z) Ichak, qorin pardasi sili, tez rivojlanuvchan davri, kaxeksiya bosqichidagi ichakda so‘rilishning yaqqol buzilishi sindromi bilan.
Kasallikning bu ko‘rinishida bemor ahvolining o‘ta og‘irligi, umumiy intoksikatsiyaning yaqqol belgilari, keskin umumiy holsizlik, apatiya, qorin sohasidagi og‘riq “o‘tkir qorin” ko‘rinishlarigacha, distrofiyadan kaxeksiyaga o‘tish davri, ichakda so‘rilish faoliyati buzilishi sindromi kuzatiladi. Ichak tutilishi, peritonit, ichakda so‘rilish faoliyati buzilish sindromi ko‘rinishlari va boshqa asoratlar e’tiborga olinadi.
Tashxisni asoslash uchun funksional, instrumental, laborator tekshiruvlar o‘tkaziladi. Bunda laparoskopiya (laparotomiya), endoskopiya, gistologik taxlilar bilan, qorin bo‘shlig‘i sohasini ultratovush tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |