15
3-§. IMOM BUXORIY
24.
I
mom Buxoriydan bizgacha qancha ilmiy asar meros qolgan?
A) 10 dan ortiq B) 20 dan ortiq
C) 40 ga yaqin D) 30 ga yaqin
25.
I
mom Buxoriy keltirgan quyidagi hadisning roviysi kim?
«Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat
qilgan bo‘lur».
A) Ammor, muhaddis B) Abdulloh ibn Amr, sahoba
C) Abu Hurayra, sahoba D) Anas ibn Molik, sahoba
26. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, «Salom berish islom
amallaridandir» hadisida uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan
kishining iymoni mukammal bo‘lishi kimning tilidan aytiladi?
A) Ali B) Sahl ibn Sa’d
C) Ammor ibn Yosir D) A va C
27. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, Ammor ibn Yosir kim?
A) Alining yordamchilaridan, sahoba
B) Hazrat Usmonning yordamchilaridan, sahoba
C) Muhammad alayhissalomning yordamchilaridan
D) Abubakrning yordamchilaridan, sahoba
28. Hadisni davom ettiring. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamdan bir kishi so‘radi: «
I
slomda eng yaxshi xislatlar
qaysidir?» …
A) «Ochlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom
bermoqlik».
B) «G‘azablangan taqdirda ham kechira olmoq, barchaga salom
bermoq».
C) «
I
nsofli va adolatli bo‘lmoq, kambag‘alligida ham sadaqa berib
turmoq».
D) «Ochlarga taom bermoqlik, kambag‘alligida ham sadaqa berib
turmoq».
29. Hadisni to‘ldiring. «Birovni kurashib, yiqitgan polvon emas,
balkim ... polvondir».
A) fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchi odam
B) odamlarning gunohlarini o‘tuvchi odam
C) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchi odam
D) g‘azablangan vaqtida jahlini yutuvchi odam
16
.
3-§. IMOM BUXORIY
30. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, Alloh yaxshilik qiluvchilarni
sevadi va yana kimlarni yaxshi ko‘radi?
1) odamlarning gunohlarini o‘tuvchilarni;
2) fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchilarni;
3) g‘azablangan taqdirda ham kechira oluvchilarni;
4) yetimning kafilini oluvchilarni;
5) g‘azabini yutuvchilarni;
6) gunohi azimlardan o‘zini olib qochuvchilarni;
7) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchilarni.
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 5, 6
C) 1, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 5, 6, 7
31.
Al-Buxoriy
hadislarida
keltirilishicha,
payg‘ambarimiz
ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib «ikkimiz jannatda yonma-
yon yashaymiz» deb kimni nazarda tutgan?
A) g‘azablangan vaqtida jahlini yutgan odamni
B) ilm o‘rgangan va uni boshqalarga o‘rgatgan odamni
C) tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qilgan odamni
D) yetimning kafilini olgan odamni
32. Al-Buxoriy hadislarida keltirilgan «qavl» so‘zining ma’nosi
nima?
A) gap B) so‘z
C) naql D) va’da
33. Hadislarda ilmni o‘rganib, o‘zgalarga o‘rgatib, o‘zi amal
qilmaydiganlar nimaga o‘xshatiladi va qanday nomlanadi?
A) unumdor yerlarga, mo‘min B) qurg‘oq yer, fosiq
C) tekis yer, kofir D) unumdor yer, fosiq
34. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, rasululloh bergan hidoyani
(ilmni) o‘zi o‘rganib o‘zgalarga o‘rgatadigan, o‘zi ham amal
qiladigan kishini kim deb ataydi va qanday yerga o‘xshatadi?
A) ulamo, unumdor yerga B) fosiq, qurg‘oq qattiq yerga
C) kofir, qurg‘oq yerga D) mo‘min, unumdor yerga
35.
I
mom Buxoriy keltirgan quyidagi hadisning roviysi kim?
«Avval onangga, yana onangga va yana onangga, so‘ngra
otangga yaxshilik qil!»
A) sahoba Ammor, muhaddis B) Yosir ibn Ammor, sahoba
C) Abu Hurayra, sahoba D) Sahl ibn Sa’d, sahoba
Do'stlaringiz bilan baham: |