1. Oltin O'rda adabiy muhiti Qutb, Sayfi Saroyi hayoti va ijodi


Ul yuzi oykim, jahonning jonidur



Download 55,5 Kb.
bet2/2
Sana08.07.2021
Hajmi55,5 Kb.
#112207
1   2
Bog'liq
Oltin orda maruza

Ul yuzi oykim, jahonning jonidur,

Bu zamona xo‘blarining xonidur.

Yosamin tan, qomati sarvi ravon,

Zulfi jannat bog‘ining rayhonidur.

G‘amzasining oltina olam asir,

Ko‘zlari davri qamar fattonidur...

 

* * *

 

Dilbarimning ul sadaftek og‘zida dur bor erur,

La’lining shavqinda tun-kun diydalar durbor erur.

Zulfi sunbultek, bo‘yi sarv, englari gulzor erur,

Yuzini ko‘rmakka bir dam bulbul-u gul zor erur.

O‘sha davrda Oltin O‘rda va Misr davlati o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Qora dengiz va quruqlik orqali savdo-sotiq va bordi-keldilar yo‘lga qo‘yilgan. Chunki Misr hukmdorlari bo‘lgan Bahriylar sulolasi (1250 — 1390) vakillari Dashti Qipchoqdan chiqqan turkiylardan edi. 1398 yili Abdul ibn Qodir ismli shaxs Oltin O‘rdalik bir guruh turkiyzabon shoirlar she’rlarini Misrda kitobat qilgan. Bu voqea Misrdagi saroy doiralarida ham turkiy tilli adabiyot muxlislari bo‘lganidan dalolat beradi.

Oltin O‘rdada vujudga kelgan adabiy an’analar to XX asrning boshlariga qadar davom etgan. Taniqli rus tilshunos olimi Oleg Mudrak bu haqda shunday deb yozadi: “Volgabo‘yi hududida XX asrning 20-yillariga qadar Chig‘atoy lahjasi asosida shakllangan adabiy til — “Volgabo‘yi turkiysi” amalda edi. Chig‘atoy tili — Chig‘atoy ulusi, ya’ni hozirgi O‘rta Osiyoning tilidir. Bu turkiy xalqning, uning avlodi bo‘lgan o‘zbek xalqining tilidir”.

Chindan ham asrimiz boshlarida ijod qilgan tatar va boshqird shoirlarining she’rlarini o‘qisangiz, lug‘atsiz tushunasiz. Bir tatar do‘stimiz “Bu she’rlar tatar tilidan ko‘ra o‘zbek tiliga yaqinroq”, deydi. Bu bejiz emas. Chunki Volgabo‘yi aholisining adabiy tili ham, hozirgi o‘zbek tili ham turkiy tilning qarluq guruhiga oid Chig‘atoy lahjasi zaminida shakllangan.

Tilshunos olimlarning fikriga ko‘ra, turkiy tillar eramizning IV asrida uch guruhga bo‘lingan hamda qarluq, qipchoq, o‘g‘uz guruhlari vujudga kelgan. Bular orasida eng qadimgi yozuv tili qarluq guruhi zaminida shakllangan eski o‘zbek tilidir. Qadimdan shu tarzda shakllanib kelgan bu til Chingizxonning farzandi Chig‘atoyga ulus qilib berilgan hududda avvaldan keng muomalada bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, Chig‘atoy hukmronligi davrida Chig‘atoy tili deb nomlangan, xolos. Tarixda eng ko‘p adabiy va ilmiy asarlar ham shu tilda ijod qilingan. Lutfiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur singari so‘z ustalari ijodi bilan bu til yanada sayqallangan.

Taniqli turk adabiyotshunos olimi Ahmad Bijan Erjilasun turkiy tillar tarixi haqida shunday deb yozadi: “Turk tili XIII asrdan keyin ikki yozuv tili sifatida davom etdi. Biri Shimoli-sharqda, bugungi Turkiston va Edil-Ural hududida Chig‘atoy turkchasi sifatida hamda Anatoliya va Ozarbayjonda G‘arb turkchasi sifatida XIX asrgacha keldi. Ammo bizdagi turklar Navoiyni o‘qidilar va tushundilar. Navoiyni to‘laroq tushunish uchun “Abushqa” degan lug‘at tuzdilar. Hatto Navoiyga Chig‘atoy turkchasida naziralar yozdilar. Anadolu shoirlarining asarlarini esa ular o‘qidilar. Bizning katta shaharlarimizda, xususan Istanbulda Navoiyning bir olam qo‘lyozmalari bor”.



Xulosa qilib aytganda, Oltin O‘rdaning rasmiy va adabiy tili turk tilining Chig‘atoy lahjasi, ya’ni o‘zbek mumtoz adabiy tili bo‘lgan. Qolaversa, Markaziy Osiyo bilan Dashti Qipchoq turkiy xalqlar yashaydigan hudud sifatida asrlar davomida uzviy aloqada bo‘lib kelgan, o‘zaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar uzluksiz davom etgan. Va bunda, so‘zsiz, mushtarak tagzaminda shakllanib borgan o‘zbek mumtoz adabiy tilimiz alohida ahamiyat kasb etgan.
Download 55,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish