Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi.
Har bir tovar ma’lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni yaratuvchining o’z ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar talabini qondiradi, ya’ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday naflilikni emas, ijtimoiy naflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada rivojlantirsak, bozor ijtimoiy zaruriy naflilikni, ya’ni jamiyat uchun (xaridorlar uchun) zarur miqdordagi naflilikni hamda shu ijtimoiy zaruriy miqdordagi naflilikni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatni hisobga oladi. Ijtimoiy naflilik tovarlarning boshqa tovarlarga ayirboshlanish qobiliyatiga ega bo’lganligi uchungina o’zining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning ayirboshlanuvchanlik xususiyati almashuv qiymati nomini oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx ko’rsatkichi almashuv qiymatini yaqqol ko’rsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan ko’’lab ne’matlar masalan, buloq suvlari, yovvoyi daraxt mevalari ma’lum naflilikka ega bo’ladi. Lekin ular har doim ham tovar bo’lavermaydi. Masalan, bu ne’matlar o’sha joyning o’zidan olinib, iste’molchi tomonidan iste’mol qilinsa tovar hisoblanmaydi. Ne’matlar tovar bo’lishi uchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma’lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur.
Shunga ko’ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o’z iste’moli uchun emas, balki boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural–buyum va ijtimoiy–iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi.
Almashuv qiymati nimaga asoslanadi? Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari1 hisoblaydiki, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Ularning fikricha tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi – og’irligi, hajmi, shakli va shu kabilar umumiy asos bo’la olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi. Almashishning zarur sharti ayirbosh-lanadigan tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi, lekin har xil tovarlarning nafliligi sifat jihatidan turlicha bo’lib, ular miqdoriy o’lchamga ega emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa, hamma sifat jihatidan umumiy, yagona biron-bir narsa bo’lishini taqozo etadi, bunday umumiy narsa ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Bu o’rinda so’z mehnatning muayyan, aniq turlari to’g’risida bormaydi. Bu turlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi, bu esa aniq iste’mol qiymatlarining xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tovarlar o’lchovdosh bo’lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Demak, umuman inson mehnati mahsuli sifatida tovarlar bir xil va o’lchovdoshdir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashqil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib ko’rsatilishida namoyon bo’ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko’’incha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini qo’lashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib to’ishi mumkin. Endi ularni boshqa ko’rsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».4 Tovarning o’zi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo’l qo’yilgan xatolik deb hisoblaymiz (ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo’lib, miqdor jihatidan undan kamdir. Ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risida keyingi boblarda to’xtalamiz).
Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqti bilan hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko’’aytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko’’ miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste’mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan.
Firmaning samarali tovar siyosatini olib borishi ikki yirik muammo bilan boglikdir. Birinchidan, firma mavjud tovar nomenklaturasi chegarasida yashash davri boskichlarini xisobga olgan xolda ishni okilona tashkil etishni tashkil etishi lozim, ikkinchidan, yangi tovar ishlab chikarishni uz vaktida amalga oshirish kerak.
Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Bu barkaror assortiment tuzilishiga, doimiy sotuvga va foydaga erishishga imkon beradi.
Tovar strategiyasi istikbol uchun ishlab chikariladi va firmada mavjud tovar miksni jalb etuvchanligini yaxshilash buyicha 3 ta strategik yunalishni uz ichiga oladi:
1.tovar innovatsiyasi
2.tovar variatsiyasi
3.tovar eliminatsiyasi.
Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarni ishlab chikarish va tadbik etish dasturini aniklaydi. Birok «yangi tovar» tushunchasini turli talkinga ega va takomillashtirishni asoslash sifatida ishlatiladi, mavjud tovarni yangilash uchun ishlatiladi.
Mavjud nazariya va amaliyotda innovatsiya «yangilik kiritish» va «yangilik» tushunchalari bilan sinonim xisoblanadi. Bozor innovatsiyasi deganda mavjud maxsulot buyicha yangi goyani olish, shuningdek yangi maxsulotlarni ishlab chikish v bozorga chikarish tushuniladi. Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chikish va kullashni kuzda tutadi va amalga oshirish shakli buyicha tovar differentsiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga bulinadi. Tovar diversifikatsiyasi uzida rakobatchi tovarlardan ajralib turuvchi kiladigan bir kator asoslangan tovar modifikatsiyasini ishlab chikish jarayonini mujassamlashtiradi.
Bozorni modifikatsiyalashda sotish xajmini oshirish, istehmolchilar ishonchini kozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chikarish, mijozlar ehtibori va
kizikishini ushbu firma chikarayotgan tovarlarga karatish, xaridorlarni tovarni intensiv istehmolini ragbatlantirish orkali amalga oshiriladi. Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini yaxshilash, tovarni bezash va tashki dizaynini yaxshilash kuzda tutiladi. Marketing-miksni modifikatsiyalashda esa marketing elementlaridan tulik ishlatishni nazorat kilish optimal maksadda marketing elementlarini shakllantirish va kullash kuzlanadi. Diversifikatsiya tovarlarni turli tumanligi xisobiga jalb etuvchanligini yaxshilashga asoslanadi. Tovar diversifikatsiyasining maksadi bulib istehmolchilarni tovarni afzal kurish, aloxida bozor yoki bozor segmenti xususiyatlarini xisobga olish orkali tovarni jalb etuvchanligini oshirish, uni rakobatbardoshligini usishi xisoblanadi.
Tovar diversifikatsiyasi kuyidagi omillar buyicha amalga oshiriladi:
• Tovarni kushimcha imkoniyatlari
• Tovardan foydalanish samaradorligi
• Komfortlilik
• Ishonchlilik
• Tovar dizayni va stili.
Tovar diversifikatsiyasi firmaning tovar siyosatida muxim urin egallaydi. Bu strategiya yangi sotuv bozoriga taklifni rejalashtirishda kushimcha tovarlarni ishlab chikarishni boshlaganda kullaniladi. Diversifikatsiya firma faoliyatida barkaror usishini tahminlash uchun samarali vosita sifatida chikadi.
Maksadli bozorni uzlashtirish yullarini kidirishda mukobil strategiyalarni aniklash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan «tovar-bozor» matritsasi ishlatiladi. Bu kuyidagi jadvalda kursatilgan.
Jadval
Tovarlar
|
Bozorlar
|
Joriy
|
Yangi
|
Joriy
|
Bozorga chukurrok kirib borish strategiyasi
• Sotishni jadallashtirish
• Yangi xaridorlarni kidirish
• Rakobatchilarni sindirish
• Tovarni istehmol soxasini kengayishi
|
Bozorni rivojlantirish strategiyasi
• Yangi bozorlar
• Yangi sotish xududlari
• Xalkaro bozorlar
• Tovarni ishlatilishini yangi soxalarini tuzish
|
Yangi
|
Tovarni rivojlantirish
• Uz kuchi bilan yangi tovar ishlab chikarish
• Bitimlarni rivojlantirish
• Litsenziya
• Maxorat bilan ayirboshlash
|
Diversifikatsiya
• Gorizontal
• Vertikal
• Kontsentrik
|
Jadvaldan kurinib turibdiki, firmaning afzalligini usish manbalarini uzashtirishni 4 ta asosiy strategiyalari bulishi mumkin:
1.bozorga chukurrok kirib borish strategiyasi;
2.tovarni takomillashtirish strategiyasi.
3.bozorni rivojlantirish strategiyasi;
4.diversifikatsiya. Diversifikatsiyani 3 ta turi mavjud: gorizontal, vertikal va kontsentrik. Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovralarga uxshash ishlab chikarish, texnik, tahminot va sotish sharoitlariga yakin bulgan tovarlarni ishlab chikarish tushuniladi. Vertikal diversifikatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chikarishni sotuv yunalishi sifatida xam tovar dasturini chukurligini ustirishni anglatadi. Masalan, gusht maxsulotlarini sotuvchi maxsus dukon mol yetishtirishni va selektsiya buyicha ishlab chikarishni kullab-kuvvatlaydi. Kontsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab chikarishni kuzda tutadi. Yangi tovarlarni ishlab chikish va kullash innovatsiya siyosatining tamoyil va uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos xolda amalga oshiriladi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni 6 boskichni uz ichiga oladi:
• yangi tovar xakida goyani kidirish
• goyani tanlash
• yangi tovar goyasini tijoratlashuvini iktisodiy taxlili
• tovarni ishlab chikish
• bozor sharoitida uni tajribadan utkazish
• tovarni bozorga kullash
Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar xakida goyani kidirish bilan boshlanadi. Yangi tovar goyani kidirishni asosi bulib tovar xakidagi ichki va tashki goyalar manbai xisoblanadi.
Tashki tovar xakidagi goyalar manbaiga: savdo korxonalari, xaridor va istehmolchilar, rakobatchilar, yarmarka va kurgazmalar, tadkikot institutlari, tahminotchilar, vazirliklar va boshka davlat institutlari kiradi. Tovar xakidagi ichki goyalar manbaiga: marketing tadkikotlari bulimi, ishlab chikarish bulimi, marketing bulimini barcha kismlari, xalkaro iktisoiy xamkorlik bulimi, tovarni tayyorlash bulimi kiradi.
Tovar innovatsiyasi jarayoni boskichlari uz mazmuniga kura yangi tovarni rejalashtirish jarayonini ifodalaydi. Yangi tovarni rejalashtirishning vazifasi mukobil variantlarni kidirish va ishlab chikishdan iboratdir.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli uslublar kullaniladi. Yangi tovar xakida goyani baxolashda bozorni tadkik kilish va ijodiy uslublardan foydalaniladi.
Iktisodiy taxlil boskichida foydani solishtirish, zararsizlikni baxolash uslubi, xavf-xatar taxlili uslublaridan foydalaniladi.
Tovarni ishlab chikish boskichlarida tovar ishlab chikish uslublari, tovar markasini ishlab chikish texnikasi uslublari, xarajatlarni xisoblash uslublari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |