Parlament tarixi asrlar bilan o‘lchanadi. Parlamentarizm g‘oyasi milodning birinchi ming yillik bo‘sag‘asida Rimda, Angliya, Fransiya, Ispaniyada xalq majlislari shaklida vujudga kelib, davlat hokimiyati darajasiga ko‘tarilgunga qadar yana bir necha taraqqiyot bosqichlaridan o‘tgan. Parlament Angliyada 1215- yilda qabul qilingan „Erkinlikning Buyuk Xartiyasi“ dan boshlanadi va 1265- yilda davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida ta’sis etiladi. XVII—XVIII asrlarda boshqa mamlakatlarda ham parlament vujudga keladi. Parlament xorijiy mamlakatlarda turlicha nom bilan yuritiladi. Masalan: AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Kongress, Buyuk Britaniyada Parlament, Finlandiya va Polshada Seym, Germaniyada Bundestag, O‘zbekis¬tonda Oliy Majlis va hokazo. O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990- yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi — Oliy Kengash faoliyat ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekiston demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lidan borib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990—1994- yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti dastlab sobiq Ittifoq tuzumidan meros bo‘lib qolgan qonunlar doirasida boshlandi. Shu boisdan Oliy Kengash O‘zbekistonning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo‘lidan bordi va uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. Oliy Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor 1990- yil 24- mart kuni O‘zbekiston Prezi¬dentini sayladi, Mustaqillik dekla¬ratsiyasini, O‘zbekistonning davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘ri¬sidagi Konstitutsiyaviy qonun¬ni va boshqa muhim hujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990—1994- yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun va 500 dan ziyod qaror qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida demokratik tamoyillarga asoslangan yangi parlamentni shakllantirishning huquqiy asoslari belgilab berildi. Uning 76- moddasida: „O‘zbe-kiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi“, — deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Res-pub¬likasida bir palatali parlament — Oliy Majlisni shakllantirishga kirishildi.
Download 24,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish