Gaz bilan Payvandlash rejimi
Gaz bilan payvandlash rejimining parametrlariga quyidagilar kiradi: alanganing quvvati, uning tarkibi, qo‘shimcha simning diametri, uning sarfi. Payvandlash rejimini tanlash metallning issiqlik-fizik xossalariga, payvandlanadigan metallning o‘lcham- lari va shakliga, payvandlash rejimiga va payvand chokning fazodagi vaziyatiga bog‘liq.
Alanganing dm3/soat hisobidagi quvvati M payvandlanadigan metallning qalinligi S ga mutanosib: M = Kms.
Mutanosiblik koeffitsiyenti Km qalinligi 1 mm bo‘lgan
metallni payvandlash uchun zarur bo‘lgan asetilenning dm3/soat hisobidagi solishtirma sarfidir. U tajriba yo‘li bilan aniqlangan va masalan, uglerodli po‘lat, cho‘yan va jez uchun 100—130 dm3/soatga, legirlangan po‘lat va aluminiy qotishmalari uchun 75 dm3/soatga, mis uchun 150—200 dm3/soatga teng. Alanganing talab etilgan quvvatini aniqlab, bu quvvatga mos
keladigan gorelka uchligi tanlab olinadi.
Alanganing tarkibi kislorod sarfining yonuvchi gaz sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni alanganing tashqi ko‘rinishiga qarab belgilanadi. Qo‘shimcha eritib qo‘shiladigan metallning massasi bir pogon metr chokni payvandlash uchun qirralar qalinligining kvadratiga mutanosib:
P = Kns 2.
Kn koeffitsiyenti qalinligi 5 mm gacha bo‘lgan qirralarni payvandlashda po‘latlar uchun 12, mis uchun 18, jez uchun 16
va aluminiy uchun 6,5 ga teng qilib qabul qilinadi. Agar qirralarning qalinligi 5 mm dan ortiq bo‘lsa, Kn ning qiymatini 20—25% ga kamaytirish kerak.
2.3.5. Gaz bilan Payvandlashning maxxux turlari
Paxtdan yuqoriga yaxlit ralik hoxil qilib Payvandlash (2.3.4- rasm). Listlar list qalinligining yarmiga teng oraliq qoldirib vertikal holatda o‘rnatiladi. Listlarning qirrasi gorelka alangasi bilan eritilib, yumaloq teshik hosil qilinadi. Teshikning ostki qismi payvandlanadigan metallning butun qalinligi baravari eritib qo‘shiladigan metall bilan payvandlanadi. Shundan keyin alanga yuqoriga ko‘tarilib teshikning yuqorigi qirrasi eritiladi va teshikning ostki tomonida metallning navbatdagi eritilgan qatlami hosil qilinadi. Xullas butun chok tamomila payvandlab bo‘lingunga qadar shu tariqa ishlanaveriladi. Chok payvand- lanadigan listlarni biriktiruvchi yaxlit valik ko‘rinishida chiqadi. Chok metali zich, g‘ovaksiz, chuqurchasiz va shlak qo‘shilma- larisiz bo‘ladi.
Listlarning qalinligi 2 dan 6 mm gacha bo‘lganida bir tomondan, 6 dan 12 mm gacha bo‘lganida esa bir yo‘la ikki payvandchi ikki tomondan payvandlaydi.
2
60-70˚
s
s
s
2
1/ s
1/ s
Payvandlash yo‘nalishi
20˚ S0˚
Payvandlash yo‘nalishi
20˚ S0˚
20˚
Payvandlash yo‘nalishi
S0˚ 20˚ S0˚
20˚ S0˚
Gorelka
Sim
Gorelka
Sim
Gorelka
Sim
a b d
2.3.4-rasm. Turli qalinlikdagi metallarni sidirg‘a valik yotqizib payvandlash sxemalari:
a — 2 dan 6 mm gacha; b — 6 dan 14 mm gacha; d —12 dan 20 mm gacha.
Vannachalar hoxil qilib Payvandlash (2.3.5-rasm). Bu usulda unchalik qalin (ko‘pi bilan 3 mm) bo‘lmagan metall eritib qo‘shiladigan sim bilan uchma-uchiga va burchak birikmalar payvandlanadi.
Chokda diametri 4—5 mm vannacha hosil bo‘lganida payvandchi unga simning uchini tiqadi va ozgina qismini eritib, sim uchini alanganing qoramtir, tiklovchi qismiga suradi. Bunda payvandchi mundshtuk bilan aylanma harakat qilib, uni chokning navbatdagi hududiga suradi. Yangi vannacha oldingi vannacha diametrining uchdan bir qismi baravarini qoplashi kerak. Simning uchi oksidlanmasligi uchun uni alanganing tiklash zonasida tutish, alanga yadrosi esa chok metali ugle- rodlanmasligi uchun vannachaga botirilmasligi kerak. Ana shunday usulda (yengil choklar bilan) payvandlangan kam uglerodli va kam legirlangan yupqa po‘lat list va quvurlardan juda sifatli birikmalar chiqadi.
Gaz bilan ko‘p qatlamlab Payvandlash. Bu usul bir qatlamlab payvandlash usuliga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Metallning qizish zonasi kichkina bo‘ladi; navbatdagi qatlamlarni eritib qoplashda ostki qatlamlar bo‘shatiladi, navbatdagi chokni yotqizishdan oldin har qaysi qatlamni bolg‘alash imkoni tug‘iladi. Biroq ko‘p qatlamlab payvandlash unchalik unumli bo‘lmay, bir qatlamlab payvandlashga qaraganda gazlar ko‘p sarf bo‘ladi. Shuning uchun ham bu usul mas'uliyatli buyumlarni tayyorlashdagina qo‘llaniladi.
Payvandlash qisqa hududlarda olib boriladi. Qatlamlarni yotqizishda turli qatlamlardagi choklarning uchma-uch joy-
2.3.5-rasm. Vannachalar hosil qilib payvandlash.
lashgan yerlari bir-biriga to‘g‘ri kelib qolmasligiga e'tibor berish zarur. Yangi qatlamni yotqizishdan oldin sim cho‘tka bilan oldingi qatlam sirtini kuyindi va shlakdan sinchiklab tozalash kerak.
Okxidlantirurchi alanga bilan Payvandlash. Bu usulda kam
uglerodli po‘latlar tarkibi
O2 1, 4
C 2H 2
bo‘lgan oksidlan-
tiruvchi alanga bilan payvandlanadi. Bunda payvandlash vannasida hosil bo‘ladigan temir oksidlarini oksidsizlantirishda marganes va kremniy miqdori ko‘p bo‘lgan Cb-12FC, Cb-08F va Cb-08F2C rusumli simlar ishlatiladi. Marganes bilan kremniy oksidsizlantirgichlar hisoblanadi. Bu usul ish unumini 10—15% oshiradi.
Propan-butan kixlorod alangaxi bilan Payvandlash. Bu usulda alanga haroratini oshirish hamda vannaning eruv- chanligini va suyuqlanib oquvchanligini kuchaytirish maqsadida aralashmadagi kislorod miqdorini ko‘paytirib payvandlanadi:
O2 3,5.
C2 H8 C4 H10
Chok metalini oksidsizlantirish uchun
Cb-12FC, Cb-08F, Cb-08F2C simlari, shuningdek, tarkibida 0,5—0,8% aluminiy va 1—1,4% marganes bo‘lgan Cb-15FЮ rusumli sim ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |