1. Nutqning kommunikativ sifatlari. Nutqning to‘g‘riligi. Nutqning aniqligi



Download 188,5 Kb.
bet4/11
Sana16.04.2022
Hajmi188,5 Kb.
#557941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-mavzu

Internet ma’lumotlari:
23. www.ziyo.net
24. www.thinsan.com
25.www. uforum.uz
26. www.literature.uz
Nutqning sofligi, boyligi va ifodaliligi
Reja:
1.Nutqning sofligi.
2.Nutqning boyligi.
3.Nutqning ifodaliligi.


Tayanch tushunchalar
nutq sofligi, nutq boyligi, nutq ifodaliligi


Nutqning sofligi deganda, eng avvalo, uning adabiy tilning leksik me’yoriga muvofiq kelish-kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, madaniy nutq o‘zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilishi, turli til, g‘ayri adabiy til unsurlaridan xoli bo‘lishi kerak.
Nutqning sofligiga putur yetkazuvchi lisoniy unsurlar, asosan, dialektizmlar va varvarizmlardir.
Dialektizm va varvarizmlar, jargon va argolar oddiy so‘zlashuv nutqida, badiiy adabiyotda keng qo‘llaniladi. Badiiy adabiyot tilida dialektizm, varvarizm, jargon va argolar ma’lum badiiy-estetik vazifani bajarishi, muallifning ma’lum g‘oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin. Muallif asar qahramonining qaerlik ekanligiga ishora qilishda, uning xarakter-xususiyatini, dunyoqarashini ko‘rsatishda dialektizm, varvarizm, jargon va argolarga murojaat qilishi zarur. Quyidagi badiiy nutq parchasiga e’tibor qarating: Yoshulli, saning qizing bunda gapirilmagan. Ova, yoshulli. San, manglayi qara badkirdor, na sababdan mundoq yomon so‘zlarni elga tarqatding?! (Mirmuhsin).
Ushbu misolda dialektizmlar hududiy kaloritni berishga xizmat qilganligi sezilib turibdi. Quyidagi nutq ko‘rinishida esa varvarizmlar – chet so‘zlar xarakter yaratishda yozuvchiga ko‘maklashgan: Dubora yana bordi bir ishga shul, so‘kib:-Net,- dedi, kelma, durrak, poshul!
Parazit so‘zlar deb ataluvchi lug‘aviy birliklar ham til madaniyati uchun yotdir. Ular, asosan, so‘zlashuv nutqida ko‘p ishlatilib, notiqining o‘z nutqini kuzatib bormasligi, e’tiborsizligi natijasida paydo bo‘ladi va odatga aylanib qoladi. Masalan, ayrim kishilar o‘zlari sezmagan holda demak, xo‘sh, xo‘p kabi so‘zlarni qaytaraverishga o‘rganib qolib, ularni parazit so‘zlarga aylantirib qo‘yishgan.
«Bir dokladchining bir soatli nutqida,-deb yozadi tilshunos olim A.Ahmedov – «o‘rtoqlar» so‘zi 101 marta, «ya’ni» so‘zi 73 marta, «demak» so‘zi 60 marta takrorlanganligini guvohi bo‘lamiz. Qarang, bir soatlik nutqda 234 ta ortiqcha, «bekorchi» so‘z ishlatilgan»1

Download 188,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish