b) O‘tkir disseminatsiyali o‘pka sili (generalizatsiyalashgan formasi), meningizm yoki o‘pkaning kazeoz yallig‘lanishi bilan.
Kasallikning bu ko‘rinishida bemor ahvolining o‘ta og‘irligi, keskin umumiy holsizlik, adinamiya holati bo‘lishi mumkin, xamda intoksikatsiyaning yaqqol ko‘rinishlari bilan kechadi. Umumiy intoksikatsiyadan tashqari meningit va meningoensefalitning klinik ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. O‘tkir disseminatsiyali o‘pka silining maxsus formalaridan biri disseminatsiya o‘choqlari yirik bo‘lib, lobulyar kazeoz yallig‘lanish ko‘rinishida bo‘ladi. Rentgenologik suratdagi bunday ko‘rinish “qorli to‘fon” deb ham yuritiladi.
Tashxisni asoslash uchun funksional, instrumental, laborator tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |