Kurs loyihasini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar Kurs loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlarga mos texnik echimlar qabul qilish va zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishdir.
Kurs loyihasi mavzulari bevosita ishlab chiqarish korxonalari texnologik jarayonlariga bog‘liq holda, aniq bir texnologik jarayon sharoiti uchun belgilanadi. Kurs loyihasining mavzulari umumiy talabalar sonidan 20-30% ko‘proq oldindan tayyorlanadi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq beriladi.
Kurs loyixasi xisoblab izox berish daftaridan va grafik kismidan tashkil topgan. Xisoblab izoh yozish daftarida mahsulot to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatma va payvandlash usulini asoslash, payvandlash tartibotini asosiy qiymatlarini hisoblash va payvandlash rejimlari hisoblari. Buyumlarni yig‘ish va payvandlash texnologik jarayonining ketma-ketligini ishlab chiqiladi (texnologik kartada).
Grafik qismida buyum chizmasi, payvandlash jixozlari va uning asosiy bo‘laklarini, yig‘ib-payvandlash moslamalari va ishchi uchastkasini rejalashtirishni ishlab chiqilib tasvirlari chiziladi.
Kurs ishining tahminiy mavzulari:
a) Buyumni yig‘ish va nuqtali kontaktli payvandlash texnologik jarayoni;
b) Buyumni yig‘ish va chokli kontaktli payvandlash texnologik jarayoni;
v) Buyumni yig‘ish va uchma-uch kontaktli payvandlash texnologik jarayoni.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni Ushbu o`quv fani bo`yicha talabaning mustaqil ishi ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlar bilan ishlashni, amaliy mashg`ulotlar va laboratoriya ishlarini o`tishga tayyorgarlik ko`rishni, sinov natijalariga ishlov berishni hamda muayyan mavzular bo`yicha referatlar yozishni o`z ichiga oladi.
Mustaqil ishlar uchun mo`ljallangan mavzular:
- bosim ostida payvandlashning tarixi va rivoji;
- bosim ostida payvandlashning respublika xalq xo`jaligida tutgan o`rni;
- bosim ostida payvandlash mashinalarining ishlash prinsiplari;
- kontaktli payvandlash uchun maxsus qurilmalar;
- dasturli boshqarish ko`p funksiyali avtomatik qurilma;
- nuqtali kontaktli payvandlash bilan bajarilgan birikmalrni mustaxkamligi;
- kontaktli payvandlash uchun ko`p elektrodli mashinalarning konstruktiv elementlari;
- armatura buyumlarini tayyorlash uchun mexanixaziyalashgan liniyalar.