Bozor muvozanati — bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi.
Bozor muvozanati
Umuman olganda bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzoq vaqt boʻlishi mumkin. Ammo juzʼiy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo boʻladi va u darhol qondirilmaydi. Bozor muvozanatini taʼminlashning asosiy yoʻllari: tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish; yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish; talabgir tovarlar narxini oshirish, oʻtmay turgan tovarlar narxini pasaytirish; eksport va importning ortishi yoki kamayishi; aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi; mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi. Bozor muvozanati maʼrifatli jamiyatda narxlar bilan bozorni tartibga solish orqali taʼminlanadi.
Jadvaldan ko‘rinadiki, bir tovar 300 so‘m bo‘lganda, talab va taklif tenglashadi. Undan oldin esa talab ustun edi. Endi narx 300 so‘mdan oshib ketdi, bunda ishlab chiqaruvchi uchun qulay vaziyat paydo bo‘ldi, u tovar taklifini ko‘paytiradi. Ammo tovarning qimmatlashuvi xaridorga ma’qul bo‘lmaydi, natijada talab qisqarib, taklif talabdan ortib ketadi, tovarning bir qismi sotilmay qoldi.
Endi shu jarayonni chizmada ifodalab, talab va taklif egri chizig‘ini hosil etamiz. Quyidagi chizmada muvozanat buzilganda yuz beradigan taqchillik va tovarning ortiqchaligi yaqqol ko‘rinadi:
Chizmada SS taklif chizig‘i bo‘lsa, ZZ talab chizig‘idir. Ular kesishgan A nuqtada muvozanat bor, uni 300 so‘mga teng narx belgilaydi. Narx 200 so‘mga tushsa, BC oralig‘iga teng taqchillik, ya’ni ortiqcha talab paydo bo‘ladi. Agar narx 400 so‘mga yetsa, DE oralig‘iga teng ortiqcha taklif vujudga keladi.
Muvozanatli narxlar bor joyda xaridor puliga yarasha kerakli tovarlarni xarid eta oladi, ishlab chiqaruvchilar esa chiqargan tovarini o‘z vaqtida sota oladi. Demak, muvozanat narxlari oqilona va adolatli narxlar hisoblanadi.
Maksimal Narx
• Maksimal narxlarda davlat bevosita narxga aralashib,bozor narxidan past narx belgilaganda hosil bo’ladi. Hukumat mazkur ishni iste’molchilarni himoya qilish maqsadida amalga oshiradi. Natijada talab ortiqchaligi yuzaga keladi.
Talab va taklif muvozanatini ta’minlovchi narxdan past darajada tutib turiladigan narxdan past narx belgilanganda ish.ch qisqaradi(Qo dan Q1 gacha). Bu iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarning ja’mi yutug’ida tegishli yo’qotishlarni (B va C) keltirib chiqaradi. Ish.ch hajmi qanchalik oz bo’lsa, shunchalik iste’molchilar va ish.chilarning ja’mi faravonligi past bo’ladi.
Minimal narxlar
• Hukumat muvozanat narxdan yuqori narx belgilaganda minimal narx vujudga keladi. Hukumat ushbu ishni ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida amalga oshiradi. Natijada taklif ortiqchaligi yuzaga keladi.
Narx oshganda ishchilar ko’proq ishlab chiqarishni (Q1 o’rniga Q2) istaydilar, iste’molchilar esa ozroq (Q0 o’rniga Q3 miqdorda sotib oladilar)
A yuza ish.chlarni yutug’lari(chunki mahsulotni yuqoriroq narxda sotadilar;
B yuza iste’molchining yutug’ining yo’qolishi(chunki ayrim iste’molchilar tovar olmay qo’yadi)
C yuza ish.chi yutug’ining yo’qolishi ( bir qator ishlab chiqaruvchilar tovar chiqarmay qo’yadi.
4.Narxning bozor muvozanatini tartibga solishda tutgan o`rni va davlat tomonidan tartibga solinishi
Bozor sharoitida narx siyosati o‘ziga xos bo‘lib, turli narxlarning mavjudligi bozor qonuniyatidir. Narx shakllanishida tovar bahosi uning sifatini bildiruvchi muhim indikator sifatida namoyon bo‘ladi. Tovar narxi qancha yuqori bo‘lsa, talab tushadi va aksincha, past narxda tovarga bo‘lgan talab oshadi. Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga tovar narxi miqdoriy ko‘rsatkich sifatida xizmat qilib, xarid budjetiga qarab u yoki bu narxdagi tovarni sotib oladi.
Supermarket, Gipermarketlardagi tovar narxining oddiy kichik chakana savdo do‘konidagi narxlardan yuqoriligi yirik savdo markazlaridagi servisning yuqoriligi bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |