Operatsion tizimlarning yuklanishi haqida. Operatsion tizim yoki dasturlar kompyuterning
xotira qurilmasida yoziladi. Asosiy dastur(BIOS) kompyuter tizim blokini ichiga
joylashtiriladigan Asosiy plata(Ona plata) ning maxsus qismida Doimiy xotira(ROM)
qurilmasida Asosiy platani ishlab chiqaruvchisi tomonidan yozilgan bo’ladi. Operatsion tizim
esa kompyuter tizim blokini Asosiy platasining doimiy xotirasida yozilmaydi. Balki siz
Kompyuter xarid qilganingizdan keyin o’zingiz Operatsion tizimni o’rnatasiz, qaysi operatsion
tizim sizga maqul kelsa yoki ishingiz taqazo etsa, shu operatsion tizimni o’rnatasiz. Operatsion
tizimlar doimiy xotira qurilmasida yozilmaydi. Asosan HDD, SSD turidagi xotira
qurilmalarida yoziladi ya’ni axborotlarni saqlash uchun mo’ljallangan xotira qurilmalarida yoziladi. Operatsion
tizim yozilgan xotira qurilmasi kompyuterni operatsion tizimni yuklovchisi hisoblanadi. Yuklanayotgan
operatsion tizim esa yuklanuvchi operatsion tizim hisoblanadi. Kompyuter yonganda avval BIOS dasturi
yuklanadi va kompyuter qurilmalarini tekshiradi. So’ngra BIOS dasturi parametrlarida qaysi xotira qurilmasi
birinchi ko’rsatilgan bo’lsa, avval shu xotira qurilmasi operatsion tizimni yuklash uchun ulanadi. Agar unda
operatsion tizim mavjud bo’lsa, operatsion tizim undan yuklanadi. Aks holda 2-, 3- xotira qurilmasi tekshiriladi
va operatsion tizim mavjud bo’lsa 2-, 3- xotira qurilmasidan operatsion tizim yuklanadi. Agar kompyuterga
ulangan xotira qurilmalarini hech qaysida operatsion tizim o’rnatilmagan bo’lsa, Xatolik haqida xabar chiqadi
va Operatsion tizim yuklanmaydi. Kompyuter BIOS dasturida qoladi va operatsion tizim bo’lmagani uchun
hech qanday dastur bilan ishlay olmaymiz. Operatsion tizim yuklanishi yozganimchalik oddiy emas. Aksincha
juda murakkabdir, Bunday katta dasturlarni yuklanishi albatta oson emas. Operatsion tizimni o’zini yuklanish
bosqichlari bor. Avval uning asosiy dasturi, yuklovchi dasturi tezkor xotiraga yuklanadi. So’ngra ushbu dastur
operatsion tizimni qolgan barcha kerakli dasturlarni tezkor xotiraga yuklab beradi. Kompyuter dasturlarida
berilgan amallarni bajaradigan qurilma protsessor deb ataladi. Dasturlar protsessorga operatsion tizim yozilgan
yoki ma’umotlar saqlanadigan xotira qurilmasidan uzatilmaydi, balki tezkor xotiradan uzatiladi. Kompyuter
yoqilganda operatsion tizim(dastur)lar tezkor xotiraga yuklanadi. Keyin hozir qaysi dasturni ishlatayotgan
bo’lsak, shu dastur saqlanib turadi. Keraksiz dasturlar tezkor xotiradan o’chirib yuboriladi. Protsessorning bir
soniyada qancha amal bajarish imkoniyatiga ega ekanini chastota Hz larda o’lchanadi. Amalda bu birlik
kichkina shuning uchun uning o’rniga Mhz, Ghz lar ishlatiladi. Hozirda kunda Protsessorlarning juda tez
ishlaydigan turlari ishlab chiqarilyapdi. Kompyuterlar ikkilik pozitsion sanoq tizimida ishlaydi ya’ni 0 va 1 dan
iborat sanoq tizimida ishlaydi. Hozirgi kunda 32 va 64 razryadli kompyuterlar ishlatiladi.