2-savolga javob
Oilaviy ajrimlar har bir oila azolariga qattiq tasir qiladi. Etikada oilaviy ajrimlarning uch turi ko‘rsatiladi. Birinchisi, nikohni bekor qilinishi bilan ajralish – bunda oilaviy mulk, va farzandlar tarbiyasi qonun asosida taqsimlanadi. Bunday sabab o‘zaro kelishmovchilik hamda tushunmovchilik, o‘zaro muhabbatning yo‘qligi natijasida paydo bo‘ladi. Ikkinchisi, tabiiy ajralish bo‘lib – oila azolarining biri falokat yoki kassallik tufayli vafot etgan oila mulkining meros sifatida taqsimlanishiga sabab bo‘luvchi ajralishdir. Uchinchisi – axloqiy ajralish bo‘lib, bunda bolalar balog‘atga etib, oila qurilishlari – ota-onalar ular uchun oilaviy mulkdan uy-joy, turli maishiy jihozlar ajratib berishlari belgilanadi. SHunga ko‘ra, oilada har bir azoning o‘ziga yarasha majburiyatlari mavjud. Ayniqsa, o‘z odatiy turmush tarzini o‘zgartirib, o‘zga oilaga kelin bo‘lib kelgan qizlarimizning yangi oila azolari bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlari juda muhim hisoblanadi.
Oilaviy ajrimlarning kelib chiqishiga oiladagi nizolar sabab bo‘ladi. Oilaviy nizolar – bu ijtimoiy keskinlashgan vaziyat xisoblanadi. Nizolar er-xotinlar, ota-onalar va bolalar, er-xotinlar va ularning ota-onalari o‘rtasida va boshqa YAqinlar o‘rtasida yuzaga keladi. Oiladagi turli yoshdagi kishilarni yashashi nizo chiqish ehtimolini paydo qiladi. Keskinlashayotgan ziddiyatga er-xotinlar o‘rtasidagi munosabatlar, bir-birini tushunmaslik yoki hatto tushunishga harakat qilmaslik ham sabab bo‘layotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz.
Oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablari:
- Oila va oilaviy munosabatlar haqida bilimning etishmasligi.
- Aroqxo‘rlik va giyohvandlik.
- yosh oilaga ota-onalarning aralashuvi.
- Befarzandlik
- hiyonat
Oiladagi sog‘lom muhit – sog‘lom mafkurani shakllantirishga hizmat qiladi. Insoniy fazilatlar – ezgulik, yaxshi lik, fidoyilik, sadoqat, mardlik, insof, rahm-shafqat kabi hislatlar dastlab oilada shakllanadi.
Oila yoshlarni axloqli, odobli, rostgo‘y, halol va samimiy bo‘lib voyaga etishlari uchun zamin tayyorlaydi.
O‘zbekistoning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov bu haqda shunday degan: “Har qaysi millatning o‘ziga xos manaviyatini shakllantirish va yuk saltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va tasiri beqiyosdir.CHunki, insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolani harakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan manaviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.”[4]
Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo‘lib etishishida muhim rol o‘ynaydi. Demak, bola oilada jamiyatning timsolini ko‘radi, bo‘lajak fuqaroning tabiati, dunyoqarashi va axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi hamda shunga ko‘ra kamol topib boradi. Oila tarbiyasining mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat. Oila – bu kichik jamoadir. Unda o‘zaro muomalaning barcha qoidalariga amal qilinishi kerak. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat; bir-biriga mehribon bo‘lish, ayniqsa ayollarni ezozlash kabi qoidalar kundalik odatga aylanib borishi kerak. Ota-ona bolalariga namuna. Shuning uchun, ular oilada axloq madaniyatiga to‘la rioya qilishlari shart.
Oilaviy axloq o‘z juftini ishonch xalqalari bilan bog‘lanishini taqozo etadi. SHu bois o‘z yaqiningizni yolg‘onchilikda ayblash yoki biron narsada «ushlashga» harakat qilish vaziyatni og‘irlashtiradi, xolos. Bu ishonchsizligingiz sizga nisbatan ichki dushman sifatida qarashga olib kelish mumkin. Albatta, meyorida siz uchun aziz bo‘lgan odam sifatida chiroyli rashq qilish mumkin. Bu hatto aloqani mustahkamlaydi. Ammo, yarim haqorat shaklidagi rashqlar, juftingizni qilmagan ishini qilishga undashi mumkin. YAqiningiz bilan bo‘lgan munosabatda «tilga suyak qo‘yib qo‘ygan» yaxshi . «Jinni bo‘libsiz!» degan so‘z albatta ajrashishga sabab bo‘lmasligi mumkin, ammo sizni chiroyli ko‘rsatmaydi. Undan ko‘ra: «Adashyapsiz azizim!» deb aytgan durustroq.
Hattoki, hazilomuz murojaatlarda ham o‘tkir iboralardan hayiqmoq lozim. Bizning so‘zlarimiz biz istagan darajada doimo natija bermasligi mumkin, o‘zimiz bilmagan holda boshqalarni qalbini yaralashdan uzoqroq bo‘lganimiz maquldir. YOmon manoda so‘z aytgan bo‘lsangiz, unda uni ifodalashdan ne mani bor?! Gap bilan «chaqilgan» kishi sizni kechirishi mumkin, ammo qalbiga otilgan bu «nayzaning» izi o‘chishi qiyin. Bundan siz ham foyda ko‘rmaysiz. Va eng asosiysi, erkaklar uchun: rafiqasi bilan bo‘lgan har mojaroda ayolni o‘ziga qaratadigan «Azizam» degan murojaati masalani ijobiy tus oldirishi mumkin. Ammo erkaklarning bunday so‘zlarni ishlatishlari nihoyatda kam uchraydi.
Oilada farzandlar ko‘proq onadan tarbiya oladilar. Onadagi aksariyat axloqiy fazilatlar farzandlarga ham o‘tadi. Bu esa Sharq xotin-qizlariga xos yuksak axloq fazilatlarida ko‘rinadi. Jumladan, Sadiy SHeroziy ham:
Xotin bo‘lsa qobilu aqli raso,
Erni shoh etar, gar bo‘lsa gado,-
deya ayollarni madh etgan edilar.
Manaviyatsiz moddiy farovonlikka ham, umumtaraqqiyotga ham erishib bo‘lmaydi. Manaviy qashshoqlik milliy tanazzulga olib boradi. Xalqimiz o‘zining ko‘p ming yillik tarixi jarayonida oila hususida milliy–mafkuraviy tarbiyani shakllantirgan. Oilada otaning shaxsiy ibrati, onaning mehri orqali turmush zaxmatlarini engishda, farzandlarini tarbiyali bo‘lishida mustahkam tayanch bo‘la olishgan. Oilada erkak kishining muhim vazifasi xotin va oila azolarining huquqlarini himoya qilish, ularning nomuslarini saqlashdir.
Oilaning jamiyatda tutgan o‘rni, oila tarbiyasi, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, oilaning pokligi va mustahkam bo‘lishiga oid qimmatli fikrlar hadislarda muhim o‘rin egallaydi:
«Kimgaki Alloh taolo soliha xotin nasib etgan bo‘lsa, dinining yarmiga yordam qilibdi, qolgan yarmiga o‘zi taqvo qilsin». «Xotinlarning barakatlirog‘i uylanish xarajatlari engilidir»; «Xotin kishi qovurg‘adan yaratilgan. Agar sen qovurg‘ani to‘g‘rilayman desang sindirasan, murosa qilu u bilan yasha»; «Xotin kishiga eng haqqi ko‘p kishi eridir, erkak kishiga eng haqqi ko‘p kishi onasidir»; «Agar bir shaharda loaqal bir ayol bir marta buzuqlik ko‘chasiga kirib haromi orttirsa, bu shahardan qirq yil fayzu barakat ko‘tarilib ketadi»; «Ayollarni faqat ulug‘ odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odam xo‘rlaydi».[5]
Ushbu hadislarda islom diniga xos insonparvarlik va adolat mezonlari namoyon bo‘ladi, nikohning ilohiyligi, oilaning muqaddasligi takidlanadi, Yer va xotin o‘rtasidagi burch, poklik, iffat, o‘zaro bir-birini hurmat qilish tuyg‘ulari ulug‘lanadi.
SHuni alohida qayd etish o‘rinliki, mustahkam oila sog‘lom turmush tarzi asosida shakllanadi. Oila baxti, farzandlarning tarbiyali, etuk inson bo‘lib etishida ota–onaning say-harakati, tarbiya mahoratiga bog‘liq. Oiladagi axloqiy tarbiya asosan ota-onalar va oilaning yoshi katta azolari tomonidan amalga oshiriladi. Oila tarbiyasida muvaffaqiyatga erishish ko‘p jihatdan oiladagi ota va onaning birga bo‘lishi, ularning baxtli yashashiga bog‘liqdir. Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar, yutuqlar bilan bir qatorda oilaviy munosabatlar tizimida ajralishlar, yoshlar orasida axloqsizlikning ko‘payganligi, ota-onalar va farzandlar o‘rtasida ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, tirik etimlar sonining oshishi kuzatilmoqda. Oilaning jamiyatdagi mavqeini saqlab qolish, uning mustahkamligini saqlash va kuchaytirish, uning muqaddasligini kelajak avlodlar ongiga singdirish hozirda dolzarb muammolardan hisoblanadi. Oilada jipslik, axillikning yo‘qligi uni tashqi salbiy omillarga tasirchan qilib qo‘yadi. SHuning uchun, o‘tish davrida oila-nikoh munosabatlarida barqarorlikni saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. SHu nuqtai-nazardan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi rezidenti I.A.Karimov “Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi manaviy iqlimni o‘zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosiga qurish ayni muddao bo‘lur edi. Bu haqda gapirganda, men mumtoz yozuvchimiz Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» asaridagi qahramonlarning o‘zaro muomala va muloqotlari, ularning hatto kichik farzandlarini ham «siz»lab gapirishi misolida ota-bobolarimizning oila manaviyatiga qanchalik katta etibor berganiga ishonch hosil qilaman”[6], – deb yozgan edi.
Oilani mustaxkamlashda reproduktiv salomatlikni o‘rni ham beqiyos. Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab mamlakatimizda ona va bola sog‘ligini muhofaza qilish, millat sog‘ligi to‘g‘risida qayg‘urish eng dolzarb vazifalar sirasiga kiritildi va bu borada davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan qabul qilingan 2014 yil 1 avgustdagi “O‘zbekistonda aholi reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha 2014-2018 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2221 sonli qaroridan kelib chiqqan talab va vazifalarni amalga tatbiq etish uchun, sog‘lom avlodni voyaga etkazish masalalari bo‘yicha keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar zamirida inson manfaatlari ko‘zda tutilgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Oilalarni rivojlanishida oilaviy juftliklar hamda yigit qizlar sog‘lig‘ini yaxshi lashda reproduktiv salomatlikka doir bilimlar amaliy ahamiyati bilan o‘ziga xosdir. Ayniqsa, xotin-qizlarning sog‘lom turmush tarzi, reproduktiv madaniyatini shakllantirish, ularni sog‘lom onalikka tayyorlash, ijtimoiy-siyosiy statusini mustahkamlash kabi masalalarni amalga oshirishda oila, mahalla va nodavlat tashkilotlar o‘zaro kelishilgan hamkorligda faoliyat olib borish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir. Har bir millat va jamiyatning eng qimmatli xazinasi sog‘lom, axloqiy barkamol oiladir. Oilaning asosiy negizida esa ona tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Hozirgi sharoitda oilalarda umuminsoniy va milliy qadriyatlar ildiziga tayangan, Sharqona axloqiy tarbiyadan bahramand bo‘lgan manaviy – axloqiy munosabatlar qaror topmoqda. Oilada axloqiy asoslar sog‘lom bo‘lmasa, o‘sib-unayotgan “umr daraxti” sinadi va hosil bermaydi.
Oilaning mustahkamligi esa har tomonlama sog‘lom turmush tarziga, shuningdek, tom manoda aytadigan bo‘lsak, oilaning tibbiy madaniyatiga bog‘liqdir. Oilada tibbiy madaniyatni, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish – jismoniy barkamollik va salomatlikka erishishning muhim omilidir.
YUrtimizda barkamol avlodni tarbiyalash, sog‘lom turmush tarziga amal qilib yashash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan, 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb atalishida ham respublikamizdagi har bir oilaning bekamu – ko‘st, baxtli, har tomonlama sog‘lom va farovon hayoti asosiy maqsad qilib olingan. Ushbu maqsad yo‘lida “O‘zbekiston fuqarosiman” degan har bir yoshu – keksa hayotining yanada farovonlashuvi yo‘lida tibbiy madaniyatga intilishi maqsadga muvofiqdir. Zero, sog‘liq tufayligina har qanday orzu maqsadlarga erishishlik muqarrardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |