Reja:
1. Oltingugurtli xomashyolarni kuydirishning fizik-kimyoviy asoslari.
2. Kolchedanni kuydirish pechlari.
3. Pechlarga kolchedanni tashlash va kuyundini yo‘qotish.
4. Xulosa
5. foydalanilgan adabiyotlar
Oltingugurtli xomashyolarni kuydirishning fizik-kimyoviy asoslari.
Oltingugurtli xomashyolarning yonish reaksiyalari. Tarkibida sulfit angidrid tutgan gazli aralashmalar texnikada sulfitli gazlar deyiladi. Sulfitli gazlar komponentlari (SO2, O2, N2 va h.k.)ning konsentratsiyasi boshlang‘ich xomashyolar turi va ularning kuydirilish usuliga qarab turlicha bo‘ladi. Kolchedanning kuydirilish jarayoni bir necha bosqichli reaksiyalar bilan amalga oshadi. Dastlab temir disulfid — FeS2 ning termik parchalanishi natijasida temir sulfid va oltingugurt bug‘lari hosil bo‘ladi: 2FeS2 2FeS + S2 – 103,9 kJ Oltingugurtning ajralishi 500°C haroratdan boshlanadi va haroratning oshirilishi natijasida tezlashadi. Oltingugurt bug‘lari oltingugurt dioksid hosil qilish bilan yonadi, xuddi shunday jarayon elementar oltingugurt yonganda ham kuzatiladi: S(bug‘) + O2(gaz) = SO2(gaz) + 362,4 kJ Temir sulfid — FeS ham yonadi, ammo bu jarayonning aniq mexanizmi belgilab berilmagan va hozirda bir necha oraliq reaksiyalar yo‘nalishlari aytib o‘tilgan. Ulardan birida FeS oksidlanishining birinchi bosqichida temir sulfatlari hosil bo‘lishi va so‘ngra ular temir oksidlarigacha parchalanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, boshqasida esa FeS to‘g‘ridan to‘g‘ri temir oksidlariga aylanishi aytilgan.
Umumiy holda kolchedanning yonish jarayoni temir (III)- oksid — Fe 2O3 yoki temir kuyundisi — Fe3O4 hosil bo‘lishi bilan kechadi: 4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2 + 3415,7 kJ yoki 3FeS2 + 8O2 = Fe3O4 + 6SO2 + 2438,2 kJ Yuqori harorat, gaz tarkibidagi sulfit angidrid miqdorining ko‘p bo‘lishi va yonmagan kolchedan miqdorining nisbatan katta bo‘lishi Fe3O4 hosil bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratadi. Yonish jarayonida kolchedan tarkibidagi qo‘rg‘oshin, magniy, kalsiy, bariy sulfatlari parchalanmaydi. Kuydirish jarayonida metallar karbonatlari parchalanishi natijasida karbonat angidrid ajralib chiqadi va tegishli metallarning oksidlari hosil bo‘ladi, so‘ngra ular sulfatlarga aylanadi. Ko‘mirli kolchedan kuydirilganda oltingugurt bilan birgalikda uglerod ham yonadi: C + O2 = CO2 + 409,8 kJ Bunda kuyundi gazi tarkibidagi kislorod miqdori kamayadi, bu esa sulfit angidridning keyingi bosqichdagi katalitik oksidlanish tezligini pasaytiradi. Kolchedanning kuyundi bilan oksidlanishi natijasida (jarayon 800°C haroratda amalga oshiriladi) yuqori konsentratsiyali sulfit angidrid gazi olinadi: FeS2 + 16Fe2O3 = 11Fe3O4 + 2SO2 – 450,8 kJ Hosil bo‘lgan temir kuyundisi havo kislorodi bilan 900°C haroratda oksidlanadi va yana jarayonga qaytariladi: 11Fe3O4 + 2,75O2 = 16,5Fe2O3 + 1279,2 kJ Bu reaksiyalarning issiqlik effektlari yig‘indisi musbat bo‘lib, 828,4 kJ ga teng, bu esa bunday usulda sulfit angidrid olishning avtotermik jarayon bo‘lishligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |