1-Mustaqil ish
1. Ovqatlanish va ovqat hazm qilish fiziologiyasi rivojlanishiga o’zbek olimlarining qo’shgan hissasi
2. Akademik I.Pavlov hamda akademik A.M.Ugolevlarning hazm fiziologiyasi sohasidagi ishlari
3. Ovqatlanish va ovqat hazm qilish fiziologiyasi fanining yutuqlari va zamonaviy muammolari.
1. Ovqatlanish haqidagi dastlabki tushunchalaming shakllanishi qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu borada kishilami dastlab oziq-ovqat mahsulotlarining ta’mi, yedirimliligi, manbalari kabi tomonlari qiziqtirib kelgan boisa, olov ixtiro qilinib, unda har xil yeguliklaming qayta ishlanishi bilan iste’mol taomlarining mazasiga e’tibor kuchaygan. Bir vaqtning o‘zida termik ishlov berilgan oziq-ovqatlaming yaxshi hazm boiishi ovqatlanish va u bilan bogiiq masalalaming keng koiamda rivojlanishi ga olib kelgan. To‘g‘ri ovqatlanish haqidagi ilk ma’lumotlar qadimgi Xitoy, Hindiston, Rim, yunon, arab olimlarining ishlarida mavjud. Masalan, Hindistondagi Ayuverda ta’limoti bo‘yicha, turli kasalliklaming oldini olish va davolashda mijozga muvofiq ovqatlanish zarur. Vavilon va Assuriyada yozilgan tibbiyotga oid asarlarda qorindagi og‘riq, qayt qilish, gepatit, meteorizm, ich ketishi, ishtahaning o‘zgarishi va boshqa hazm organlarining kasalliklari haqida maiumotlar berilgan. Eramizdan awalgi III asrda Erazistrat hayvonlarda hazm a’zolarining funksiyalarini o‘rganib, me’da peristaltikasini kuzatgan. Uning fikricha, hazm jarayoni me’dada ovqatning mexanik maydalanishi tufayli ro'y beradi. U murdalaming jigar va o‘t yoilarini tekshirib, kasalliklar kelib chiqishining asosiy sababi ovqatni me'yoridan ko‘p iste'moi qilish, deb ko‘rsatgan. Erazistrat ovqat ko‘p iste'moi qilinganda hazm boimay, me’da va tomirlami ifloslantiradi hamda qator kasalliklami keltirib chiqaradi, degan fikmi ilgari surgan. Eramizning I asrida Klavdiy Galen o‘z ishlarida me’da yarasini umumiy tasvirlab, uni parhez bilan davolash kerakligini aytib o‘tgan. Oziq moddalaming inson organizmi uchun foydaliligi nuqtayi nazaridan ulaming bir-biridan farq qilishi, turli xil xastaliklarga chalinganida nima yeb, nima ichish lozimligi haqidagi dastlabki fikrlar Arastu (Aristotel), Suqrot (Gippokrat), Jolinus (Galen), Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), A.Navegiy va boshqalarning bizgacha yetib kelgan asarlarida uchraydi. Chunonchi, Abu Ali ibn Sinoning jahonga mashhur “Tib qonun!ari”da ovqatlanish fiziologiyasining ilmiy asoslari ilk bor bayon etilgan, deyish mumkin. Asarda ovqatlanish me’yori haqida ovqatni ishtaha bilan yemoq va ishtahani qaytarmaslik lozim, deb qayd qilinadi. Ibn Sinoning fikriga koia, ovqatlanish organizmning mijoziga, yoshiga, iqlimga va boshqa sharoitlarga bogiiq. Me’yoriy ovqatlanish uning salomatlik falsafasida asosiy oiinni egallaydi. Buyuk mutafakkir: “Yana shunisi ham borki, juda to‘yib va toiib ovqat yeyish va ichish hamma holda ham oidiruvchidir. Ovqatlanganda ortiq yeyishga o iin qolmaydigan darajada to‘yib yemaslik, balki ovqatga yana ishtaha boisa, turib undan tortinmoq lozim” - deb ta’kidlavdi. Asarda qachon ovqatlanish kerakligi borasida shunday deyiladi: “Gavdaga eng zararli narsa me'dada ovqat yetilmasdan va hazm boimasdan turib yana ovqat kiritishdir”. Ovqat yeb turganda suyuqliklar aralashtirmaslik haqida esa: “Ovqat ustiga sharob ichish eng zararli narsalardandir. Chunki sharob tez hazm boiuvchi va tez oiuvchidir. U ovqatni ham hazm boimagan holda oikazib yuboradi” - deb aytilgan o4gitlar hozirgi kunda ham ratsional ovqatlanishning asosiy tamoyillariga kiradi. Olimning asarlarida homilador va emizikli ayollarning ovqatlanishiga ham alohida e’tibor berilgan. Yuqorida nomlari tilga olingan o^tmishdagi buyuk mutafakkirlarring ovqatlanish haqidagi dono flkrlarini vengriyalik olim Kun quyidagicha haqqoniy ta’riflagan: “Suqrot, Galen va Ibn Sinolaming keyingi avlodlarga qoldirgan buyuk merosiga muvofiq, sihat-salomatlikni saqlash va muhofaza qilishda eng afzal usul to4g‘ri ovqatlanish va jismoniy mashqlar bilan shugiillanishdir”. Tirik organizmdagi jam! jarayonlaming ilohiy kuchlar tomonidan boshqarilishini hayotiy asos qilib olgan vitalistik dunyoqarash jonli tabiatning, shu jumladan, ovqatlanish borasidagi to ^ r i tushunchalaming shakllanishiga uzoq vaqt g‘ov boiib keldi. Faqat XVII-XVIII asrlarda ixtiro qilingan ilmiy yangiliklar bunday vitalistik tushunchaga chek qo'ydi. Buyuk ms olimi М.У.Lomonosov tomonidan moddalar va energiya saqlanish qonunining kashf qilinishi organizm iste'moi qilgan va unda o'zgarib sarflangan moddalar orasidagi miqdoriy bogianishni ilmiy asoslab berdi. M.V.Lomonosov Kamehatkaga qilingan ekspeditsiyada shaxsan qatnashib, safar qatnashchilari ovqatida singaga qarshi tabiiy oziqaning boiishi shartligi haqida taklif kiritgan. Organizmda oziqa moddalar almashinuvining kimyoviy asoslarini oiganishda R.Reomur va A.Spallansamning olib borgan tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega boidi. Shuningdek, A.Lavuazening nafas olish bo6yicha oikazilgan tadqiqotlari ham bu borada asqotdi. Ushbu olimlaming tadqiqotlariga tayanib, inson organizmi tomonidan turli xil sharoitlarda sarflangan energiyani miqdor jihatdan hisoblay oladigan asbob yaratildi va organizmning ovqatga boigan talabini aniqlash uchun imkoniyat yaratildi. Hazm jarayoniga tegishli boigan klinik kuzatishlar va uslublar XYII-XIX asrlarda shiddat bilan rivojlana boshladi. Bu davr ichida qator muhim ishlar va kuzatuviar amalga oshirildi. Ya.Baptista van Gelmont o‘zining “Ortus Medicinae” kitobida ovqat hazm qilish jarayoni kimyoviy jarayon boiib, “ferment” deb nom olgan moddalar tomonidan amalga oshirilishini koisatib oidi. M. Stoll o i pufagining rak (saraton) kasalligini tasvirlab berdi. L. Spallantsani oziq mahsulotlarining me’da shirasi bilan hazm boiishini koisatdi. F. Botssini birinchi boiib to4g‘ri ichakni tekshirish usullarini tavsiya etdi. F. Uden me’da yaralarini davolashning samarali yo‘llarini aniqladi. U. Praut m e’dada xlorid kislota borligini isbotladi. A. Kussmaul amaliy tibbiyotga gastroskopiya usulini kiritib, me’da ichidagi moddalaming holatini tekshirish uchun zond usulini tavsiya qildi. K. Shtyork ikkita metall nayli endoskopni yaratdi. К. I. Vilgelm fon Kupfer jigardagi maxsus hujayralarning xossalarini tasvirlab berdi. S. Meltser odam qizilo'ngachini monometrik yo'l bilan tekshirish usulini kiritdi. Yu. Libix birinchi bo‘lib oziq moddalaming kimyoviy tarkibini aniqlagan bo‘lsa, N.Lunin vitaminlar haqidagi ta’limotga asos soldi. XIX asrga kelib har xil mehnat turiga ko‘ra kishilarda oziq moddalarga nisbatan talab turlicha bo‘lishi aniqlandi va bu sohada K.Foyt, M.Rubner, A.Danilevskiy ishlari alohida o'rin egalladi. Aholi turli qatlamlarida ovqatlanishning o‘ziga xosligini A.Dobroslavin, F.Erisman va G.Xlopinlar o'rgandi. Nobel mukofotining laureati, immunitet nazariyasiga asos solgan buyuk fiziolog I.M.Mechnikov (1845-1916) hujayra ichidagi hazm jarayonlarini yoritdi. XIX asming ikkinchi yarmida hazm a’zolarini o‘rganishda eksperimental-jarrohlik yoii bilan yondashishlar keng tarqala boshladi. Bu usulda yondashishlarga, awalo, yirik ms gastroenterologi V.A. Basov asos solgan. U birinchi bo‘lib me’daga fistula o‘matdi va me’da shirasini surunkali tajribalarda o‘rganishga muvaffaq bo'ldi. Uning ishlarini L. Tiri, L. Vela (fistulalami ichakning bitta yoki ikkala uchiga qo‘yish), R.Gaydengayn (alohida kichik me’dachani yaratish va unga fistula qo‘yish), I.P. Pavlov (barcha hazm a’zolariga fistula qo‘yish uslubini mukammallashtirish) va boshqalar davom ettirdi. XIX asming ikkinchi yarmi va XX asming boshida hazm jarayonini o‘rganishda yangi uslublarni ishlab chiqish bilan birga eksperimental (tajriba) usullar ham keng qo'llanildi. G. Kroneker va D. Mak Klendon birinchi boiib me’da kislotaliligini in vivo (organizmda) sharoitda aniqladi.U.K. Alvares elektrogastrografik usul bilan odam va hayvonlar me’da harakatining egri chiziqlarini uzib oldi.So‘rilish jarayonlarining kimyoviy va mexanik tomonlari ham o‘rganila boshlandi. (E.S.London, B.P.Babkin, B.M.Beyliss, A.Ayvi va boshqalar). Rus fiziologiyasining otasi I. M. Sechenov (1829-1905) va shartli reflekslar nazariyasining asoschisi I.P.Pavlov (1849-1936) tadqiqotlari bilan hazm va ovqatlanish fiziologiyasi haqidagi taiimot bilvosita va bevosita rivojlandi, uning o‘sha davrlargacha noma’lum boigan mexanizmlarini tushunish imkoniyatlari tug‘ildi. I.P. Pavlov bir qator jarrohlik uslublarni qayta ishlab va yaratib, hazm fiziologiyasini qaytadan kashf etgandek boidi. Uning ilmiy maktabida hayvonlaming turli a’zolariga fistula o‘rnatilib, hazm funksiyasini o‘rganishdagi surunkali eksperimentlar mukammallashtirildi. Oator hazm a’zolari: soiak bezlari, me’da osti bezlari, me’da va o‘t pufagiga fistulalar o'rnatilib, hazm sekretor suyuqliklarini ajratib olish imkoniyatlari yaratildi. I.P. Pavlov tomonidan yaratilgan “Kichik me’dacha“ usuli yordamida tabiiy shiraga o‘xshash me’da shirasi olishga erishildi. Olim ezofagotomiva (volg‘on ovqatlantirish) model! asosida hazm jarayoni boshqaruvida shartli va shartsiz reflekslaming ahamiyatini ko‘rsatib berdi. Go‘sht, non va sut mahsulotlariga javoban soiak bezlari, me’da va me’da osti bezida shiralaming ajralishi har xil ekanligini, sekretor jarayonda adaptiv mexanizmlar borligini aniqladi. Hazm jarayonlarini boshqarishda shartli va shartsiz reflekslar faoliyatining ahamiyatini ko‘rsatdi. U organizmdagi jarayonlarda asab tizimi yetakchi rol o‘ynashini ta’kidlab, nervizm g'oyasini ilgari surdi. 1887-yilda l.P. Pavlov “nervizm” bo'yicha Ovro’pa olimlarining (K.Ludvig, K. Bernard, J. Purkine, R. Gaydengayn) fikrlari hamda o'zinirig kuzatuvlarini umumlashtirib, “Asosiy hazm bezlarining ishi haqida ma’ruzalar” nomli kitobini yozdi. U 1904-yilda hazm jarayonida oliy asab faoliyatining rolini ko‘rsatganiigi uchun xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. l.P. Pavlovning ishlarini E.S. London, l.P. Razenkov, G.V. Foltbort, B.P. Babkin kabi olimlar davom ettirdi. l.P. Pavlov maktabidan chiqqan qator olimlaming olib borgan tadqiqotlari ovqatlanish fiziologiyasining zamonaviy fan darajasiga ko'tarilishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Bularga AeV.Palladin, S.I.Vinokurov, R.V.Chagovets, V.V.Yefremov, V.B.Spirichev, l.P. Razenkov, G.K.Shelgin, A.M.Ugolev, A.A.Pokrovskiy, M.N.Volgaryov, V,A.Shaternikov va boshqalaming ishlarini misol keltirish mumkin. XX asming ilmiy yo‘nalishlarida hazm va ovqatlanish jarayoniga ta’sir etuvchi omillaming ahamiyatini o'rganish ustunlik qildi. Shu sohadagi kashfiyotlami E. Starling (sekretinning kashf etilishi), J. Edkins (gastrinning ixtiro qilinishi va funksional ahamiyati), A. Latarjet va L.Dragstedlar (atsetilxolinning hazm tizimiga ta’siri) lar boshlab berish, A. Piarze (1968-1972) regulator peptidlar tizimi va funksional ahamiyatini o'rganishga katta hissa qo‘shdi. U intestinal va boshqa to'qima gormonlami umumiy yagona peptidlami ishlab chiqaruvchi tizim - APUD (Amine Precursor Uptake and Decarboxylation) ga kiritdi. A. Piarze va bir qator olimlaming olib borgan tadqiqotlari ovqatlanish fiziologiyasining zamonaviy fan darajasiga ko'tarilishida hal qiluvchi rol o‘ynadi. XX asming 60-70-yillarida A.M. Ugolev tomonidan membrana hazm mexanizmlari aniqlandi. Membranada hazm jarayoni ochilgandan keyin oziq moddalami o'zlashtirish ikki bosqichli jarayondan uch bosqichli jarayonga - bo6shliq hazmi, devor yonidagi (shilliq qavat va membranadagi) hazm va so6rilishga aylandi. Membrana hazmi taiimotidan tashqari, A.M.Ugolev organizmning enterin tizimi, biologik faol moddalaming hazm jarayoniga ta’siri va bu jarayonga taalluqli bo'lmagan funksiyalari, shuningdek,gastrointestinal neyropeptidlar haqidagi ko'plab yangi maiumotlami keltirdi. Uning 16 monografiyasi orasida 1985-yilda yozilgan “Hazm va funksivalarning evolutsiyasi haqida tasavvurlar hozirgi zamoti funksionalizm asoslari” asari biolog va shifokorlaming ish dasturiga aylandi. Bu asarda tasvirlangan trofologiya, funksional bloklar, adekvat ovqatlanish haqidagi nazariyalaming har biri alohida-alohida fan sohalariga asos soldi. So'nggi yillarda enteral muhitning (Yu.M. Galperin, P.I,Lazarev) hazm a’zoJari gomeostazidagi ishtiroki (A.SXogmov), devor yonidagi hazm jarayonining mikroskopiyasi va fiinksional ahamiyati (R.A. Brodskiy, I.A.Morozov) bo‘yicha ishlar rivojlana boshladi. I.A. Morozov ichakning luminal sathi shilliq modda bilan qoplanganligi hamda nospetsifik to'siq rolini bajarishini ko'rsatib berdi. Organizmga gidrolizlanmagan oqsillaming kirishi (V.K. Mazo. V.A. Shaternikov, M .I.Jardner) va ularning transport mexanizmiari qayta koiib chiqilmoqda. Hozirgi vaqtda ichakning endoekologiyasini o'rganish (T.A.Viting, A.S. Ushakov). Gastroenterologiyaning alohida bir tarrnogiga aylandi, B. Marshall va R. Uorren Helicobacter pylori me’dada patologik o‘zgarishlarning sababchisi ekanligini aniqlab, 2005-vilda xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi. Bugungi kunda hazm sohasidagi izlanishlar genetika va molekular biologiya sohasi bilan bogiiq holda amalga oshmoqda. Bu sohadagi ishlar bilan S. Xenning (gormonal ta’sirlaming molekular mexanizmlari) va R, Buddington (hazm qilishning sekretor va transport jarayoniga endoekologiyaning ta’siri) shug'ullanmoqda. Issiq iqlim sharoitida hazm va oziqlanish jarayonlarining o‘ziga xosligi bo‘yicha o‘zbekistonlik A.Yu.Yunusov, K.R.Rahimov, qozog‘istonlik T.Sh.Sharmonov va boshqalaming amaliy tadqiqotlari oikamizda ovqatlanish fiziologiyasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shdi. 0 ‘zbekistonda hazm fiziologiyasining asoschilari K.R. Rahimov (yoshga oid hazm jarayonlari, hazm jarayonlarining iqlim sharoitiga adaptatsiyasi. hazm jarayonlarining ontogenetik va filogenetik evolutsiyasi, postnatal ontogenezda ovqatlanislming va hazm-transport konveyeri shakllanishidagi ahamiyati, hazm qilish jarayonlari mexanizmlarining issiq iqlim sharoitlarida, turli fiziologik sharoitlarda o'zganshlari). K.A. Zufarov (hazm a’zolarining individual rivojlanishidagi morfotsitologik asoslari, hujayra ichidagi hazm) va G.F.Korotko (issiq iqlim sharoitida hazm a’zolarining sekretsiyasi, hazm bezlarining ekzo- va endosekretsiyasi, ferment sekretsiyasining asab va gumoral boshqarilishi, fermentlar gomeostazi, enzimatik va gormonal salivadiagnostikalar) hisoblanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan uchala olimning ilmiy maktabida laktotrof ovqatlanish vaqtidagi o‘sayotgan organizm uchun ona suti eng adekvat oziqa ekanligi qator eksperimental tekshiruvlar asosida ko‘rsatiladi. Respublikamizda qishloq sharoitida bolalar va sportchilarning ovqatlanishi va jismoniy zo'riqish davrida hazm va ovqatlanish muammolari Qarshi davlat universitetida (SH.Q.Qurbonov rahbarligida) oi'ganilmoqda. Hazm va ovqatlanish fiziologiyasi bo‘yicha davlat tilida birinchi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar SH.Q.Qurbonov va hammualliflar tomonidan yozildi. Bugungi kunda 0 ‘zbekiston Milliy universiteti Ekologik fiziologiyasi va 0 ‘zR FA hazm fiziologiyasi laboratoriyalarida hazm va ovqatlanish jarayonlarining ontogenetik va filogenetik evolutsiyasi, adaptatsion kompensator mexanizmlari, turli taksonomik guruhlarga mansub boigan hayvonlarda solishtirma gidrolitik faollik (L.S,Kuchkarova ); laktatsiya davrida “ona-bola” tizimida hazm jarayonining turli ekologik sharoitda gidrolitik transport tizimining holati (B.A.Sodiqov) o’rganilmoqda. Samarqand agrar universitetida qishloq xo‘jaligi hayvonlarida hazm va moddalar almashinuv jarayonlari (Z.T.Rajamurodov) rahbarligida tekshirilmoqda. Prof. A.T.Komilova va uning shogirdlari bolalar enteral yetishmovchiligida hazm jarayonlari va ulami korreksiya qilish ishlarini 0 ‘zR Pediatriya institutining gastroenterologiya boiimida olib bormoqda, Sh.Q. Qodirov ilmiy maktabida (Andijon tibbiyot instituti) fermentlar gomeostazining hazm va boshqa a’zolar tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’siri bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Respublikamizda sohaga oid qator ilmiy asarlar, oliy o‘quv yurtlari uchun darslikiar chop etilgan. Olimlarimiz tibbiyot institutlari, universitetlar, pedagogika, jismoniy tarbiya va boshqa oliy o‘quv yurtlarida sohaga tegishli ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlami olib borish bilan birga ilmiy izlanishlar bilan ham shug‘ullanmoqda.
2. Kichik oshqozon - oshqozon shirasi va oshqozon bezi sekretsiyasi mexanizmlarini tekshirish uchun foydalaniladigan oshqozon. Uni hosil qilish usullarini R.Geydengayn (1878) va I.Pavlov(1894) yaratgan. Pavlov usuli bilan hosil qilingan oshqozon o‘z inervatsiyasini saqlab qolganligi sababli Geydengayn usulida hosil qilingan oshqozondan farqli oiaroq, uzoq vaqt davomida faoliyat ko‘rsatadi. XX asming 60-70-yillarida A.M. Ugolev tomonidan membrana hazm mexanizmlari aniqlandi. Membranada hazm jarayoni ochilgandan keyin oziq moddalami o'zlashtirish ikki bosqichli jarayondan uch bosqichli jarayonga - bo6shliq hazmi, devor yonidagi (shilliq qavat va membranadagi) hazm va so6rilishga aylandi. Membrana hazmi taiimotidan tashqari, A.M.Ugolev organizmning enterin tizimi, biologik faol moddalaming hazm jarayoniga ta’siri va bu jarayonga taalluqli bo'lmagan funksiyalari, shuningdek,gastrointestinal neyropeptidlar haqidagi ko'plab yangi maiumotlami keltirdi. Uning 16 monografiyasi orasida 1985-yilda yozilgan “Hazm va funksivalarning evolutsiyasi haqida tasavvurlar hozirgi zamoti funksionalizm asoslari” asari biolog va shifokorlaming ish dasturiga aylandi. Bu asarda tasvirlangan trofologiya, funksional bloklar, adekvat ovqatlanish haqidagi nazariyalaming har biri alohida-alohida fan sohalariga asos soldi.
3. Turli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini o‘rganishda, aholi guruhlarida kasallanishni taqqoslashga epidemiologik yondashish keng qo‘llanilgan va qo‘llanib kelinmoqda. Jumladan XX-asrning 50-yillarida 333 Doll, Xell va boshqa tadqiqodchilarning ilmiy tekshiruv ishlarida tamaki chekish bilan o‘pka saratoni orasidagi bog‘liqlik ilmiy jihatdan tasdiqlangan. Ushbu tadqiqot o‘z navbatida ilmiy tekshirishlarning rivojlanishiga va bir qancha omillarni baholashga asos bo‘lib, epidemiologiya fanining salmoqli yutuqlariga olib keldi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki epidemiologiya har qanday kasalliklarning kelib chiqishi sabablarini va tarqalish qonuniyatlarini o‘rganishda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu sabablarni bilish, o‘z navbatida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish yo‘li orqali kasallanishni kamaytirish imkoniyatiga erishiladi. Gigiyenaning zamonaviy muammolari quyidagilar hisoblanadi: - atrof-muhitning o‘zgarib turuvchi omillarini baholash va ularni me’yorlashtirish; - aholining ovqatlanishini optimizatsiyalash; - urbanizatsiyaga taalluqli bo‘lgan muammolarni hal etish; - sanoat korxonalaridagi mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish bo‘- yicha tadbirlarni ishlab chiqish (shu jumladan kichik va o‘rta korxonalarda), qishloq xo‘jaligida xizmat qiladigan ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitlarini (shu jumladan fermer xo‘jaliklari) sog‘lomlashtirishga doir tadbirlar majmuasini ishlab chiqish; - qishloq gigiyenasi muammolari (shu jumladan xususiylashtirish); - bolalar va o‘smirlarning akseleratsiyasiga doir bo‘lgan muammolari; - gigiyenaning maxsus savollari bo‘lgan, aholi o‘rtasidagi xavfli o‘sma kasalliklari, yurak-tomir sistemasi kasalliklarining darajasini kamaytirish tadbirlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |