ekzogam oila – urug‘ doirasidan tashqari, qo‘shni urug‘ vakillari bilan tuzilgan nikoh, oila;
levirat oila - beva xotinning o‘z qaynag‘asiga, ya’ni vafot etgan erining akasi yoki ukasiga va aksincha, o‘lgan xotinining opasi yoki singlisiga uylanishi, boshqa bir holda bir ayolga barcha aka-ukalarning erlik qilish ko‘p erlik negizidagi oiladir.
insest oila - otaning o‘z qizi va aksincha, onaning o‘z o‘g‘li bilan g‘ayri insoniy juftlashishi;
sarorat oila - akaning o‘z singlisi va ukasining o‘z opasi bilan qurgan g‘ayri sha’riy oila.
Oilada hukumronligiga ko‘ra bo‘linishi:
matriarxat - oilada ayol kishining hukumronligi;
patriarxat - oilada erkak kishining hukumronligi;
egalitar, yoki demokratik - oilada barcha a’zolarning teng imkoniyatlarga ega hisoblanadi.
Bulardan tashqari muqobil nikoh shakllar ham mavjud bo‘lib jamiyatimizda uning belgilari ham uchrab turadi. Ulardan bazilari ko‘rsatib o‘tish mumkin:
godvin-nikoh - (tashrifli, mehmon nikoh)- bunda ikki jins vakillari bir-birlari bilan yashamaydi. (Tarqalishi ko‘proq taniqli va boy insonlardi uchraydi.);
konkubinat – oilali erkakning oilasiz ayol yoki qiz bilan birga yashashi va uning farzandlarni tan olishi va moddiy ta’minlab turishi;
sinovli nikoh (tajribaviy)- bunda ikki jins vakillari vaqtincha birga yashab ko‘radilar agar ular bir-birlariga to‘g‘ri kelsa keyin oila qurib farzandli bo‘lishadi.
Oilaviy funksiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Hayotning ko‘payishidan iborat reproduktiv funksiya, ya’ni insoniyat naslining kengayishida. Bu oila va bolalarga bo‘lgan shaxsiy ehtiyoj, hayotni davom ettirishning tabiiy biologik jarayoni, unda ayol va erkak ishtirok etadi. Tug‘ilish ijtimoiy jihatdan shartli hisoblanadi, chunki u nafaqat oila, balki jamiyat bilan ham bog‘liqdir.
2. Bolalarni saqlash funksiyasi. Ta’minot, bolalarni parvarish qilish bolalarga munosabat va ularning tarbiyasi bilan uzviy bog‘liqdir.
3. Jinsiy funksiya. Jinsiy munosabatlar madaniyati - bu shaxsning umumiy madaniyatining o‘ziga xos qismi bo‘lib, u yaqin munosabatlar sohasida namoyon bo‘ladi. Jinsiy xatti-harakatlarning asosiy omili asosan ota-ona oilasida shakllanadigan jinsiy munosabatlar madaniyati.
4. Iqtisodiy va maishiy funksiyalar. Iqtisodiy funksiyani ikkala ota-ona, agar u to‘liq oila bo‘lsa yoki ayol tomonidan amalga oshirsa (ko‘pincha to‘liq bo‘lmagan oila mavjud bo‘lganda). Ushbu funksiya oilani moddiy qo‘llab-quvvatlashga va uy ishlariga asoslangan. Uy xo‘jaligi funksiyasi - oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sog‘liqni tiklash, oila a’zolarining iste’mol tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarish yoki ularni alohida a’zolaridan olish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish. Oilaning maishiy va iqtisodiy vazifasi oila a’zolarining moddiy ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Ushbu funksiya oila farovonligini oshirishga, a’zolarining sog‘lig‘ini saqlashga va ko‘paytirishga yordam beradi.
5. Oilaning tarbiya vazifasi otalik va onalik uchun individual ehtiyojlarni qondirishdan, bolalar bilan aloqalardan, ularni tarbiyalashdan va bolalarda o‘zini anglashdan iborat. Jamiyatga nisbatan, ta’lim funksiyasini bajarish jarayonida oila yosh avlodning ijtimoiylashuvini, jamiyatning yangi a’zolarini tayyorlashni ta’minlaydi.
6. Kommunikativ funksiya. Muloqot inson hayotida alohida o‘rin tutadi. Aloqa - bu ehtiyojlar asosida vujudga keladigan aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishning murakkab va ko‘p qirrali jarayoni bo‘lib, u bir nechta funksiyalarni o‘z ichiga oladi: kommunikativ - axborot almashish, interaktiv - baholash va o‘zaro ta’sir qilish, perseptual - odamlarni idrok etish va tushunish.
Do'stlaringiz bilan baham: |