Satr matritsa, ustun matritsa deb qanday matritsaga aytiladi?
Nol matritsa deb qanday matritsaga aytiladi?
Matritsalarni qo’shish va matritsani songa ko’paytirish amallari bo’ysunadigan xossalarni sanab o’ting?
Matritsa satrlarini mos ustunlari bilan almashtirish amali qanday nomlanadi?
O’zaro zanjirlangan matritsalar qanday ko’paytiriladi?
Matritsalarni ko’paytirish amali qanday xossalarga bo’ysunadi?
Matritsalarni ko’paytirish amali o’rin almashtirish qonuniga bo’ysunadimi?
n-tartibli kvadratik matritsa deb qanday matritsaga aytiladi?
Kvadrat matritsaning qanday xususiy ko’rinishlarini bilasiz?
Uchinchi tartibli determinant deb nimaga aytiladi?
Uchinchi tartibli determinantni hisoblashning Sarrus qoidasi nimadan iborat?
Uchinchi tartibli determinantni hisoblash uchburchak sxemasini yozing.
n-tartibli determinant deb nimaga aytiladi?
Determinantda ikkita satr (ustun) oʻrinlari almashtirilsa, determinantning qiymati oʻzgaradimi?
Agar determinant ikkita bir xil satr (ustun)ga ega boʻlsa, u holda uning qiymati nimaga teng boʻladi?
Agar determinant ikki satri (ustuni)ning mos elementlari proporsional boʻlsa, u holda uning qiymati nimaga teng boʻladi?
Transponirlash natijasida determinantning qiymati qanday oʻzgaradi?
Agar determinant biror satri (ustuni)ning har bir elementi ikki qoʻshiluvchi yigʻindisidan iborat boʻlsa, u holda determinantni ikki determinant yigʻindisi korinishida yozish mumkinmi?
Agar determinant satr (ustun)laridan biri uning qolgan satr (ustun) larining chiziqli kombinatsiyasidan iborat boʻlsa, determinant qiymati nimaga teng?
Agar bir jinsli chiziqli tenglamalar sistemasi fundamental yechimlari tizimi qurilgan bo’lsa, uning umumiy yechimini vektor shaklda yozish mumkinmi va qanday?
Bir jinsli bo’lmagan chiziqli tenglamalar sistemaning keltirilgan sistemasi deb nimaga aytiladi?
Bir jinsli bo’lmagan chiziqli tenglamalar sistemaning umumiy yechimi vektor shaklda qanday yoziladi?
n ta noma’lumlarning kvadratik formasi deb qanday ko`phadga aytiladi?
Kvadratik formani matritsa ko`rinishida yozish mumkinmi va qanday?
Kvadratik formaning kanonik ko`rinishi deb, uning qanday formaiga aytiladi?
Kvadratik formani kanonik ko`rinishga keltirish masalasi qanday yechiladi?