6-Amaliy mashg`ulot
Chokli kontaktli payvandlash rejimlarini hisoblash.
I. Ishdаn mаqsаd: Chokli kontaktli payvandlash rejimlarini hisoblashni o`rganish.
II. Qisqаchа nаzаriy mа’lumоt: Chokli payvandlash rejimiga Ipay, tpay, tT, Fpay, vpay ba’zan Fch, tch, shuningdek roliklar ish yuzasining o‘lchamlari (fi, Ri, Di) kiradi.
Chokli payvandlashda payvandlash tokining kuchi nuqtali payvandlashdagidan 15–20 % katta bo‘ladi, bunga payvandlash rejimining ancha qattiqligi (payvandlash vaqti kam) va qisman, shuntlanish sabab bo‘ladi. Ammo qizish joyi kengroqligi tufayli metallning qizishga qarshiligi kamayadi va kamroq muddatli impuls bilan, chayqalib to‘kilishlarsiz payvandlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Payvandlash kuchi taxminan nuqtali payvandlashdagidek belgilanadi.
Chokli payvandlash rejimining muhim parametri payvandlash tpay impulslari bilan payvandlash sikli vaqti ts=tpay+tT orasida nisbat bo‘lib, u odatda tpay/ ts=0,15–0,85 nisbat bilan baholanadi:
tpay/ ts< 0,5 – kam uglerodli po‘latlarni payvandlashda;
tpay/ ts=0,5 – o‘rtacha uglerodli po‘latlarni payvandlashda;
tpay/ ts=0,4–0,6 – zanglamaydigan, issiqqa chidamli po‘latlar va titan qotishmalarini payvandlashda;
tpay/ts=0,5–0,85 – himoya qoplamali po‘latlarni payvandlashda;
tpay/ts=0,15–0,35 – aluminiy qotishmalarini payvandlashda.
Payvandlash tezligi (m/min) f nuqtalarining talab etiladigan bir-birini qoplash kattaligini va ular o‘rtasidagi oraliq (qadam) tq hisobga olingan holda tanlanadi:
,
bunda: ; tpay va tT - mos ravishda tok impulsning va to‘xtam (pauza) ning davomligi, s.
Payvandlash tezligining eng yuqori qiymatlari qizish va kristallanish tezligi bilan cheklangan. Shu sababli payvandlashning yuqori tezligini saqlab turish uchun tpay va tT ni kamaytirishga harakat qilinadi. Qizish va kristallanish sekinlishi munosabati bilan metallning qalinligi ortganda vpay kamaytiriladi. Aynan shu sababli, issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan metallarni quyidagi turli sikllar bilan amalga oshiriladi:
a) Ipay ni uzluksiz ulash, roliklarni uzluksiz aylantirish (siljitish) SV, o‘zgarmas Fpay bilan – yupqa listlardan yasalgan konstruksiyalarni payvandlash uchun. Tokni uzluksiz ulash payvandlash tezligini keskin oshirishga imkon beradi. Ammo birikmalar sifati va roliklarning chidamliligi pasayadi;
b) Ipay ni uzlukli ulash, roliklarni uzluksiz aylatirish SV, o‘zgarmac bilan – impulslar orasidagi to‘xtam (pauza) vaqtida tT vaqt ichida roliklar va detallar qisman sovishga ulguradi, shu bois roliklarning chidamliligi ortadi, termik ta’sir joyining eni torayadi, qoldiq deformatsiyalar kamayadi;
d) Ipay ni uzlukli ulash, roliklarni uzlukli (qadam-baqadam) aylantirish SV, o‘zgarmas Fpay yoki chokni cho‘kichlash Fch bilan – katta uzunlikdagi yirik detallarni payvandlashda. Tok o‘tkazish paytida roliklarni to‘xtatish detallar va roliklarning ish yuzasi jadal sovishiga yordam beradi. Tegish joylari barqarorlashadi, roliklarning sirpanishi barham topadi, elektrod-detal tegish joyidagi harorat pasayadi, elektrod va detal metalining o‘zaro kimyoviy ta’sirlashuvi kamayadi. Elektrodlarning chidamliligi ortadi. Bundan tashqari, roliklarni to‘xtatish Fch ni qo‘yish imkonini beradi.
Chokli payvandlashdagi kuch va tok siklogrammalari
Do'stlaringiz bilan baham: |