Pedagogik eksperiment uch bosqichdan iborat bo‘lishi mumkin:
1)aniqlov eksperiment;
2)shakllantiruvchi eksperiment;
3)yakuniy nazorat eksperimenti.
eksperimentning birinchi bosqichi tadqiqot muammosi uning ob’ekti, predmeti, ilmiy farazi, yangiligini aniqlashi, hal qilinadigan asosiy masalalar doirasini belgilashni taqozo etadi. Bu bosqichda tadqiqot yo‘nalishi bilan bog‘liq ilmiy-metodik adabiyotlar har tomonlama chuqur o‘rganiladi hamda tahlil etiladi; o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati shu nuktai nazardan o‘rganilib, mavjud holat yuzasidan ilmiy xulosalar chiqariladi.
Ikkinchi bosqichda ishlab chiqarilgan metodika (ta’lim mazmuni, o‘qitishning yangi usullari va vositalari kabilar) eksperimental sharoitda sinovdan o‘tkaziladi; natijalar qayd qilib boriladi. Buning uchun nazorat guruhlari (sinflari) va tajriba-sinov guruhlari (sinflari) tanlanadi, eksperimentator o‘qituvchilar belgilanadi, bu o‘quvchilar maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi v.x. Tajriba-sinov ishlarining sinov natijalari magnit lentasiga yozib olinishi va keyinchalik o‘rganilib, tahlil qilishi ham mumkin. eksperiment tajriba-sinov ishlarning boshi va oxirida, maxsus bo‘lim o‘rganilgandan keyin yoki har bir chorakning oxirida o‘tkazilishi mumkin. erishilgan natijalar matematik tahlildan o‘tkaziladi va qiyoslanadi.
eksperimentni faqat tajriba-sinov sinfi boirasidagi o‘tkazish ham mumkin. Unda nazorat sinfi tanlanmaydi va erishilgan natijalar eksperimentning boshlanish paytidagi holat bilan qiyoslanadi.
Shakllantiruvchi bosqich eksperimentatordan o‘quvchilar faoliyatini diqqat bilan kuzatishni, olinayotgan natijalarni tahlil etib, yutuq va kamchiliklarni hisobga olib borishni, maxsus qoidalar yuritishni talab etadi. Agar zaruriyat tug‘ilsa, ayrim o‘rinlar takroriy eksperimentdan o‘tkazilishi mumkin.
Yakuniy nazorat eksperimenti shakllantiruvchi eksperiment tugagandan so‘ng o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat yozma ish, og‘zaki savol-javob, test sinovlari orqali o‘tkazilishi mumkin. O‘quvchilardan olinadigan nazorat diktantlari, bayon va insholar, ular tuzgan matnlar yakuniy eksperiment natijalaridir. Diagnostik tahlil. «Diagnosti» tushuncha yunoncha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, «aniqlashga qodir» ma’nosini ifodalaydi. O‘zbek tili o‘qitish nazariyasi va usuliyatidan zarur ilmiy xulosalar chiqarishda tadqiqotning bu metodidan keng foydalaniladi.
Diagnostik tahlil olingan yozma ishlar, o‘tkazilgan savol-javoblar hamda kuzatishlar asosida uyushtiriladi va u uch bosqichni o‘z ichiga oladi:
Birinchi bosqich tadqiqot perdmetini aniqlash. Masalan, ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilar nutqidagi dialektal xatolarning oldini olish va bartaraf etish, og‘zaki talaffuz me’yorlari ustida ishlash, o‘quvchilarning so‘z zahirasini oshirish jarayonlari tadqiqot predmeti bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi bosqich yuzaga murakkab holatning kelib chiqishi sabablarini aniqlashdir, uchunchi bosqich yuzaga kelgan murakkab holatni bartaraf etish yo‘llarini belgilashdan iborat. Tadqiqotchi bir necha yo‘lni belgilashi va ularning samaradorligiga umid bog‘lashi mumkin. Bu belgilangan yo‘llardan qaysi birining ko‘proq samara berishini o‘tkaziladigan eksperiment natijalari ko‘rsatadi. Masalan, tadqiqotchi shevaga oid xatolarni bartaraf etish maqsadida lug‘at diktantlari o‘tkazish, shevada talaffuzi adabiy tildan farq qiluvchi so‘zlar ro‘yxatini tuzish, yo‘l qo‘yilgan xatolar bilan bog‘liq ta’rif va qoidalarni eslash, o‘quvchilarni bir necha guruhlarga bo‘lib ular o‘rtasida «Topqirlar bellashuvi» o‘tkazish kabilardan foydalanishni tavsiya etgan bo‘lishi mumkin. Bu tavsiyalarning samradorlik darajasi tajriba-sinov ishlari orqali aniqlanadi.
Jamiyat rivoji fan va texnika, ta’lim-tarbiya taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq. Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta’lim berishga yo‘naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ta’lim jarayonini o‘ta qat’iy hamda murakkab talablar asosida yo‘lga qo‘yish zarurati kun tartibiga qo‘yilmoqda. Chunonchi, murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayoni mohiyatini to‘laqonli anglay olgan, favqulotda ro‘y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta olish salohiyatiga ega bo‘lgan malakali mutaxassisni tayyorlash zaruriyati ta’lim jarayonini ham texnologik yondashuv asosida tashkil etish lozimligini taqozo etmoqda. Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan ta’lim tizimining vazifalari doirasi kengayib bormoqda. Tabiiy ravishda zamonaviy fan texnika yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi namoyon bo‘lmoqda.
Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga keng ko‘lamli va shiddatli tezlikdagi
axborotlar oqimi kirib kelmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o‘quvchiga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga, xususan, til ta’limiga ham pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi. Bu vazifani to‘liq bajarish maqsadida, eng avvalo, olimlar hamda maktablar, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida ishlayotgan o‘qituvchilar hamkorligida bir necha muammolarni yechish lozim. Jumladan:
- yangi pedagogik texnologiyalarning mohiyatini aniqlash va uning nazariy
asoslarini yaratish;
- uning prinsiplarini ishlab chiqish;
- pedagogik texnologiyalarni amalda qo‘llashning samarali yo‘llarini tanlash va hokazo.
Ta’kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta’limning yangi modelini yaratish taqozo qilinadi. Modelni amaliyotga tatbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “o‘quv-tarbiyaviy jarayonini yangi pedagogik texnologiyalari bilan ta’minlash” uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Ta’lim jarayonida faol o‘qitish metodlarini tanlash. Ta’lim texnologiya elementlarini tanlash va amalga oshirishda ta’lim oluvchilarning o‘quv bilish faoliyatlarini e’tiborga olish lozim. Amaliyotdagi oddiy qoida shu haqida guvohlik
beradiki, nazariy darsning dastlabki 20 daqiqasida ta’lim oluvchilarga yangi bilimlarni berish amalga oshiriladi, keyin esa bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash va boshqa shu kabi noan’anaviy metodlarni amalga oshirish orqali berilgan bilim mustahkamlanishi lozim.
Agar bilimlarni idrok qilishda bir necha sensorik kanallar birgalikda ishga solingan bo‘lsa, ma’lumotlarning qisqa xotiradan uzoq xotiraga o‘tish jarayoni tezlashadi, bu esa bilishning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Yo‘naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o‘qitish kabi usullarmustaqil o‘rganilgan, tahlil va muhokama qilingan ma’lumotlarning 90 foizini xotirada saqlanashi uchun imkon beradi.
Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, dars jarayonida an’anaviy metodlar qo‘llanilganda, ta’lim oluvchilarning axborotni eslab qolish ko‘rsatkichining eng yuqori darajasi 30 foizni tashkil etar ekan. Noan’anaviy metodlar qo‘llanilganda esa, ularning axborotlarni o‘zlashtirish darajasi yanada ortib boradi.
Har qanday ta’limning maqsadi - bilimni hamda uni amalda qo‘llay bilish ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish, shunga zarur shaxs sifatlari va ko‘rsatmalarni ishlab chiqishdir. Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijasida adabiyotlar tahlili, dasturlar, darsliklar, dars
berish amaliyotidagi o‘quv maqsadlarining aksariyati kognitiv (bilishga oid) sohaga tegishli bo‘lishi aniqlangan. Xuddi shu maqsadda jahon pedagogikasida fundamental izlanishlar natijasida o‘quv maqsadlari taksonomiyasi vujudga kelgan. U o‘quv maqsadlarini belgilashning eng ilg‘or usuli bo‘lib e’tirof etilgan.
Taksonomiya tuzish ham nazariyotchi olimlar, ham amaliyotchi pedagoglar faoliyati samarasini oshirishning muhim omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston pedagoglari bu usulni qay darajada tezroq egallar ekanlar, ular Respublikamiz ta’lim tizimini jahon pedagogikasini ilg‘or tajribalari bilan uyg‘unlashuviga shu darajada jadalroq o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘ladilar.
Bugungi kunda barcha fanlar qatori ona tili darslarini ham hozirgi zamon talablariga muvofiqlashtirish, zamonaviy ta’lim metodlari asosida o‘qitish yuzasidan faol ishlar olib borilmoqda. Biroq ta’lim mazmuni, usuli va vositalarini “o‘quvchilarning ijodiy, mantiqiy, obrazli va assotsiativ fikrlash, tafakkur qilish, tafakkur mahsulini og‘zaki va yozma shakllarda nutq sharoitiga mos ravishda to‘g‘ri va ravon ifodash kompetensiyalarini rivojlantirish”2 bosh maqsadidan kelib chiqib, izchil va sistemali, aniq amaliy natijalarni olish nuqtai nazaridan tashkil etib ta’lim samaradorligini ta’minlash dolzarb muammoligicha qolmoqda.
Ona tili ta’limining samaradorligi ta’lim prinsiplariga rioya qilish bilan birga ta’lim metodlari va usullarini to‘g‘ri tanlashga ham bog‘liq. Metod (yunoncha) — muayyan maqsadga erishish, aniq vazifani bajarish usuli, borliqni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish (bilish) usullari majmui. Metod tushunchasining falsafiy ma’nosi hodisalami kuzatish va ularni ilmiy jihatdan tasnif qiiish bo‘lsa, uning didaktika o‘rganadigan tomoni talabani bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirish va ularni amaliyotda qo‘llash demakdir.
Pedagogika fanlari doktori, metodist-olim A.Q.G‘ulomov ta’lim metodlarini quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |