Fayl va bosmadan chiqarish xizmatlari
Test natijalari bo‘yicha eng unumdor fayl tizimiga albatta NetWare 4.1 egadir. Unga juda yaqin Windows NT keladi, ammo baribir mijozlar ko‘p sonli bo‘lganda va serverni yuqori unumli tarmoq kanaliga ulashda NetWare arxitektura xususiyatlari ma’lum ustunlikka ega.
Tarmoq fayl tizimi – bu UNIX ning eng nozik joyidir. Ochiq tizimlar dunyosida va UNIX uchun standart bo‘lib NFS hisoblanadi. U, Sun firasi tomonidan o‘n besh yillar oldin yaratilgan. O‘shandan boshlab, UNIX uchun, ko‘plab mukammalroq tarmoq fayl tizimlari taklif etildi, ammo ular keng tarqalib ketmadi.
NFS past unumdorlikka ega bo‘lib, huquqsiz murojaatni boshqarish vositalari chegaralangan va yetarli darajada himoyalanmagan. Shu bilan bir qatorda UNIX ning ko‘p tizimlari maksimal fayl o‘lchoviga 2 Gbayt chegaraga ega (zamonaviy OT lar uchun bu juda kam).
Bosmaga chiqarish xizmati bu uchchala OT larda o‘z funksional imkoniyatlari bo‘yicha yetarli darajada yaqindir, va ularning qaysi bir yaxshiroq ekanligini baholash qiyindir. Faqat shunisi aniqki, Windows NT da bosmaga chiqarishni boshqarish yengilroq, UNIX da esa murakkabdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |