Ohangaron — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi shahar (1962-yildan). Tuman markazi. Qurama togʻining etagida, Ohangaron daryosining oʻng sohilida, 525-600 m balandlikda. Toshkentdan 68 km. Toshkent—Angren t.yildagi stansiya. Shahar hududidan Xoʻjabaland, Xonariq va boshqa ariqlar oqib oʻtadi. Aholisi 34,7 ming kishidan ziyod (2003).
Shahar nomi „ohangaron“ — „temirchilar“ maʼnosini anglatadi. Ohangaronning tez oʻsishiga uning yaqinidagi Angren koʻmir koni va Olmaliq rangli metall konlarining ochilishi sabab boʻldi. Ohangaronda sementli shifer korxonasi, „Santexlit“, „Ohangarondon“, „EUROCEMENT“ zavodlari bor. 8 umumiy taʼlim maktabi (5700 ga yaqin oʻquvchi), bolalar sport maktabi, bolalar sanʼat musiqa maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, 2 kutubxona, 2-madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion faoliyat koʻrsatadi. Ikkinchi jahon urushi qurbonlariga yodgorlik oʻrnatilgan. Kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, 10 dorixona mavjud. Hozirda Ohangaron butun vodiy aholisiga mashhur shahardir. chunki bu yardagi tamaddixonalarda hordiq chiqarib ketish mumkin.
Muborak — Oʻzbekiston respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan shahar. Muborak muhim gaz va neft shahridir. Shahar Muborak tumanining markazi hisoblanadi. Muborak shahri Qashqadaryo viloyatining markazi Qarshi shahridan 78 km masofada joylashgan. Muborak 1974-yildan beri shahar hisoblanib keladi. Baʼzi mahalliy rivoyatlarga koʻra, „Muborak“ nomi Imom Buxoriyning ustozlaridan biri deb sanalgan Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziyga atab barpo qilingan „Xoʻjamuborak“ qishlogʻi nomidan olingan.
Muborak muhim gaz va neft shahridir. Muborak yaqinida Muborak gazkondensat koni joylashgan.
Muborakda tuman hokimiyati binosi, gazni qayta ishlash zavodi, „Muborakneftgaz“ korxonasi, bosmaxona, toʻrt avtokorxona, oʻn qurilish taʼmirlash korxonasi, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya muassasalari, sanoat kasb-hunar, tibbiyot, pedagogika-iqtisodiyot kollejlari, kasb-hunar maktabi, telemarkaz, kutubxona, klub, stadion, yoshlar sport majmuasi, tennis korti, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Shaharda suv bilan davolash fizioterapiya shifoxonalari faoliyat koʻrsatadi.
Gazli — Buxoro viloyati Romitan tumanidagi shahar (1977-yildan). Qizilqum choʻlida joylashgan. Buxoro sh.dan 106 km shim.-gʻarbda. Ahrlisi 8,2 ming kishi (2001). Gazli yirik gaz konlarining topilishi (1956) natijasida vujudga kelgan. 1960-y.larda Gazlidan Ural (Yekaterinburg , 2100 km)ga, Rossiya Yevropa qismining markaziga, Tosh-kentga gaz quvurlari oʻtkazilgan. Gazlida gaz va neft konlarini qidiruvchi "Buxoroneftgaz" birlashmasi, oʻrta maktab, kinoteatr, madaniy-maishiy xizmat tarmoqdari bor. Gazli Buxoro — Urganch avtomagistrali yoqasida.
Asaka (1937 — 1991-yillarda Leninsk) — Andijon viloyatidagi shahar (1937-yildan). Oktabr inqilobiga qadar shahar oʻrnida Assake kishlogi boʻlgan. 1898-yilda qadar esa bu manzilgoh oʻrnida 1898-yilgi Andijon qoʻzgʻolonining markaziga aylangan qishloq boʻlgan[2],[3].
1924-1937-yillarda shahar, bolshevik rahbar Zelenskiyning nomiga
Do'stlaringiz bilan baham: |