2.Organik moddalarni tozalash
Tozalash darajalari:
1.Texnik toza
2.Sof toza
3.Analiz uchun toza
4.Kimyoviy toza
5.Maxsus toza
Organik moddalar ko'pincha qattiq yoki suyuq holatda bo’ladi. Qattiq moddalarni tozalashda ularning har xil eruvchanligidan (kristallash va qayta kristallash usullari) foydalaniladi. Ba’zida har xil erituvchida qattiq aralashmadagi moddalarning eruvchanligi yaqin bo'lsa, ularni kristallash usuli bilan tozalab bo'lmaydi. Bunday organik moddalarni suv bug‘i bilan haydash yoki quruq haydash (sublimatlash) usullari yordamida ajratib olish mumkin. Suyuq aralashmadagi komponentlarni ajratib olish uchun ularning boshqa erituvchida yaxshi erishidan, ikki aralashmaydigan erituvchilardaeritib, ajratish voronkasiga solibtindirilganda ikki qatlam hosil bo'lishi orqali ajratiladi (ekstraksiya). So'ngra erituvchilar alohida haydalib yoki bug'Iatilib, individual sof organik modda tozalab olinadi. Eruvchanligi orqali suyuqliklarni ajratish qiyin bo'lsa ularning qaynash haroratidagi farqiga ko'ra haydash usuli bilan ajratiladi. Dastlab xomaki ajratilgan suyuqliklar qaytadan fraksiyalab haydash orqali ma’lum harorat chegarasida haydash bilan toza moddalar olinadi. Ba’zi birikmalar suyuq yoki qattiq bo'lishidan qat’iy nazar suv bug'i bilan yaxshi haydaladi. Bu hollarda suv bug’i bilan haydash usuli qo'l keladi. Organik moddalarning hammasi ham yuqori haroratda barqaror emas. Ko'pgina organik moddalar qattiq qizdirilganda parchalanadi yoki sm olaga aylanadi. Bunday moddalarni sof holda ajratib olish uchun past bosimda (vakuumda) haydash usuli ishlatiladi. Keyingi yillarda organik birikm alami aralashmadan ajratib olishning eng samarali xromatografik usuli keng qo'llanilmoqda. Bu usulni birinchi m arta 1906- yilda rus olimi M.S. Svet kashf etdi. Xromatografik kolonka deb ataluvchi, sorbentlar (aluminiy oksidi, silikagel, bo'r, gilmoya kukuni, krax-mal) bilan to'Idirilgan shisha nay orqali aralashma holidagi moddalarning eritmasi o'tkazilganda ular adsorbent yuzasiga yutilishi va moddalarning yuqoridan pastga turlicha siljishidan foydalaniladi. Natijada erigan moddalar aralashmasidagi birikma sorbent yuzasiga turlicha adsorblanadi va har qaysi modda uchun kolonkadag o'zining yig'ilish sohasi ajralib qoladi. Bu usul adsorbsion xromatografiya deyiladi va faqatgina ilmiy laboratoriyalarda emas, balki kimyo sanoatida ham undan unumli foydalaniladi. Hozirgi kunda yuqori samaradorlikka ega bo'lgan gaz-suyuqlik xromatografiyasi juda ko'p shlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |