O’g’it sepish mashinalari
Reja:
1. O’g'itning turlari va bepish usullari.
2. Ug'it bepishga qo’yiladigan agrotexnika talablari.
3. Mineral o’g'itlarni tayyorlash, yuklash, tashish, sochish mashinalari.
4. Organik o’gltlarni sochish mashinalari.
5. o’g'it sepish mashinalarini takomillashtirish yo’nalishlari.
O’simliklarning oziqlanishini yaxshilash uchun tuproqga o’g'it solinadi. o’g'itlar organik va mineral o’g'itlarga bo’linadi. Organik o’g'itlar go’ng, torf, torf-shaltoq va torf- fekaliy kompasti shaklida ishlatiladi. Go’ng va kompostlar tarkibida o’simliklar oziqlanishi uchun zarur barcha elementlar: azot, fosfor, kaliy, kalsiy; magniy va mikroelementlar bor. Go’ngning tarkibi hayvonlarning turiga va ozuqasiga, mollarning tagiga solingan yem-xashaklarning miqdori va sifatiga bog’liq. Aralash go’ngda o’rta hisobda 0,45…0,5% azot, 0,25…0,3% fosfor, 0,6…0,7% kaliy, 75…80% suv bo’ladi. O’g’itdagi organik moddalar o’simliklar uchun zarur bo’lgan karbonat angidirid gazi manbai ham hisoblanadi.Ulardan muntazam ravishda foydalanilganda mineral o’g’itlardan samarali foydalanish uchun sharoit yaratiladi. Ko’kat o’tlar, ya'ni sideratlar (dukkakli o’simliklar) ham organik o’g'itlar tarkibiga kiradi. Ular yashilligida tuproqqa maydalab aralashtirib haydaladi.
O’g’itlar muxim xususiyatlariga ko’ra 3 xil bo’ladi.
1) organik 2) mineral 3) bakterial
O’g’itlash muddatini va texnikasini belgilashda o’g’itlarning xususiyatlarini, tuproqda o’zgarishini, o’simlikning oziq elementlarga bo’lgan talabi, ildizlarning oziq moddalarni o’zlashtirish imkoniyatlarini xisobga olish kerak.
O’simlikni oziq moddalar bilan taminlashda maxalliy organik o’g’itlar yaxshigina manba xisoblanadi. Ularning tarkibida azot, fosfor, kaliy va boshqa moddalar, jumladan o’simlik xayoti uchun zarur bo’lgan kam miqdordagi mikroelementlar bo’ladi. O’g’itlardan samarali foydalanish uchun ularni tashish xamda tuproqqa solish katta axamiyatga ega.
Fizik- mexanik xossalariga qarab o’g’itlarni to’rt guruxga bo’lish mumkin:
1) qattiq organik;
2) suyuq organik;
3) mineral donador;
4) changsimon o’g’itlar
Mineral o’g'itlar kimyo zavodlarida tabiiy minerallardan, gazlardan yoki sanoat chiqindilaridan tayyorlanadi. Ularning tarkibida o’simliklar ozimg’ining birorta elementi: azotli o’g’itlarda- azot; fosforli o’g’itlarda- fosfor kislotasi; kaliyli o’g’itlarda- kaliy oksid bo’ladi. Mineral o’g'itlar kukun yoki 1-4 mm yirikligidagi donalar shaklida ishlab chiqariladi. Donador o’g’itlarni seyalkalar bilan sepish oson bo’ladi, ular deyarli qotib (mushtlashib) qolmaydi va changimaydi. Mineral o’g’itlar ikki va undan ortiq oziq elementlardan tashkil topgan kompleks tarzda ham ishlab chiqarilishi mumkin.
O’g’itlarning o’simliklarga ta'siri faqat ularning turi va dozasiga emas, balki erga solish usullarga ham bogliq, o’gitlar quyidagi usullardan tuproqga solinadi. Ekishdan oldin, ekish bilan bir vaqtda va ekishdan keyin (oziqlantirish)
Ekishdan oldin (asosiy o’g’itlash) – yerlarni shudgorlashdan oldin tuproq yuza qismiga organik o’g’itlar 15…30 t/ga hamda fosforli o’g’itlarning 70% sochiladi.
Ekish bilan bir vaqtda ekiladigan qator yoniga fosforli, kaliyli va azotli o’g’itlar beriladi.
Ekishdan keyingi o’g’itlash o’simliklarning vegetasiya davrida amalga oshiriladi va u kultivator oziqlantirgichlar yordamida tuproq tagiga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |