2. Faning predmeti va vazifalari nimalardan iborat?
Mamlakatimiz iqtisodiyotini erkinlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlari bevosita amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati bilan, pul resurslari bilan bog’liq. Shu jihatdan pul resurslari mamlakat iqtisodiyotini mablag’ bilan ta’minlovchi iqtisodiy islohotlarning samarasini belgilovchi omil bo’lib hisoblanadi.
“Pul, kredit va banklar ” fani o’tilishi mo’ljallangan ta’lim yo’nalishi talabalari yuqoridagi holatlardan kelib chiqib ushbu fan dasturida ko’zda tutilgan zamonaviy pul, kredit nazariyasi va banklar bo’yicha yetarli bilimlarga ega bo’lishi muhim hisoblanadi. Shu asosda “Pul, kredit va banklar” fanining maqsadi – bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikamizda pul-kredit sohasi qonuniyatlari , uning ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o’rnini tushunib yetadigan pul-kredit munosabatlarini va rivojlanish yo’nalishlarini, ularni taxlil eta oladigan yuqori malakali iqtisodchi mutaxasislar tayyorlashga hissa qo’shishdan iborat. Bu fan talabalarga pul, kredit va banklarni nazariy asoslari bilan birga ulardan xalq xo’jaligida foydalanishda unga xos bo’lgan uslub va usullar asosida tegishli bilimlarni chuqirroq egallashni ta’minlaydi. Buning uchun talaba eng avvalo pul, kredit va banklar mohiyatini, ya’ni ualrni o’rganish obyektini (predmetini) tushunib olishi kerak.Bu fanining predmeti bo’lib mikro va makro darajadagi pul, kredit va banklar bo’yicha munosabatlar, ularga tegishli qonuniyatlar hisoblanadi.Qisqacha aytiladigan bo’lsa pul – bu maxsus tovar bo’lib u hamma tovar va xizmatlar uchun umumiy ekvivalent hisoblanib tovarlarni bir biriga ayrboshlash vazifasini bajaradi. Kredit – bu o’z egalari qo’lida vaqtincha bo’sh bo’lgan ayrim qiymat yoki pul mablag’larining boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish bo’yicha munosabatlardir.
Banklar – bu pul mablag’larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi tashkilotlardir. Umuman, iqtisodiyotni barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlashda, unga bo’lgan ishonchni oshirishda pul, kredit va banklarni o’rni beqiyos hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib “Pul, kredit va banklar” fanining vazifasi talabalarni pul, kredit va banklarning qonuniyatlari, ularni ijtimoiy takror ishlab chiqarishda tutgan o’rnidan hamda ushbu sohalarda mustaqil ishlashga tayyorlashdan iborat.
Yuqoridagi vazifadan kelib chiqib talaba fanning o’quv dasturida ta’kidlanganidek:
Pul, kredit va banklarning mohiyati, zarurligi, belgilari va funksiyalarini.
Pul, kredit va banklar tizimini.
O’zbekiston Respublikasi pul, kredit va bank tizimi xususiyatlarini.
Pul, kredit va bank siyosatini.
Pul muomalasini tartibga solishning usullarini.
Pul-kredit siyosati tushunchasi va ahamiyatini
Pul aylanishi va uning tuzilishini
Pul islohotlarining zarurligi, ularni o’tkazish tartibi va shakllarini
Bank tizimi va uni bo’g’inlarini
Pul, kredit va banklar bo’yicha boshqa tushunchalar hamda ulardagi o’zgarishlarini bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |