ХХ асрда ва XXI аср бошларида норасмий иқтисодиётнинг ривожланишини умумий қонуниятлари.
Kirish
1. Norasmiy “ KULRANG” xufyona iqtisodiyot
2. Ernando de Sotoning “kul rang” xufyona iqtisodiyot konsepsiyasi
3. Norasmiy iqtisodiyotning rivojlanishining hozirgi zamon umumiy qonuniyatlari.
Xulosa
Adabiyotlar
1. Norasmiy “ KULRANG” xufyona iqtisodiyot
Kulrang xufyona iqtisodiyot - bu xufyona iqtisodiyotning eng keng sektori hisoblanadi. Shu bilan birga, uni o‘rganish qora yashirin iqtisodiyotni tahlil qilishdan ko‘ra murakkabroqdir: uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti “normal”, rasmiy iqtisodiyotdan aniq ajralib tursa, norasmiy iqtisodiy faoliyat jamiyatning barcha jabhalariga o‘rnashib oladi, natijada norasmiy sektorni aniqlab olish juda murakkab jarayonga aylanadi.
Iqtisodchilar norasmiy iqtisodiyotni chorak asrdan beri o‘rganishmoqda, lekin ular ushbu fenomenning mohiyatini anglab olishdi deb aytib bo‘lmaydi. Uning kelib chiqish sabablari, jamiyatning iqtisodiy hayotidagi o‘rni, u borasidagi davlat siyosatining optimal yo‘nalishlarini ishlab chiqish to‘g‘risida fikr yuritishdan oldin, hatto, uning aniq ta’rifi bo‘yicha bahslar davom etmoqda.
Norasmiy iqtisodiyotni tadqiq etish tarixini shartli ravishda ikki bosqichga ajratib o‘rganish mumkin:
I bosqich (1970-1980 y.): empirik tadqiqotlar, birlamchi axborotni to‘plash.
II bosqich (1980-1990 y.): chuqur iqtisodiy-nazariy tahlil, to‘plangan axborotni anglab yetish. Xorijiy mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyotni tadqiq etish qanday kechkanligini quyida ko‘rib chiqiladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda «norasmiylik». Yangi ilmiy yo‘nalishning “otasi” deb ingliz sotsiologi Keyt Xart101 tan olingan. U 1960 yillar oxirida Afrikaning eng qoloq mamlakatlaridan biri Gana poytaxti Akkra shahri xarobalarida olib borgan tadqiqotlar natijasida norasmiy bandlikni mavjudligini kashf etdi. Keyt Xart “uchinchi dunyo” mamlakatlaridagi shaharliklar ko‘pchilik hollarda rasmiy iqtisodiy tizimga hech qanday aloqalari yo‘qdir. Qoloq mamlakatlarning shahar iqtisodiyoti hech qanday rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan, hukumatning biznesga bo‘lgan soliq bo‘yicha va boshqa talablarini pisand qilmasdan shahar aholisini oddiy, kundalik tovarlar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport xizmatlari va boshq.) bilan ta’minlaydigan kichik va mayda ustaxonalar, do‘konchalar va boshqa “mikrofirmalar”ning bahaybat to‘dasi sifatida namoyon bo‘ldi. Norasmiylikni tavsifini shakllantirayotib K.Xart “daromadning rasmiyligi va norasmiyligi o‘rtasidagi farq mehnat haqi uchun ishlash va o‘zini-o‘zi band qilish o‘rtasidagi farqqa asoslanadi”102- deb qayd qilgan edi. Uning fikricha, asosiy mezon bo‘lib mehnatni ratsionalizatsiyasi darajasi, uning doimiyligi va muntazamligi, belgilangan mukofotlashning mavjudligi yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. Zamonaviy uskunalardan foydalanadigan va professional menejerlar tomonidan boshqariladigan byurokratlashtirilgan korxonalar shahari iqtisodiyotining “zamonaviy sektori”ni tashkil etadi. Shaharliklarning iqtisodiy faoliyatining boshqa turlari avvallari “pastunumdorli shahar sektori”, “qisman band va ishsizlarning rezerv armiyasi”, “shaharning an’anaviy sektori” sifatida tasniflangan va deyarli tadqiqotchilarning e’tiboridan chetda edi. K.Xart tashkillashmagan ishchilarga “oyoq kiyim tozalovchi va gugurt sotuvchi qisman band go‘daklar” sifatida yondashishga qat’iy qarshi edi va ushbu ishchilarni shaharliklar uchun muhim bo‘lgan ko‘pchilik xizmatlarni ko‘rsatishini qayd etgan. U “o‘zini-o‘zi band qilgan” ishchilarni “norasmiy sektor” tushunchasi bilan qo‘shib yubordi. Norasmiy sektorda “rasmiy - norasmiy” va “qonuniy - noqonuniy”ni qarama-qarshi qo‘yilishiga tayangan holda K.Xart shahar aholisi daromadlarini uch guruhga ajratdi:
a) rasmiy daromadlar – davlat va xususiy sektordagi ish haqi, transfert to‘lovlari (pensiyalar, ishsizlik nafaqalari);
b) qonuniy norasmiy daromadlar – birlamchi (qishloq xo‘jaligi), ikkilamchi (shartnoma asosida yoki mustaqil faoliyat yurituvchi hunarmandlar, etikdo‘zlar, tikuvchilar, pivo ishlab chiqaruvchilar va hokazo) va uchchilamchi (qurilish, transport, yirik va mayda savdo) sektorlarida bandlikdan, xizmatlar ishlab chiqarishdan (musiqachilar, sartaroshlar mehnati; meditsina va marosim xizmatlari) va xususiy transfert to‘lovlaridan (sovg‘alar, zayomlar) olingan daromad;
v) noqonuniy norasmiy daromadlar – xizmatlardan (nolegal sudxo‘rlar, o‘g‘irlik mollarni sotib oluvchilar, narkotik sotuvchilar, fohishalar, dayuslar, kontrabandachilar, reketirlar va boshqalar.
Norasmiy iqtisodiyotni o‘rganish muhimligini asoslab turib K.Xart “ishlab chiqarish faoliyatini pisand qilmaydigan, uyushgan mehnat bozoridan tashqarida joylashgan va shahardagi ish kuchini faqatgina yarmini qamrab oluvchi”105 rasmiy iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanish yaxshi natija bermasligini ta’kidladi va norasmiy strukturalarni turli tipdagi shahar iqtisodiyotlarini tarixiy va madaniy jihatlarini keng miqyosda solishtirib tahlil etishga da’vat etdi.
K.Xart kashfiyotini birdaniga hamkasblari targ‘ib qila boshlashdi. 1972 yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Keniyada bandlik to‘g‘risida jamoa tadqiqotini chop etdi, unda norasmiy iqtisodiy faoliyat konsepsiyasi asosiy ilmiy paradigma106 sifatida talqin qilingan edi. XMT tomonidan Keniya to‘g‘risida tayyorlangan hisobot norasmiy va rasmiy sektorlar o‘rtasidagi farqni quyidagicha tushuntirgan edi:
“Norasmiy faoliyat quyidagi xususiyatlar xos:
a) kirish (kirishib ketish) yengilligi (ishlab chiqarishga);
b) shaxsiy resurslarga tayanish;
v) faoliyatga oilaviy egalik qilish;
g) faoliyat miqyosining kichikligi;
d) mehnat intensiv va egiluvchan texnologiyalar;
e) rasmiy maktab tizimidan tashqarida olingan ko‘nikmalar;
Norasmiy sektorning faoliyatiga ko‘pincha hukumat tomonidan e’tibor berilmaydi, kamdan-kam hollarda qo‘llab-quvvatlanadi, tez-tez tartibga solinib turiladi. Rasmiy sektordagi faoliyat xususiyatlari norasmiydagiga qarama-qarshidir:
a) kirish murakkab;
b) tashqi resurslarga muntazam ravishda muhtoj bo‘lish;
v) korporativ egalik qilish;
g) keng miqyosda faoliyat yuritish;
d) kapital intensiv, ko‘pincha import texnologiyalar;
e) rasmiy olingan ko‘nikmalar;
“Uchinchi dunyo” muammolari bo‘yicha ingliz mutaxassisi Rey Bromler Norasmiy sektor konsepsiyasini jadallik bilan keng tarqalishini tushuntirayotib K.Xart tomonidan taklif etilgan “terminologiya va u bilan bog‘lik konsepsiya kerakli joyda va kerakli vaqtda paydo bo‘lgan”111ini qayd etgan edi. Uning fikricha, Norasmiy sektor konsepsiyasining qisqa muddatda xalqaro miqyosda tanilishiga sabab, u tomondan taqdim etilayotgan tavsiyalar 1970-yillarda xalqaro tashkilotlar va jadal islohotlar tarafdori bo‘lmagan hukumatlar uchun juda qulay va mos edi. Norasmiy sektorni qo‘llab-quvvatlash “boylar uchun xavf tug‘dirmay kambag‘allarga yordam berish” imkonini beradi, ya’ni, bir tomondan, daromadlarni qayta taqsimlash talablari va boylik o‘rtasida murosani topish, ikkinchi tomondan, elita (oqsuyaklar)ni barqarorlik muhitida yashash hoxishi. “XMT tomonidan norasmiy sektor konsepsiyasini shoshilinch qabul qilinishi, hamda (ushbu konsepsiya asosida) ko‘pchilik xalqaro hisobotlarni tayyorlash tezligi ushbu konsepsiya nega avvaliga ko‘pgina kelishmovchiliklar va anomaliyalarga ega bo‘lganligini, shunday ekan, shahar norasmiy sektori to‘g‘risida turli-tuman va qarama-qarshi adabiyotlar paydo bo‘lishini tushuntirishga yordam beradi”. Undan tashqari kam rivojlanganlik iqtisodiy konsepsiyalarining umumiy evolyutsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatgan. Norasmiy sektor to‘g‘risidagi munozara va bahslarni 1970-yillarda iqtisodchilar o‘rtasida bo‘lgan “uchinchi dunyo”ning boshqa muammolari (“o‘sish uchun qayta taqsimlash”, “yangi xalqaro tartib” to‘g‘risida, “asosiy ehtiyojlarni qondirish” to‘g‘risida) gi bahslar bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqish kerak. R.Bromleyning fikricha, bu bahslarning barchasi liberal, neoklassik yondashuv tarafdorlariga qulay kelib, ularning ta’kidlashlaricha islohotlar siyosati kambag‘allar uchun, hamda radikal, neomarksistik qarashlar namoyondalari uchun “rivojlanishdan manfaat” keltiradi. Norasmiy sektor borasidagi munozaralar “uchinchi dunyo”ni iqtisodiy taraqqiyotining dolzarb muammolarini ideologik stereotiplarga chalg‘imasdan hal etish imkonini berdi.
Tadqiqotchilar safini kengayishi tadqiqot ob’ektini tushunib yetishda bir qancha qiyinchiliklarni tug‘dirdi. Agar afrikashunoslar norasmiy iqtisodiyotni ta’riflashda uning kichik miqyosdaligi va korxonalarni texnik jihozlanishini yetarli emasligi kabi jihatlaridan kelib chiqishsa, lotin amerika mamlakatlari bo‘yicha tadqiqotchilari uning nolegalligiga alohida e’tibor qaratganlar. Ushbu ikki yondashuv bir-biriga yaqin bo‘lib, norasmiy iqtisodiyotga umumlashgan ta’rifni shakllantirish imkonini beradi: norasmiy iqtisodiyot – bu asosan kichik va mayda tadbirkorlik birliklari tomonidan taqdim etiladigan oddiy tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan iqtisodiy faoliyatdir. Shunday bo‘lsa ham, “norasmiylik”ning asosiy mezonlarini aniqlash bo‘yicha bahslar hanuzgacha davom etmoqda. Norasmiy sektorni muhim jihatlarini belgilashda paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni amerika iqtisodchisi Donald Mid va fransuz iqtisodchisi Kristian Morrissonlarning113 1990 yilda “uchinchi dunyo” mamlakatlarida kichik biznesni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlari (tadqiqot davomida yetti mamlakatdan 2200ta korxona o‘rganildi) to‘liqroq aks etadi. Ushbu olimlarning tadqiqotlarini ko‘rsatishicha “norasmiy sektor” tushunchasini aniqlashda uch mezondan kelib chiqiladi – qonuniylik (korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni to‘lash, mehnat qonunchiligiga rioya qilish va boshq.); korxonaning hajmi (ko‘pincha 5-10 kishi band bo‘lgan korxonalarni norasmiy sektorga taaluqli deb hisoblashadi) va ishlab chiqarishning kapital sig‘imkorligining darajasi. Ushbu xarakterli belgilar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir, shu sababdan ularning qaysi biri katta ahamiyatga egaligi muhim emasdir. Lotin Amerikasidagi ikki mamlakat (Ekvador, Yamayka), Afrikadagi to‘rt mamlakat (Jazoir, Tunis, Nigeriya, Svazilend) va Osiyodagi bir mamlakat (Tailand) lardagi tadqiqot natijalari bo‘yicha axbortlardan foydalanib D.Mid va K.Morrissonlar ushbu rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznesning legalliligi (ro‘yxatdan o‘tkazish, soliqlarni to‘lash va mehnat qonunchiligiga rioya qilish) va kapital sig‘imkorligini solishtirishgan. Ushbu tadqiqotning natijalari juda qiziqarlidir. Korxonalarda band bo‘lganlar soniga qarab guruhlashtirib tadqiqotlar olib borish shuni ko‘rsatdiki, o‘rganilayotgan mamlakatlar o‘rtasida kichik korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi bo‘yicha keskin farqlar mavjud. Masalan, Jazoirda deyarli barcha mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar maxsus sertifikatlarga egalar; sertifikati yo‘qlarni qat’iy jazo kutadi. Ekvador va Nigeriyada 10 kishidan kam band bo‘lgan korxonalar eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tgandir, 1 ta xodim ishlaydigan korxonalarning deyarli yarmi ro‘yxatdan o‘tkazilgandir. Boshqa mamlakatlarda kichik korxonalarni ro‘xatdan o‘tkazilishi darajasi juda past bo‘lib 25%ga ham yetmaydi (Tunis bundan mustasno). Shundan kelib chiqib, D.Mid va K.Morrisslar quyidagi xulosaga keldilar: “korxona hajmidan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish darajasi indikatori sifatida foydalanish bitta xodimli korxonalar bilan chegaralanganda ba’zi mamlakatlarda qo‘l keladi”114. Bunday mayda korxonalar ro‘yxatdan o‘tishdan voz kechishmaydi. Bandlar soni oshgan sari ro‘yxatdan o‘tish darajasi oshib boradi (turli mamlakatlarda turlicha darajada). Ba’zi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan soliq to‘lanishi o‘rtasida to‘liq muvofiqlik namoyon bo‘ladi, chunki ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida registratsiya to‘lovi to‘lanadi. Ammo bu hol doimo va barcha soliq to‘lovlari bilan amalga oshmaydi. Masalan, Nigeriyada daromad va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘laydigan korxonalar soni ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar sonidan ancha kamdir, Svazilend va Tailandda esa aksincha, soliq to‘lovchilarni soni ro‘yxatdan o‘tganlarning sonidan ko‘pdir. Bu hol quyidagini isbotlaydi: “ro‘yxatdan o‘tkazish soliqlar to‘lanishining majburiy va yetarli sharti emas. Ro‘yxatdan o‘tkazish mezoniga asoslanadigan norasmiy sektorni ta’rifi faqatgina korxona registratsiya to‘lovidan tashqari soliqlarni ham to‘lashini qayd etishi mumkin”. Mehnat qonunchiligiga rioya qilish mezoni bo‘yicha holat ham bir xillikdan ancha uzoqdir: ba’zi mamlakatlarda (Jazoir, Nigeriya) ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning kamchiligi mehnat me’yorlariga amal qiladi, boshqa mamlakatlarda (Tunis, Svazilend, Tailand) aksincha, norasmiy sektor korxonalari ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsalar ham mehnat kodeksiga amal qiladilar. Bu yana bir bor korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish ularni tartibga solinuvchi tizimga kiritilishini anglatmaydi116. Shu sababdan rasmiy va norasmiy biznes o‘rtasida chegara o‘tkazish murakkabdir. D.Mid va K.Morrissonlar mavjud ma’lumotlar kichik biznesda jismoniy va “inson” kapitalining o‘rni to‘g‘risidagi mulohazalarni olib borish uchun yetarli emasligini ta’kidlashadi. “Inson” kapitali haqida to‘xtalsa, Ekvador va Yamaykada tadbirkorlarning yarmidan oshig‘i o‘rta va oliy ma’lumotga egalar, Tailandda bilimlilik darajasi ancha pastdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |