Reja:
1.Muruntov oltin koni - Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon.
2. Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida 2 xil oltin konlari borligi
3. Muruntov oltin konida 1995-yildan "Zarafshon Nyumont" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda
Muruntov oltin koni - Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy shahridan 180 km shim.da, Zarafshon shahridan 40 km sharqda, Tomditovning jan. etagida joylashgan. Ruda zaxiralarining koʻlami, rudani qazib olish texnologik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va boshqa xususiyatlariga koʻra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy Qizilqum va Nurota togʻlarida, oltin rudalari mavjudligi miloddan avvalgi 6—5-asrlardan maʼlum boʻlgan. Oʻlkada oltin konlarini izlash boʻyicha dastlabki maxsus tadqiqot ishlari I.V.Mushketov, G.D.Romanovskiy, G.D.Obruchev va boshqa tomonidan amalga oshirilgan. Markaziy Qizilqumda oltin konlari boʻlishi mumkinligini geolog olimlar A.Ye.Fersman va D. I. Shcherbakovlar 20-asrning 30-yillaridagi geologik tadqiqotlari asosida bashorat qilganlar. 1930-yillarda Tomditovning jan. etaklarida oltin zarralari boʻlgan bir necha kvars va kvarsdala shpati tomirlari aniqlandi, 1934-yilda Besapan qishlogʻi yaqinida oltin mineraliza-siyasi zonasi belgilandi. Shundan ke-yin Besapan, Oltintov, Taxtatov manzillarida, Tomditovning jan. yon bagridagi kremniyli slanetslarda keng koʻlamda oltin qidiruv va razvedka ishlari olib borildi. 1951—53 yillarda Muruntov oltin koni Hamroboyev Oʻzbekistonning gʻarbiy hududida oltinni koʻpincha margi-mush bilan uzviy bogʻliq holda uchrashi qonuniyatini aniqladi. Shu asosda 1954—56 yillarda Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida 2 xil oltin konlari borligi: birida oltin margimush kolchedani (arsenopirit minerali) bilan, ikkinchisida juda siyrak xilda kvars tomirlarida uchrashi maʼlum boʻldi. 1958-yil oltin margimush bogʻliqligi asosida Muruntov yonida margimushga boy boʻlgan anomaliya maydonlari belgilandi. Oʻsha yili margimushning yuqori konsentratsiyasi mavjud boʻlgan anomaliyalardan biri — Muruntov rudali maydonida olib borilgan izlanishlardan keyin bu ruda maydoni oʻta istiqbolli deb baholandi. Mazkur ruda maydonida 1959—62 yillarda olib borilgan batafsil qidiruv ishlari natijasida konning asosiy hududi belgilandi va oltinga boy uchastkalarining oʻlchamlari juda yirikligi aniqlandi. Muruntov oltin konik.ningochilishigasalmokli hissa qoʻshgan bir guruh geolog olim va mutaxassislar (I. H. Hamroboyev, H.T.Toʻlaganov, P.V.Xromishkin, V.G.Garkovets va boshqalar) mamlakatning oliy mukofotiga sazovor boʻldilar (1966). 1965—69 yillarda Muruntov oltin konik.ning sa-noat oʻzlashtirishi ishlari bajarilib, 1969-yil 21-iyulda dastlabki mahsulot — Muruntov quyma oltini chiqarila boshlandi va bu kon nomi dunyoga mashhur boʻldi. Dunyoda eng yirik karyerlardan biri — "Muruntov" karyerining uz. 3,5 km, eni 2,7 km va chuqurligi 430 m. Karyerdan yiliga 35—37 mln. m3 hajmida togʻ jinslari qazib olinadi, shu bilan bogʻliq boʻlgan Zarafshon shahridagi oltin ishlab chiqarish kompleksi yiliga 24 mln. t rudani (2001-yil) qayta ishlaydi. Bu kompleks jahonda oltin ishlab chiqarish bilan mashhur boʻlgan eng yirik korxonalar qatorida 2-oʻrinda (Indoneziyadagi "Grosberg" korxonasidan keyin) turadi.
Oltin tarkibli kvarsli-sulfidli metasomatit
Muruntov oltin konida 1995-yildan "Zarafshon Nyumont" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mazkur qoʻshma korxona 1995—2001-yillar mobaynida balansdan tashqari boʻlgan va juda katta hajmda yigʻilib qolgan mineralli ; jinslar agʻdarmasining 84 mln. t sini ʻ qayta ishlab 82 tonna sof oltin ajratib olishga erishdi. Muruntov oltin koni proterozoy erasining boshlanishida hosil boʻlgan choʻkindi meta- ; morfik togʻ jinslaridan tashkil topgan toshqazigan va besapan svitalari kdtlamlaridan iborat. Ushbu katlamlarning quyi qismi yuqori darajali metamorfizmga uchragan yashil amfi-bolli va kvars-slyudali slanetslardan, kvarsit va ohaktoshlardan tuzilgan. Yuqori qismida yashil slanetslar miqdori kamayib, terrigen togʻ jinslarining miqdori ortib boradi.Konda kerakli oltinli rudalar katlamlarning ayni shu qismida alevrolit, qumtosh va fillitsimon slanetslardan tashkil topgan terrigen togʻ jinslarining ordoviksilur davriga mansub besapan svitasi qatlamlarida namoyon boʻlgan. 1 Bevosita oltin rudasini oʻzida mujassam etgan mazkur svita katlamlarini 3 qismga boʻlish mumkin: ruda usti katlami ("yashil" besapan) — qalinligi 1600 m gacha; rudali qatlam ("aralash" besapan) — qalinligi 2000 m gacha; ruda osti katlami ("kulrang" besapan) — qalinligi 2000 m gacha. Oltin rudasi, asosan, svitaning oʻrta qismi — "aralash" besapan qatlamida joylashgan. Oltin zarralari mavjud boʻlgan ayrim kvars tomirlari svitasining ostki "kulrang" besapan va ustki — "yashil" besapan qatlamlarida ham uchraydi. Mazkur besapan svitasidagi oltin mineralizatsiyasini quyidan toshqazigan svitasiga mansub choʻkindi chegaralab turadi. Magmatizm hosilalari tomirsimon struktura (dayka) larda joylashgan leykokrat tartibli togʻ jinslaridan iborat. Daykalar kon hududida turli tomonlarga yoʻnalgan bir necha tasmalar hosil qilgan, 70 m gacha. Tarkibi esa siyenitdiorit-goʻnranofirli Muruntov magmatik kompleksiga kiruvchi granitporfir, sferolit-porfir va monsonit porfirlardan tuzilgan. Muruntov oltin konining janubiy-sharqiy chegarasida Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan eng chuqur burgʻi qudugʻi SG-10 yordamida yer qaʼrining 4000 m dan ortiq chuqurligida Muruntov granitoid intruzivi mavjudligi aniqlandi. Bu dalil oltin konining qosil boʻlish jarayonidagi asosiy omillaridan biridir. Mazkur intruziv massivi kaliynatriy qoʻshslyudali leykokrat va biotitli granitlardan tashkil topgan. Konning hozirgi tuzilishini yuzaga kelishida, shuningdek, ruda tarqalishi va joylashishida muhim ahamiyatga ega strukturalar quyidagilardir: 1) oʻq chizigʻi Muruntov oltin konidan januy brokda oʻtuvchi Toshqazigan antiklinalining shim. Qanotini shakllantiruvchi Muruntov antiklinali va janubiy sinklinal; 2) Muruntov "juft" yer yorigʻini tashkil qilgan janubiy va strukturali yer yoriqlari, kenglik yoʻnalishida joylashgan, vertikal yoki ancha tik janubiy ogʻish xolatiga ega, ruda tarqalishi va joylashishida asosiy ahamiyatga ega; 3) shim.-gʻarbga 60—70° burchak ostida ogʻib yotuvchi shim-sharqiy yoʻnalishdagi yer yoriqlari. Tik joylashgan rudali zonalar oltinga eng boy boʻlib, oʻzaro parallel joylashgan kvars tomirlaridan va kvarsli, kvarssulfidli, kvars-turmalinli va karbonatli tomirchalardan iborat. Qiya yotuvchi ruda zonalarida oltin miqdori kam. Ruda tarkibi oltin, pirit, arsenopirit xalkopirit, galenit, sfalerit, molibdenit, sheyelitdan, noruda minerallar esa kvars, dala shpati, biotit, turmalin, akti-nolit, muskovit, kalsit kabilardan tashkil topgan. Oltin yirik va oʻrta donali kvars tomiri va tomirchalarida bir kancha sulfidli minerallar, sof vismut va kumush sulfasollari bilan birgalikda uchraydi. Muruntov oltin koni rudalarining asosiy qismi (85% gacha) sheyelit-oltin karbonatkaliy shpati - kvars minerallarining paragenetik assotsiatsiyasini tashkil etadi. Assotsiatsiyada boʻlgan oltinning probasi 830 dan 980 gacha oʻzgaradi va bu oltinning tarkibida qoʻshimcha 3,84 — 9,36 % kumush ham uchraydi. Ikkinchi darajali boʻlgan minerallar assotsiatsiyasi (kondagi oltin rudalarining 5 % ini tashkil qiladi) — bu oltin-arsenopirit-kvars minerallari assotsiatsiyasi. Muruntov oltin koni rudalarining kimyoviy tarkibi turlicha boʻlib, oʻrtacha 1,0 — 29,0 g/t oltin, 0,8 — 7,2 g/t kumush, 0,003 — 0,6% volfram oksidi, 0,07 — 2,19% oltingugurt, 0,03 — 1,73% margimush va boshqa noyob elementlar kam miqdorda bor. Kon rudasidagi 50—60% oltin zarralarining kattaligi 0,01—0,02 mm boʻlib, ularni faqat mikroskopda koʻrish mumkin. Bu oʻta mayda dispersli ruda tarkibidan oltin zarralarini ajratib olishda maxsus faol kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bunday hollarda oltin ajratib olish texnologik jarayonida atrof muhitga zarar yetkazmaslik maqsadida bir qancha maxsus uskunalar va moslamalar qoʻllaniladi va zarur texnologik tadbirlar bajariladi. Soʻnggi yillarda Muruntov oltin konik.ni qoʻshimcha oʻrganish maqsadida 20 dan ortiq ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan i.t. muassasalari bilan xamkorlikda bir necha dasturlar amalga oshirilmoqda.
Xulosa
Kon qazish chuqurligi oshib borgan sari foydali qazilma konlarini qazib olish uchun dastlab uning ustini qoрlab yotgan qoрlama jinslarni olib tashlab, foydali qazilma yotqizig`ini ochish kerak bo`lgan. Bu ishni bajarish katta mehnat va xarajat talab qilgan. Natijada konlarni ochiq usulda qazib olish uzoq muddat davomida to`xtab qolgan va XIX asrning oxirlariga kelib, kon qazish jarayonlarini mexanizatsiyalash asosida qayta tiklana boshlagan. Shundan boshlab, ayniqsa, XX asrning o`rtalariga kelib butun dunyoda ochiq usulda kon qazish ishlari uzluksiz kengayib borgan. Masalan, 1950- yilda ochiq usulda qazib olingan ko`mir miqdorining umumiy qazib olingan ko`mirdagi ulushi 11 %ni tashkil qilgan bo`lsa, 1980- yilga kelib 38% ga oshgan, O`zbekistonda esa 80 % ni tashkil qilgan. Shu davr ichida ruda konlarini ochiq usulda qazib chiqarishning ulushi 44% dan 80–85% gacha ko`рaygan. O`zbekiston Resрublikasida konlarni ochiq usulda qazib olish 1947- yildan boshlangan bo`lib, hozirgi vaqtda ko`mir, metall konlaridan qazib olingan foydali qazilmaning katta qismi (85–90%), tabiiy qurilish materiallari konlarining barchasi (100 %) ochiq usulda qazib olinmoqda.
Hozirgi kunda yurtboshimiz tashabbuslari bilan ko’plab konlar qidirib topilmoqda va o’zlashirilmoqda hamda o’z;ashtirishga tayyorlanmoqda. O’zbekiston respublikasining konchilik sanoati hozirgi kunda sezilarli darajada o’sib bormoqda. Ayniqsa Navoiy kon metallurgiya tomonidan ko’plab konlar o’zlashtirilmoqda va yurtimizning iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish uchun katta hissa qo’shmoqda . Hozirda Navoiy kon metallurgiya kombinati tomonidan bir qancha turdagi foydali qazilmalar qazib olinayabdi. Foydali qazilma konlarini qazib olishning taraqqiy etayotgan ochiq usuli texnika, texnologiyani takomillashtirish va kon ishlab chiqarishni tashkil etish, ilg’or mahalliy va xorijiy tajribalarni, tabiatni muxofaza qiluvchi va resurs tejamkor texnologiyalami qo’llash asosida iqtisodiy ko’rsatkichlarni nisbatan yaxshilash orqali kelgusida vaxshi rivojlanishga egadir. Hozirgi kunda foydali qazilmalarni izlab toppish va ularni qazib olish hamda qayta ishlash borasida yurtimizda ko’plab ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa NKMK tomonidan ko’plab konlar topilmoqda va qazil olinmoqda
Foydanilgan adabiyotlar
1. Sagatov N.X. Kon ishi asoslari. O‘quv qo’llanma. Toshkent: TDTU, 2005y.
2. Sagatov N.X.,Aripova L.T., Petrosov YU.E., Djabborov M.N. Ochiq kon
ishlari texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyalash O‘quv qo‘llanma. –T..:
Internet saytlari:
1. www.ziyonet.uz – ta’lim portali
2. www.ngmk.uz – Navoiy kon-metallurgiya kombinati.
3. www.nsmi.uz – Navoiy davlat konchilik instituti
4. http://www.elibrarv.ru/menu info.asp - ilmiy elektron kutubxona,
Do'stlaringiz bilan baham: |