1. Olmoshning umumiy xususiyatlari Olmoshlarning deyktik xususiyati: Ko'rsatish olmoshining deyktik belgilari



Download 0,89 Mb.
bet2/2
Sana15.06.2022
Hajmi0,89 Mb.
#675565
1   2
Bog'liq
Mustafoyeva Zarnigor Olmosh

1) ot xarakteridagi olmoshlar
2) sifat xarakteridagi olmoshlar
3) son xarakteridagi olmoshlar
4) ravish xarakteridagi olmoshlar
Bu olma- so'zlovchiga yaqin masofadagi olma
Ko'rsatish olmoshi
Shu olma- hozir eslangan olma
O'sha olma- oldin eslangan olma
U olma-so'zlovchidan uzoq masofadagi olma
Olmoshning deyktik belgilari
F. D Ashninning yozishicha, " ko'pincha predmetga ishora qilish momenti shu predmetni bevosita ko'rish yoki boshqacha sezish orqali idrok qilish bilan to'g'ri keladi .Bu olmoshning ishoraviy ya'ni deyktik qo'llanishidir
A.N.Kononov ko'rsatish olmoshilarining deyktik ma'nolari hozir mavjud ,alohida e'tibor berilyotgan,o'zi noma'lum so'zlovchidan ancha uzoqda joylashgan ,o'zi ma'lum lekin so'zlovchidan uzoq predmet,shaxsni aniqlash izohlash deb tushuntiradi
Deyktik belgilarning nima bilan ifodalanishiga ko'ra turlari
Deyktik belgi ,ya'ni ko'rsatish olmoshi anaforik qo'llanishidagi eng muhim elementlardan bo'lib ifodalanishiga ko'ra ikki xil bo'ladi
1) substantiv ko'rsatish olmoshlari bilan ifodalangan deyktik belgi. Bu guruhga otlashgan holda otga xos xususiyatlarni o'zida aks ettiruvchi bu, shu o'sha , u olmoshlari kiradi
1) Ishora guruhi bilan ifodalangan deyktik belgilar .Bunday deyktik belgilar tarkibida ko'rsatish olmoshidan tashqari turli so'zlar qatnashadi .Bu so'zlar ko'rsatish olmoshi bilan birgalikda ishora guruhini tashkil qiladi . Abbosxon Toshkentda yashaydi , u shu shaharda tug'ilib o'sgan
Ishora guruhining tarkibiy turlari
Ishora guruhini tashkil etuvchi kompanentidan kelib chiqib ularni yana ikki guruhga bo'lish mumkin.
1)Erkin ishora guruhi
2) Turg'un ishora guruhi
Erkin ishora guruhi : Bular tarkibidagi so'zlar erkin joylashgan bo'lib ,nutq vaqtida munosabatga kirishadi
Turg'un ishora guruhi : Bu birikmalar nutqdan tashqari holatda ham mavjud bo'lib ular til hodisalariga aylanayotgan yoki aylangan birikmalardir
Deyktik belgilarning ma'no jihatdan turlari
1) Shaxs ma'nosini ifodalovchi deyktik belgi Bunda ko'rsatish olmoshi bilan kelgan so'z shaxs ma'nosini ifodalaydi yoki olmoshning o'zi shunga ishora qiladi M: Bir odamning nojo'ya ishlaridan el ibrat olsa, u odam badbaxt odamdir
02
03
2) Predmet ma'nosini ifodalovchi deyktik belgi Bunda ham ishora guruhi yoki substantivlashgan ko'rsatish olmoshi predmetga ishora qiladi M: Kunlar qilgan ishlaringizni ko'rsatuvchi daftarlardir, bu daftarlarga yomon ishlar tushmasligiga harakat qiling.
3) O'rin ma'nosini ifodalovchi deyktik belgi Bunda o'rin ma'nosini ifodalovchi so'zlarga ishora qiladi M: Keyin ikkinchi uyga o'tdi, bu uyda har vaqt Mirzakarimboy o'tirar edi
4) Payt ma'nosini ifodalovchi deyktik belgi Bunda ko'rsatish olmoshi yoki payt, chog,' zahoti, zamon, kun,soniya ,va soat kabi boshqa payt bildiruvchi so'zlar bilan ifodalanadiM: Mobodo davlatim qo'ldan ketsa, shu payt qancha samimiy do'stim borligini bilib olaman
5) Holat ma'nosini ifodalovchi deyktik belgi : Bunda ko'rsatish olmoshining yolg'iz o'zi yoki sababli, tufayli, uchun bilan birgalikda ishora guruhini tashkil qiladi va oldingi gapga ishora qiladi M: O'kinaman,o'z o'zimni koyiyman, bazan yig'lab qo'yaman,Ammo shu holda uyga qaytaman
6) Yakunlash ma'nosini ifodalovchi deyktik belgi.Bunda ko'rsatish olmoshlari bilan so'zi bilan birikib ishora guruhini tashkil qiladi M: Agar boshqa savollar, takliflar bo'lmasa , shu bilan kengaytirilgan sovetimiz tugadi
Korrelyativ ko'rinishdagi deyktik belgilar
Deyktik belgilarning yana shunday turlari mavjudki , ular qo'shma gap tarkibida so'roq olmoshlari bilan birga so'roq / javob tarzida korrelyativ juftlik hosil qiladi. Bu bazi manba va darsliklarda " nisbiy so'zlar" nomi bilan atalib ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vosita sifatida ko'rsatiladi , bu juftlikda qo'llangan so'roq olmoshlari , so'roq ma'nosini yo'qotib nisbiylik hosil qiladi . Lekin javob tarzida ko'rsatish olmoshi ma'nosini yo'qotmaydi shu sababli ularni nisbiy so'z deb atash u qadar to'g'ri emas
Foydalanilgan adabiyotlar
1) O'zbek tili grammatikasi 1- qism Toshkent, 1976
2) Tursunov U. Muxtorov J. Rahmatullayev Sh. Hozirgi o'zbek adabiy tili Toshkent . 1975
3) M.A.Hamroev Hozirgi o'zbek tilidagi ko'rsatish olmoshlarining funksional xususiyati ,Toshkent. Fan .2009
Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish