O'zbekiston tashqi siyosati asosiy tamoyillari: - 1. o'z milliy davlat manfaatlarini ustun qo'ygan holda barcha davlatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni keng rivojlantirish. Bu har qanday davlat bilan hamkorlik qilganda nima foyda ko'ramiz demakdir.
- 2.Tenglik, o'zaro manfaatdorlik, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik.
- 3. Mafkuraviy qarashlardan qat'iy nazar barcha davlatlar bilan ochiq siyosat yuritish.
- 4. Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, qo'rqitmaslik.
- 5. Davlatlararo munosabatlarda umumbashariy qoidalarni ustun qo'yib, xalqaro hujjatlarni tan olish va ularga qat'iy rioya qilish.
- 6. Tinchlik va xalqaro xavfsizlik uchun kurash, ziddiyatlarni tinch yo'l bilan hal etish, yadrosiz hudud bo'lib qolish.
- 7. Inson huquqlariga oid xalqaro qoidalarga sodiqlik va ularni bajarish.
- 8. Barcha davlatlar bilan to'la ishonch asosida ikki va ko'p tomonlama aloqalarni o'rnatish va rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |