MAVZU :OIV INFEKSIYASI VA OITS KASALLIGINING OLDINI OLISH.
Reja:
1. OIV, OIV infeksiyasi va OITS haqida umumiy tushuncha.
2. OIV ning aniqlanishi, biologik, parazitlik, patogenetik xususiyatlari
3. OIV ning yuqish yo`llari.
Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) — ret-rovirus guruhiga mansub virus qoʻzgʻatadigan kasallik; ikki davrga boʻli-nadi: OITV infeksiyasi va bevosita OITS (SPID) davri. OITV infeksiyasi davri odam organizmida virus bor, lekin kasallik alomatlari hali na-moyon boʻlmagan davr. Virus deyarli bir vaqtda Parijda prof. Lyuk Montanye hamda AQShda prof. Gallo boshchili-gidagi olimlar tomonidan kashf etilgan (1983 yil). Bu virus odamning immunitet tizimiga tanlab taʼsir koʻrsata-di, ayniqsa, SD4+ immun hujayralariga qirgʻin keltiradi. Virus odam organizmiga tushgach, 2—3 kundan soʻng , 25—30% hollarda birlamchi infeksiya davriga xos alomatlar kuzatilishi mumkin. Bu "oʻtkir serokonversiya sin-dromi" deb ataladi, bunda harorat koʻtariladi, tunda terlash, boʻgʻimlar va bosh ogʻrigʻi, loxaslik, qayt qilish, ich ketishi, badanda, ayniqsa, uning yuqori qismida toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Bu alomatlar odam organizmiga tushgan virus taʼsiriga immunitet tizimi maʼlum darajada javob qaytarish reaksiyasi bilan bogʻliq. Lekin bu davrda antitelolarni aniqlash natija bermaydi, chunki immunitet tizimining javobi hali toʻliq shakllanmagan boʻladi. Kasallikning bu davri 8—10 yilgacha, baʼzan undan ham uzoq davom etishi mumkin. Hozirgi kunda amaliyotda OITV infeksiyasi tashhisini qoʻyish qonda kasallik virusiga qarshi paydo boʻlgan antitelolarni aniqlash — immun ferment taxlili (IFT) reaksiyasiga asoslangan. Dastlabki antitelolar virus organizmga tushgach, 3 haftadan soʻng shakllana boshlasa ham, qoʻllanadigan diagnostikumlar ularni ilgʻay olmaydi. Shu bois, odamga ushbu infeksiya ilashgani toʻgʻrisida virus organizmga tushganidan soʻng 90 kun oʻtkazib olingan tek-shirish natijasiga qarab xulosa chiqarish mumkin.
.OITS OITV infeksiyasining yakuniy davri hisoblanadi. Virus bilan organizm oʻrtasidagi kurash uzoq davom etib, virusning ustunligi bilan tugaydi. Shu vaqtdan OITS davri boshlanadi. Bu davrda odam organizmi har qanday mikrobga bardosh berish xususiya-tini yoʻqotadi. Jumladan, nafas, meʼdaichak, siydik yoʻllarida doimo mavjud boʻlgan va kasallik qoʻzgʻata ol-maydigan mikroblar ham faollashib, turli xastaliklarni keltirib chikari-shi mumkin. Ularning namoyon boʻlishi organizmda yuzaga kelgan OITS holati bilan bogʻliq boʻlgani uchun, ushbu guruhga kiruvchi kasalliklar jamlangan holda OITS bilan bogʻliq (assotsiirlan-gan) infeksiyalar deb ataladi. Bular bakterial infeksiyalar, zamburugʻli kasalliklar, viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar, Kaposhi sarkomasi va h.k.
Kasallik virusi infeksiya yuqqan odamning qonida, erkaklar shahvatida, ayollarning jinsiy aʼzolari chiqindilarida va koʻkrak sutida boʻladi. Shuning uchun OITV, asosan, uch xil yoʻl bilan yuqadi: qon orqali, jinsiy aloqa vositasida va infeksiya yuqqan onadan homilasiga vertikal yoʻl bilan oʻtadi.
1. OITS ning eng xavfli manbai gomoseksualistlar va narkomanlar hisoblanadi. Gomoseksualistlar virusni jinsiy yo‘l bilan , narkomanlar esa parenteral yo‘l bilan (qon orqali tarqatadilar.)
Gemofiliya bilan og‘rigan bemorlar xam infeksiya manbai bo‘lib xisoblanadi.Ma’lumki, ular qon quyish bilan davolanadilar. Bir necha marta qon quyish natijasida bittasiga bo‘lmasa, ikkinchisiga ,albatta oits yuqishi mumkin. Xar xil sabablar bilan qon quyilgan kishilar xam potensial xavflidirlar. Buzuqlikni kasb qilib olgan erkak va ayollar xam potensial xavf manbai xisoblanadi.
2. Eng muxim yuqish yo‘li jinsiy kontakt bo‘lib,bunda gomoseksualistlarning roli katta bo‘ladi. Gomoseksualistlar aktiv va passiv bo‘ladilar. Eng xatarlisi shundan iboratki, bitta gomoseksualistning juda ko‘p mijozlari bo‘ladi. Bundan tashqari, gomoseksualist biseksualist tarzida xarakat qilib, OITS ni o‘z oilasiga xam yuqtirishi mumkin. Bir misol keltiradigan bo‘lsak, Yelista shaxrida yuz bergan bir falokatni gapirib o‘tish mumkin. Anashu shaxarda yashovchi bir gomosekualist Afrikada komandirovkada bo‘lib,OITS ni yuqtirib qaytib keladi.U oits ni avval o‘z xotiniga yuqtiradi, xotinidan esa bolasiga yuqadi.U ayolda xali kasallik paydo bo‘lmasdan oldin shaxar kasalxonasida davolanayotgan bir kasal bolaga qon beradi. Kasalxonadagi xamshirani aybi bilan OITS 33 ta bolaga yuqqanligi qayd qilingan. Qon bergan ayol kasallanib o‘ladi,bolasi xam eri xam vafot etadi.
3. OITS – ona qornidagi bolaga platsenta orqali yuqishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki OITS ning yuqish yo‘llari asosan quyidagi yo‘llar bilan yuqishi kuzatiladi.
1. Parenteral - ya’ni qon orqali (narkomanlar).
2. Gorizantal usul - jinsiy aloqa orqali.
3. Vertikal yo‘l - onadan bolaga platsenta orqali.
.OITS bilan ogʻriganlarning koʻpchiligini narkomanlar (giyoxvandlar), fohishalar, gomo- va biseksuallar tashkil etadi. OITS organizmga jinsiy aloqa, parenteral muolajalar (nosteril igna, shprits va boshqa tibbiy anjomlar ishlatilganda), inifitsirlangan qon va uning oʻrnini bosuvchi dorilarni qoʻllash, aʼzo va toʻqimalarni koʻchirib oʻtkazish (transplantatsiya) vaqtida, shuningdek, virusni yuktirib olgan onadan homilaga homiladorlik davrida, tugʻish jarayonida va goʻdak emi-ziladigan boʻlsa, koʻkrak suti bilan yuqib qolishi mumkin.
Oʻzbekistonda OITV/OITS bilan boglits masalalar Sogʻliqni saqlash vazirligining OITV/OITS xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Respublika .OITV/OITS markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi OITV/OITS markazi, Toshkent shahar va viloyatlar OITV/ .OITS markazlari oʻz xududlarida ushbu soha faoliyati bilan bogʻliq barcha profilaktik, epidemiologik, lab. tekshiruvi, davolash tadbirlarini olib boradi. Har bir markaz qoshida oʻz ixtiyori bilan lab. tekshiruvi uchun kelganlarni sir saqlagan holda tekshiradigan anonim xonalar mavjud. Maqsadli guruhlargiyohvandlar va seks xodimlari bilan virus yuqib qolishining odsini olish maqsadida xufiyona ish olib boradigan Ishonch punktlari (IP) ham ishlaydi.
Profilaktikasi. Ushbu infeksiya keng tarqalgan kasalliklardan biri boʻlgani uchun muhofaza tadbirlari ijtimoiy hayotning barcha soha vakillari ishtirokida olib borilishi lozim. Har bir yigit-qiz bu infeksiyaning tarqalish yoʻllari, uning oldini oladigan tadbirlardan xabardor boʻlishi va oʻzini undan ehtiyot qilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan qonun hujjatlari va ularni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Parlament quyi palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitalari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, sog‘liqni saqlash tizimidagi bir qator muassasalar rahbarlari, Bosh prokuratura, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari A.Rustamov, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi I.Nasriyev, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari B.Niyozmatov va boshqalar mamlakatimizda OIV/OITS xastaligining oldini olish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining 2008 yil 26 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ushbu kasallikka qarshi kurash borasida yagona tizimni shakllantirish, aholini OIV infeksiyasidan himoya qilish va uning zarur profilaktikasini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va samaradorligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Ushbu hujjatga muvofiq, OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirib boruvchi Respublika komissiyasi tuzilib, OITSga qarshi kurash markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga doir vazifalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining OITSga qarshi kurash markazlarining tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. 2009-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi bo‘yicha sa’y-harakatlar milliy rejasi ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |