Taxmonli mexanik pech.Kolchedanni kuydirish uchun xilma-xil pechlar ishlatiladi. Mexanik(taxmonli) pechlarda maydalangan kolchedan bir necha taxmonlardajoylashtiriladi va uni eshkakchalar bilan bir taxmondan ikkinchisiga surish orqali aralashtirilgan holda yondiriladi. Chang holatidakuydirish pechlarida kolchedan zarralari kamera taxmonlaridantushish vaqtida yonadi. Qaynovchi qatlamda kuydirish pechlarida pastki tomondan kiradigan havo bilan kolchedanning muallaq holatda ushlab turilishi ta’minlanadi va intensiv aralashtirish orqali yondiriladi. Siklonli pechlarda kolchedan qaynoq havo bilan birgalikda katta tezlik bilan aylanma harakati orqali kuydiriladi. Kuyundi maxsus tirqish orqali chiqarib olinadi. Mexanik pechlar ichida Voskresensk kimyo zavodi (VKZ) ning bir necha tokchalardan iborat taxmonli pechi keng tarqalgan. 1.5-rasmda tasvirlangan pech sakkizta tokchaga ega. Uning yettita tokchasida (I—VII) kolchedanning kuyishi amalga oshadi (ishchi tokchalar), uning bitta tokchasida kolchedan quriydi (quritish tokchasi). Tokchalarning umumiy ish yuzasi 140 m2 ni tashkil etadi.
VKZ pechi balandligi 8 m va diametri 5 m li po‘lat silindrdan iborat. Pechning ichki tomoni o‘tga chidamli g‘ishtdan ishlangan (futerovka qilingan). Pechning ichki qismida o‘tga chidamli g‘ishtdan ishlangan 8 ta olovdon bor. Pech markazi orqali ichi bo‘sh val (1) o‘tgan bo‘lib, unga har bir taxmon tepasida turuvchi ikki tomonga yo‘nalgan siljitish tishlari (6) bo‘lgan eshkakli taroqlar (5) mahkamlangan bo‘ladi. Pech bunkeri (3) orqali kolchedan quritish (birinchi) tokchasiga kelib tushadi va aylanuvchi eshkakli taroqning siljitish tishlari orqali pech markazi tomon siljiydi. Pech valining yaqiniga joylashgan ta’minlagich (2) orqali kolchedan birinchi ishchi tokchaga sepiladi, u yerdagi eshkakli taroqlar yordamida kolchedan markazdan pechning ichki devori tomon harakatlanadi va maxsus tirqish orqali ikkinchi ishchi tokchaga tushadi. U yerda kolchedan pech markazi tomon harakatlanadi, undan val yaqinidagi halqali teshik orqali uchinchi ishchi tokchaga tushadi va hokazo. Oxirgi (pastki) tokchadan kuyundi tirqish (13) orqali transportyorga tushadi va u orqali chiqindixonaga chiqarib tashlanadi. Kolchedanning yonishi uchun talab etiladigan havo pech qoplamasi orqali kiradigan va pastki oxirgi tokchaning ustki qismida joylashgan tirqishdan beriladi. Har bir ishchi tokchalarda to‘rttadan eshikchalar (7) bo‘lib, ularning har birida kuyish jarayonini ishchi tokchalar holatini kuzatish uchun qopqoq bilan yopib qo‘yiladigan maxsus tirqishlar mavjud

. Ichki qismi bo‘sh val – reduktor (12) ning aylanishidan uzatgich val (11) orqali keladigan harakat orqali aylanadi. Bunda uzatgich valdagi tishli kichik g‘ildirak (10) aylanma harakatni pech valining pastki qismiga mahkalangan tishli katta g‘ildirak (8) ga uzatadi. Sutkasiga pech tokchasining 1 m3 yuzasida kuydiriladigan xomashyo miqdori (tarkibida 45% S bo‘lgan quruq shartli kolchedan hisobida) mexanik pechning jadalligini ifodalaydi. VKZ pechlarida 32—35 t/sutka shartli kolchedan kuydiriladi, bu 225—250 kg/m2 jadallikka to‘g‘ri keladi. Bunday jadallikda ishlaydigan pech kuyundisida 2% atrofida oltingugurt bo‘ladi, kuyundi gazdagi SO2 konsentratsiyasi 9—10% ni tashkil etadi.