1-Mustaqil ta’lim Samarqand viloyati shaharlarining viloyat rivojlanishida tutgan o‘rni



Download 23,71 Kb.
Sana19.05.2023
Hajmi23,71 Kb.
#940683
Bog'liq
1-Mustaqil ta’lim 1.4- javob


1-Mustaqil ta’lim
4.Samarqand viloyati shaharlarining viloyat rivojlanishida tutgan o‘rni.
Samarqand viloyati O‘zbekiston Respublikasining markazida, Zarafshon vodiysining o‘rta qismida qadimgi karvon yoilari (Buyuk Ipak yo‘li) kesuvchan hududda joylashgan. Mintaqa Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan savdo iqtisodiy munosabatlami olib borishda katta mavqega ega qadimiy sivilizatsiyaning asosiy markazi bo‘lgan. Hozirda bu hududdan mahalliy va xalqaro avtomobil hamda temir yo‘llaming o‘tganligi shaharlar geografiyasining shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Biroq viloyat tabiiy sharoitining turlicha ekanligi va tabiiy resurslarining notekis taqsimlanganligi, orografik hamda boshqa to‘siqlaming mavjudligi aholi manzilgohlarini qulay geografik o‘ringa ega bo‘lgan Zarafshon vodiysida joylashishiga zamin yaratgan.
Mamlakat geourbanistik tizimida mintaqa shaharlar to‘ri va tizimi zichligi, funksional xususiyati, sanoat tarmoqlarining diversifikatsiyasi bilan yuqoriroq o‘rinda turadi. Jumladan, 1970-yilgi aholi ro‘yxati davrida mintaqada 13 ta shahar manzilgohlari, shu jumladan, 3 shahar va 10 ta shaharchalar ro‘yxatga olingan bo‘lsa (1959-yilda 3 va 6 ta;), 2008-yilda 11 ta shahar, 12 ta shaharcha hamda 2017-yilda 11 ta shahar, 88 ta shaharcha qayd etilgan.
Viloyat shaharlar to‘ri va tizimi bu yerda rayon hosil qiluvchi tarmoqlaming, xususan, sanoat, transport, turizm, rekreatsiya va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarining keng rivojlanganligida o‘z ifodasini topadi.
“Qadimgi Sharq jannati” - Samarqand (eramizgacha IV asr) Zarafshon daryosi chap sohilida joylashgan, dunyodagi eng ko‘hna shaharlardan biridir. Hozirda ham Samarqand shahri nafaqat 0 ‘zbekiston, balki 0 ‘rta Osiyodagi eng yirik sanoat, fan va madaniyat markazidir. Ushbu shahar o‘zining yuksak ijtimoiy-iqtisodiy, demografik salohiyatiga asoslangan holdarespublikadagi yirik Samarqand aglomeratsiyasini shakllantiradi.
Samarqandning ko‘p asrlik tarixi davomida vayronaga aylantirilishi, yangidan qayta tiklanishi, gurkirab o‘sishi va rivojlanishiga uning qulay iqtisodiy geografik o‘mi katta ta’sir ko‘rsatgan. Viloyat markazida azaldan fan, madaniyat, savdo va hunarmandchilik rivoj topgan. Ko‘hna Rim va Bobilga tengdosh mazkur shahaming mavqeyini ayrim tarixchi va yozuvchilar “Sharq Rimi”, “Jahonning qimmatbaho gavhari”, “Boqiy shahar”, “Sayqali ro‘yi zamin” nomlari bilan ta’riflashgan. Samarqand XIV-XV asrlarda nafaqat 0 ‘rta Osiyo, balki butun Sharqda Buyuk Temur imperiyasining siyosiy-ma’muriy, iqtisodiy va madaniy poytaxti sanalgan.
XIX asrga kelib, 0 ‘zbekiston hududidan Farob (Turkmaniston)-Samarqand, Toshkent-Turkmanboshi, Toshkent-Dushanbe, Samarqand-Qarshi, Toshkent-Uchquduq-Qo‘ng‘irot temir yo‘llarining o‘tishi uning transport geografik o‘mini yanada kuchaytirdi. Shahar 1938-yildan buyon viloyat markazi funksiyasini bajaradi.
Dastlabki aholi ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, 1959 - yilda shaharda eng ko‘p-196,4 ming, 1970-yilda 266,8 ming aholi yashagan bo‘lsa, 1990-yilda 364 ming, 2009-yilda 372,7 ming, hozirgi kunga kelib, jami 496,1 mingga yetdi va mintaqa shaharliklarining ulushi 38 foizdan ortib ketdi.
Zamonaviy Samarqand hozirda respublikaning birinchi darajali turizm va haqiqiy muzey shahri sanaladi. Samarqandning me’moriy-tarixiy yodgorliklari 2001-yilda YUNESKOning Finlyandiyada o‘tkazilgan 25-sessiyasida Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, Amerikaning nufuzli “Xafington post” internet nashri Samatqandni inson o‘ z umri davomida hech bo‘lmaganda bir marta borib ko‘rishi albatta, zarur bo‘lgan dunyodagi 50 ta shahaming biri sifatida e’tirof etdi va mazkur shaharlar ro‘yxatiga kiritdi.
Samarqand aholi soniga ko‘ra, respublikamizning an’anaviy “ikkinchi shahri” va uning dastlabki poytaxti hisoblanadi. Viloyat markazi hissasiga 0 ‘zbekiston Respublikasi sanoat mahsulotining 2,6 foizi to‘g‘ri keladi. Unda Zarafshon iqtisodiy rayonining 20,8 foiz aholisi istiqomat qilgani holda, 45,3 foiz sanoat mahsuloti yaratiladi.
Shahar iqtisodiyoti, eng avvalo, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarining ustuvor rivojlanganligi bilan belgilanadi. 1930-yillardayoq pillakashlik va shoyi to‘qish fabrikalari, meva-konserva zavodi, choy qadoqlash fabrikasi qurilgan. 1940-1970-yillarga kelib, Samarqandda «Krasniy dvigatel», «Kinap», tamaki-fermentatsiya zavodlari, yigiruv fabrikasi, superfosfat zavodi, poyabzal va tikuvchilik fabrikalari, uysozlik kombinati, chinni zavodi va b. korxonalar ishga tushirilgan. Shahaming yuksak ishlab chiqarish, ilmiytexnik va infrastruktura salohiyati bu yerda ko‘plab qo‘shma korxonalarning vujudga kelishiga sabab bo‘di. Hozirda shaharda lift, avtomobil, sovitgich, shisha-chinni idishlar, kimyo, konserva, vino zavodlari, ipakgazlama, tamaki, choy qadoqlash fabrikalari faoliyat yuritmoqda.
Ishlab chirqarish mujassamlashuv darajasi yuqori ko‘plab korxonalar shahaming hozirgi iqtisodiy geografik holatini belgilaydi. Jumladan, “Samavto” avtomobil zavodida besh xil rusumdagi avtobuslar, 8 turdagi yuk avtomobillar, 35 xil kuzovlar ishlab chiqarilmoqda.
Iqtisodiy, madaniy, turistik, ilm-fan salohiyatiga ega bo‘lgan yirik shahaming rayon hosil qiluvchi muhim xususiyati asosida yirik Samarqand aglomeratsiyasi shakllangan. Shahar tizimining “tabiiy to‘siqlarsiz” tog‘oldi va tekisliklar bo‘ylab yoyilishi, ko‘plab “yo‘ldosh” shahar manzilgohlarini vujudga keltirgan. Hozirda Urgut, Jomboy, Bulung‘ur, Xishrav, Kimyogar lar, Farhod, Juma, Loish, Chelak, Dahbet, Charxin, Gulobod singari eng ko‘p manzilgohlami o‘z ichiga olgan mazkur aglomeratsiyada 600 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Viloyat markazidan 44 km janubi-g‘arbda Zarafshon tizmasining shimoliy yon bag‘rida eng qadimiy va yo‘ldosh shaharlaridan biri - Urgut shahri qad rostladi (1973-y.). Shahar “Bobumoma”da Arkat qishlog‘i sifatida tilga olingan. Keyinchalik bu so‘z o‘zgarib, “Urkent”, Ur - balandlik, kent - shahar yoki balandlikdagi shahar ma’nosini anglatadi. Demak, Urgut oykonimi vujudga kelishiga uning geografik o‘mi asos bo‘lgan.
Shahaming shakllanishida rivojlangan qishloq xo‘jalik rayonida ekanligi, aglomeratsiya “yadro”siga yaqinligi, yirik transport tugunida joylashganligi muhim rol o‘ynadi.
Jomboy shahrida faoliyat yuritayotgan iqtisodiyotimizning lokomotivi bo‘lgan Germaniyaning “MAN Avto” kompaniyasi yiliga 4600 ga yaqin yuk avtomobili va 1350 dan ortiq pritsep (tirkama)lar ishlab chiqarmoqda. Juma shahrining shakllanishi transport (temir yo‘l stansiyasi) infratuzilmasining rivojlanishi bilan bog‘liq. Shahar janubidan ToshkentBuxoro avtomobilyo‘li o‘tganligi, “bosh shahardan” atigi 25 km shimolig‘arbda joylashganligi uning iqtisodiy rivojlanish imkoniyatini yaxshiladi
. Jumada paxta tozalash, remont-mexanika zavodlari, 2 ta MTP, avtomobil-avtobus parklari, yirik don bazasi bor. Shahar hozirgi kunda Pastdarg‘om tumanining ma’muriy markazi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Mintaqaning tabiiy sharoiti, tarixiy rivojlanishi va rayon hosil qilish qudrati bois, viloyatda Samarqand hamda ichki cho‘l va tog‘oldi hududlarini egallagan Kattaqo‘rg‘on guruh rayonlari ajratiladi.


Download 23,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish