1 Oʻlchash jarayoni haqida tushuncha



Download 22,81 Kb.
bet1/3
Sana15.04.2022
Hajmi22,81 Kb.
#554971
  1   2   3
Bog'liq
O’lchash asboblari va ularni turlari.


Mavzu:O’lchash asboblari va ularni turlari.

Reja:



  1. Oʻlchash jarayoni haqida tushuncha.

  2. Oʻlchashlarning sifat mezonlari.

  3. Metrologiyaning asosiy aksiomalari va postulatlari.


-1-

  1. Oʻlchash jarayoni haqida tushuncha.

Izlanayotgan fizik kattalikning sonli qiymatini o‘lchash amalini bajarish orqali topish mumkin. Bunda ushbu kattalik miqdori shu birlikning o‘lchov biriligi sifatida qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. O‘lchash natijasida inson tekshirayotgan obyekt to‘gʻrisida fizik kattalik ko‘rinishidagi bilimga ega bo‘ladi. Bu fizik kattalik to‘gʻrisidagi tushuncha faqatgina fizika sohasidagina ishlatilmasdan, fan va texnikaning turli sohalarida keng ko‘lamda qo‘llaniladigan xususiyatlarga ega bo‘lgan tushunchadir. O‘z DSt 8.010.1:2002 “О‘zbekiston Respublikasining о‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi Metrologiya. Atamalar va ta’riflar. 1-qism. Asosiy va umumiy atamalar” standartida “о‘lchash” atamasiga quyidagicha izoh berilgan: Kattalikni o‘lchash - kattalik birligini saqlaydigan texnikaviy vositani qо‘llanishiga oid, о‘lchanadigan kattalik bilan uning birligi о‘rtasidagi nisbatni (oshkor yoki nooshkor kо‘rinishda) topish va bu kattalik qiymatini aniqlash imkonini beruvchi operatsiyalar majmui. O‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi nisbatni (tafovutni) topishdir. Bunda o‘lchash obyekti ishtirok etadi. O‘lchash obyekti - bir yoki bir
-2-
nechta o‘lchanadigan kattaliklar bilan tavsiflanadigan jism (tizim, jarayon, hodisa va h.k.) [28]. O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin) (2.1-rasm.). O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita o‘lchash obyekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jarayoni yordamida esa shu o‘lchash obyekti to‘gʻrisida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat 19 ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi. O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi bilan yuritiladi: elektr o‘lchashlar, mexanik o‘lchashlar, issiqlik o‘lchashlar, akustik o‘lchashlar va h.k. Fizik kattaliklarni o‘lchash ikkiga bo‘linadi: texnik o‘lchashlar va laboratoriya usulidagi o‘lchash. Texnik o‘lchashlar ishlab chiqarish korxonalarida bajarilib, uncha yuqori aniqlikka ega emas, ammo texnologik jarayon uchun qoniqarli hisoblanadi va korxona ish sharoiti talabalariga javob beradigan o‘lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi. Laboratoriya usulidagi o‘lchash amallari maxsus sharoitga ega bo‘lgan laboratoriya xonalarida zamonaviy, aniqlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘lchash vositalari
-3-
yordamida amalga oshiriladi. Bu usuldagi o‘lchash amallari ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish jarayonida, o‘lchash vositalarini tekshirish (qiyoslash) va detallarga yuqori aniqlik bilan ishlov berish talab etilganda, dastgohlarni ishga sozlash jarayonlarida bajariladi. Teng aniqlik bilan o‘lchashlar  biror kattalikni aniqliklari bir xil bo‘lgan o‘lchash vositalari bilan bir xil sharoitda va diqqat bilan bajarilgan qator o‘lchashlar. O‘tkazilgan bir qator o‘lchashlar natijalariga ishlov berishdan avval bu o‘lchashlarning teng aniqlik bilan bajarilganligiga ishonch hosil qilish zarur. Aniqligi teng bo‘lmagan o‘lchashlar - birorta kattlikni aniqligi bo‘yicha farqlanuvchi o‘lchash vositalari bilan va (yoki) turli sharoitlarda bajarilgan qator o‘lchashlar. Quyidagi 2.2-rasmda o‘lchashlarning turlarga ajralishi tasvirlab berilgan. O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari (yo‘llari) mavjuddir. Quyida ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz. Bevosita o‘lchash – kattalikning izlanayotgan qiymati bevosita o‘lchash vositasidan olinadigan (aniqlanadigan) o‘lchash. Bevosita o‘lchashlarga misol sifatida oddiy simobli termometr yordamida haroratni yoki chizgʻich (lineyka) yordamida detal o‘lchamlarini o‘lchashni keltirish mumkin. Bilvosita o‘lchash – izlanayotgan kattalik bilan funksional bogʻlangan boshqa kattaliklarni bevosita o‘lchash natijalari asosida kattalikning izlanayotgan qiymatini aniqlash. Bilvosita o‘lchash tezlikni o‘lchash yoki jism zichligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan o‘lchashlarni misol keltirish mumkin. Majmuiy o‘lchashlar – bir necha nomdosh kattaliklarni bir vaqtda o‘tkaziladigan o‘lchashlar bo‘lib, bunda kattaliklarning izlanayotgan qiymatlari bu kattaliklarning turli birikmalarini o‘lchashda olinadigan tenglamalar tizimini yechish yo‘li bilan aniqlanadi. Majmuiy o‘lchashga misol qilib noma’lum massali
-4-
tarozi toshining massasini aniqlash maqsadida har xil tarozi toshlarining massasini solishtirib, bir nechta toshning ma’lum massasidan foydalanib noma’lum massani topish uchun o‘tkaziladigan o‘lchashlarni, haroratni qarshilik termometri orqali o‘lchashni ko‘rsatish mumin.


  1. Download 22,81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish