Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.
Qiymatni hisoblash vazifasi
Narx qiymatning puldagi ifodasi, deb aytamiz, chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko’rsatkichlari ham mavjud (tonna, dona, km, kvt-soat va hokazo). Bu ko’rsatkichlarni shu holicha taqqoslab umumiy ko’rsatkichga keltirib bo’lmaydi. Barcha natural ko’rsatkichlarning umumiy o’lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |