3-Gaz alangasida uglerodli pо‘lat plastinalarni chap usulda pastki holatda ustma-ust payvandlash
Chap usulda Payvandlash usuli eng ko‘p tarqalgan usuldir (2.3.3-rasm, a). Undan yupqa va oson eriydigan metallarni payvandlashda foydalaniladi. Gorelka chapdan o‘ngga, eritib qo‘shiladigan sim esa chokning payvandlanmagan hududiga yo‘naltiriladigan alanga oldida suriladi. 2.3.3-rasm, a da chap usulda payvandlashda mundshtuk va simni harakatlantirish sxemasi ko‘rsatilgan. Chap usulda payvandlashda alanga quvvati metall (po‘lat) ning har 1 mm qalinligiga soatiga 100 dan tortib 130 dm3 gacha asetilenni tashkil etadi.
Chap usulda payvandlashda payvand birikma chokining balandligi va eni ancha tekis chiqadi, 5 mm gacha qalinlikdagi listlarni payvandlashda unumdorlik nihoyatda yuqori, narxi arzon bo‘ladi. Bu alanga dastlab payvandlanadigan metallni qizdirishi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, chap usulda payvandlash osonroq bajariladi va payvandchining katta malakaga ega bo‘lishi talab qilinmaydi.
Chap usulda payvandlashda o‘ng usulga nisbatan payvand- lash tezligini buyumning issiqlik yutishi (issiqlikning yo‘qolishi) sezilarsiz bo‘lguncha oshirish mumkin, bunga faqat yupqa listlarni payvandlashda erishish mumkin. Listlar qalinligi 5 mm dan ortiq bo‘lganda chap usulda payvandlash tezligi o‘ng usulda payvandlash tezligidan kichik bo‘ladi.
O‘ng usulda Payvandlashda gorelka chapdan o‘ngga, eritib qo‘shiladigan sim esa gorelka ortidan suriladi (2.3.3-rasm, b). Alanga simning uchiga hamda chokning payvandlangan hududiga yo‘naltiriladi. Mundshtuk ko‘ndalangiga chap usulda payvand- lashdagiga nisbatan kamroq tebratiladi. Qalinligi 8 mm dan kam metallni payvandlashda mundshtuk ko‘ndalangiga tebratilmasdan chok o‘qi bo‘ylab suriladi. Simning uchi payvandlash vannasiga tiqib turiladi va u bilan suyuq metall aralashtiriladi. Bunda oksidlar va shlaklarning chiqib ketishi osonlashadi. Alanga issig‘i kamroq tarqaladi va undan chap usulda payvandlashga qaraganda yaxshiroq foydalaniladi. Shuning uchun ham o‘ng usulda pay- vandlashda chokni ochish burchagi 90˚ emas, balki 60—70˚ bo‘- lishi mumkin. Shunda eritib qoplanadigan metall miqdori, sim sarfi va chok metalining cho‘kishidan buyumning toblanishi kamayadi.
Payvandlash yo’li bilan turli materiallardan ajralmaydigan konstruksiyalar tayyorlashda payvand birikmalarning turli xillaridan foydalaniladi, lekin, ko’proq tarqalgan xillariga uchma-uch, ustma-ust, burchak hosil qilgan va tavraviy birikmalar kiradi.
Uchma-uch birikmalar (1-1-rasm. Payvand birikmalarning asosiy turlari:
Bunday birikmalarda asosiy hamda suyuqlantirib qo’shiladigan metall kam sarflanishi, payvandlash vaqtining tejalishi va asosiy metalldek puxta chok olinishi sababli bular sanoatda ko’proq tarqalgan. Lekin, uchma-uch biriktirishda payvandlash uchun listlarni yaxshilab tayyorlash va bir-biriga aniq to’g’rilamoq zarur. Ustma-ust birikmalar (1-rasm: a)
b). Bunday biriktirish usuli asosan, qalinligi ko’pi bilan 10-12 mm bo’lgan po’latdan ishlangan qurilish konstruksyalarini yoy yordamida payvandlashda qo’llaniladi.
Ustma-ust birikmalar olish uchun payvandlashda uchma-uch payvandlashdagi singari payvandlanadigan joylarni qo’shimcha ravishda kertib unga ishlov berish talab etilmaydi.
Burchak hosil qilgan birikmalar (1-rasm: v). Bunday birikmalardan bir-biriga nisbatan to’g’ri yoki boshqa burchak ostida joylashgan listlarni chetlari bo’yicha payvandlab biriktirishda foydalaniladi. Bunday birikmalar, asosan, gaz yoki suyuqlikning unchalik katta bo’lmagan ichki bosimi ta’sirida bo’ladigan idishlarda hosil qilinadi. Bunday birikmalarni olishda metallning chetlari kertilmaydi (faqat muhim birikmalar olishdagina kertiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |