Tarix.
1. Turk hoqonligi bo’linib ketishining sabablari qaysilar? A) eftallar bilan urush B) Bumin va Istemining turli joylarda bo’lishi va urug’-aymoqlarning boshboshdoqligi C) bo’ysundirilgan hududlardagi markazlashmagan boshqaruv tartibi hamda Xitoy, Vizantiya va Eron bilan raqobat D) Eron va Xitoy bilan urushlar ko’payishi, katta-kichik qabilalarning itoatsizligi hamda mahalliy hukmdorlarning bir-biriga raqobati
2. Ilk o’rta asrlarda Toxariston Markaziy Osiyoda keng tarqalgan qaysi dinlarni tarqalishi va rivojida muhim ahamiyat kasb etgan? A) shomoniylik va nasroniylik B) qam va Tangrichilik C) zardushtiylik va buddaviylik D) moniy va buddaviylik
3. Bumin “xoqon” deb e’lon qilinganidan necha yil o’tib, turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng o’lkalarni egallaydilar? A) 3 yil B) 6 yil C) 5 yil D) 1 yil
4. Turklarda bir tuman suvoriyni safga kim torta olgan? A) yabg’u B) o’n o’q eli sardori C) budun D) barcha javob to’g’ri
5. VII asr birinchi choragida G’arbiy turk xoqonligi janubiy chegarasi qaysi hududda joylashgan edi? A) Oltoy B) Toxariston C) Sind daryo bo’ylari D) Orol dengizi bo’ylari
6. Qaysi xoqon davrida boshqaruv tartiblari isloh qilingan? A) Qoracho’rin B) To’ng yabg’u C) Qora Issiqxon D) Istemi
7. Qaysi mahalliy hukmdorlar O’rta asr davlatlari birlashmasi ittifoqida katta siyosiy nufuzga ega edi? A) xoqonlar tayinlagan tudunlar B) Su’g’d ixshidlari C) Toxar malikshohlari D) Farg’ona ixshidlari
8. Ilk O’rta asrlarda O’rta Osiyodagi mustaqil hokimliklardan Toxaristonning viloyatlari nechta bo’lgan? A) 27ta B) 11ta C) aniqlanmagan D) 2ta
9. Ilk O’rta asrlarda O’rta Osiyodagi mustaqil hokimliklardan Sug’d mulklari nechta edi? A) 27ta B) 11ta C) aniqlanmagan D) 2ta
10. Eloqni kim boshqargan? A) tudun B) tunkat C) dehqon D) ixshid
11. Ilk o’rta asrlarda O’zbekiston hududida qaysi davlat tangalarida “xvatun” ya’ni hukmdorga yonma-yon malikalar tasviri chekilgan? A) Eloq B) Choch C) Farg’ona D) Ixshid
12. Nechanchi asrlarda O’rta Osiyoda, bir tomondan, yerga egalik qilish munosabatlarining o’rnatilishi va mustahkamlanib borishi, ikkinchi tomondan, ko’chmanchi chorvadorlarning kirib kelishi va o’rtoqlashuvi shahar va qishloqlarning qiyofasiga ta’sir ko’rsatadi? A) IV-VIII asrlarda B) V-VII asrlarda C) V-VI asrlarda D) IV-VII asrlarda
13. Shaharning hokim qasri turadigan qismi nima deb atalgan? A) ko’handiz B) shahriston C) rabot D) ko’shk
14. Ushbu rasmda tasvirlangan yozuv qaysi yozuv asosida vujudga kelgan? A) eftal B) baqtriya C) oromiy D) toxar
15. Ilk o’rta osiyoda naychilik taraqqiy etgan hudud qaysi edi? A) Buxoro B) Choch C) Samarqand D) Quva