1. Muskullarning qisqarishi Muskullarning tuzilishi va


ham tayanch nuqta chetda bo‘la



Download 228,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana16.03.2022
Hajmi228,73 Kb.
#493649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
REJA

ham tayanch nuqta chetda bo‘la
di, lekin og‘irlik kuchi
ikkinchi chetda bo‘lib, yelkasi muskul tortish kuchining yelkasidan bir nechta marta
uzun. Muskulning tortish kuchi o‘rtada bo‘lib, yelkasi juda qisqa. Bunday richagda
keng qulochli tez harakatlar bajariladi. Masalan, tirsak bo‘g‘imida qo‘lni bukib,
panjada yuk ko‘tarish.
Muskullarning rivojlanishi.
Muskullar hayvonot olamining taraqqiyoti jarayonida
tabaqalanib borib, sut emizuvchi hayvonlarda ancha rivojlangan. Odam embrionida
muskullar mezodermaning orqa-chetki qismidagi somitlardan hosil bo‘ladi. Bunda
avval hayot uchun eng zarur muskullar: til, lab, diafragma, qovurg‘alararo, so‘ngra
qo‘l, gavda va oyoq muskullari rivojlanadi.
Bola tug‘ilganda barcha muskullari mayda va rivojlanmagan bo‘ladi. Ular bolaning
hayoti davomida rivojlana borib, 25 yoshda to‘liq shakllanadi. Muskullarning
rivojlanishi skeletining taraqqiy etishiga va bola qad-qomatining shakllanishiga sabab
bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bola muskullarining vazni tanasi vaznining 23,3% ni, 8
yoshda – 27,2% ni, 12 yoshda – 29,4% ni, 15 yoshda – 32,6% ni, 18 yoshda – 44,2%
ni tashkil etadi. Bir yoshda yelka kamari, qo‘l muskullari yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Bola yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba muskullari tez usadi, 6–7
yoshdan boshlab qo‘l panjasining muskullari tez rivojlanadi. Bolalarda bukuvchi
muskullarning tarangligi yuqoriroq bo‘lib, yozuvchi muskullarga nisbatan tez
rivojlanadi. 12–16 yoshda yurish-turish uchun zarur muskullar rivojlanadi. yosh ortib
borishi bilan muskullarning ximiyaviy tarkibi, tuzilishi ham o‘zgaradi. Bolalar
muskulida suv ko‘p bo‘ladi. Muskullarning rivojlanishi bilan ulardagi qon tomirlar va
nerv tolalari soni ortadi. Umuman, katta odamlarda 50 yoshdan boshlab muskullar
suet rivojlanadi. Keksayganda vazni 15–20% kamayadi.
Tashqi muhitda turli omillarning sezgi organlariga ta’siri natijasida muskullar
qisqaradi. Bu impulslar nerv sistemasining normal faoliyatini saqlab turadi,
boshqacha aytganda, skelet muskullarining uyg‘unlashgan harakatini vujudga
keltiradi. Shuning uchun ham odamning harakatlari tartibli bo‘ladi. Skelet
muskullarining qisqarishi kishining ixtiyoriga bog‘liq. Muskul asosan muskul
tolalaridap tuzilgan. Organizmdagi barcha muskullar ko‘ndalang yo‘lli muskullar va
silliq muskullarga bo‘linadi.
Skelet muskullari butun tana og‘irligining 40-50% tashkil etuvchi, anchagina kuchli
rivojlangan tana a’zosi hisoblanadi. Mushaklarning kattagina qismini tayanch harakat
sistemasi,mimika muskullari bundan tashqari til, tomoq, hiqildoq, ko‘z, o‘rta quloq,
va boshqalar tashkil qiladi. U somatik nerv sistemasi orqali nerv bilan ta’minlanadi.
To‘qimaning ma’lum vaqt ichida ta’sirni juda ko‘p qabul qilib, yangi ta’sirga
tayyorlanishi labillik,
ya
’ni funksional harakatchanlik deb aytiladi. Skelet muskullari
ta’sirga
qancha tez javob qaytarsa
, vaqt birligida undan shuncha ko‘p qo‘zg‘alish


o‘tadi va labilligi shuncha yuqori bo‘ladi. Aksincha muskul ta’sirga qancha sekin
javob bersa, labilligi shuncha past bo‘ladi. Bola yoshining ortishi bilan labillik xam
orta boradi. 14- 15 yoshda labillik kattalarnikidek bo‘lib qoladi. Bir butun organizmda
muskullarga juda ko‘p impulelar ketma-ket kelib turadi. Muskullar ana shu
impulelarga javoban uzok qisqaradi. Nerv tolasidan impuls tez-tez kelib turgapidan
muskullarning shu tariqa qisqarishi tetanik qisqarishi, ya’ni tetanus deb ataladi.
Muskullarning ishi va kuchi uzunligiga bog‘liq. Muskul kuchi shu muskul tolalari
yig‘indisining ko‘ndalang kesigi diametriga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Boshqacha
aytganda, muskul ko‘ndalang kesigining diametri qancha katta bo‘lsa, muskul
shuncha kuchli bo‘ladi. Muskul ishi yuk og‘irligi yetarli bo‘lganda juda yukrri bo‘ladi,
yuk me’yoridan og‘irlashganda esa muskulning ish qobiliyati pasayib ketadi.
Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanib turilganda muskul tolalarining
yo‘g‘onligi va kuchi orta boradi. 8-9 yoshda muskul kuchi ancha tez ortadi. 9 yoshdan
12 yoshgacha bir qadar sekinlashadi. O‘smirlarda balog‘atga yetish davrida muskullar
kuchi tez ortadi va turlicha rivojlanadi. 5-6 yoshda yelka va bilak muskullari, 6-7
yoshda panja muskullari, 9 yoshdan boshlab boshqa barcha muskullar kuchi ortib
boradi. Muskullar kuchining ortib borishi mashq qilishta, jinsga bog‘liq. Qizlarda
muskullar kuchi birmuncha kam bo‘ladi. Mashqlar ta’sirida muskullar massasi ham
orta boradi, moddalar almashinuvi, ayrim organlar (yurak, o‘pka, me’da va boshqalar)
faoliyati kuchayadi, natijada organizm yaxshi usadi va rivojlanadi.

Download 228,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish