1. Muloqot shakllari, bosqichlari va vositalari



Download 314,91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.06.2022
Hajmi314,91 Kb.
#632769
Bog'liq
Kommunikativ



Kommunikativ ko’nikmalarning zamonaviy ta’lim
jarayonidagi ahamiyati . 
Reja:
1
 
. Muloqot shakllari, bosqichlari va vositalari.
2
 
. O’zaro munosabatlarda til boyligi va nutq madaniyati. 
3
 
. O’qituvchi nutqining kommunikativ sifatlari. 
Muloqot 
odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o’rinni egallab, u 
insondagi eng muhim ehtiyojni — jamiyatda yashash va o’zini shaxs deb hisoblash bilan 
bog’liq ehtiyojini qondiradi. SHuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati 
kattadir.
Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli 
faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har 
bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o’qish, o’yin, ijod qilish va 
boshqalar) o’zaro munosabat va o’zaro ta’sir shakllarini o’z ichiga oladi. CHunki har qanday 
ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, 
fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. SHuning uchun ham har bir 


shaxsning jamiyatda tutgan o’rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro’si uning muloqotga kirisha 
olish qobiliyati bilan bevosita bog’liqdir.
Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jara
ѐ

bo’lib, unga odam hayoti mobaynida o’rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan 
murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko’p qirrali 
jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
e) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».
Muloqot jarayoni o’ziga xos ravishda murakkab bo’lib, bunda uch xil bosqich mavjud.
Dastlabki bosqich — odamning o’z-o’zi bilan muloqotidir. T. SHibutani 

Ijtimoiy 
psixologiya" darsligida: «Agar odam ozgina bo’lsa ham o’zini anglasa, demak, u o’z-o’ziga 
ko’rsatmalar bera oladi»— deb to’g’ri yozgan edi. Odamning o’z-o’zi bilan muloqoti aslida 


uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o’z-o’zi 
bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o’zini chetga tortib, tortinib yursa, 
demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan 
kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot— muloqotning ikkinchi bosqichidir.
A.N.Leontьev o’zining 

Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida muloqotning 
uchinchi shakli—avlodlar o’rtasidagi muloqotning ahamiyati to’g’risida shunday deb yoadi: 
«Agar barcha katta avlod o’lib ketganida, insoniyat turi yo’q bo’lib ketmasdi, lekin 
jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo’qolib ham ketishi mumkin 
edi». Haqiqatan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o’z 
madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo’ladiki, buning ahamiyatini tushungan 
insoniyatning eng ilg’or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda 
ta’lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonda uni avloddan-avlodga o’zatadilar.
Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko’rinishlariga kelsak uning har bir shaxsning 
hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o’sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko’rinishlari va 
turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday muloqot yo rasmiy yoki 
norasmiy tusda bo’ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy 
vazifalari va xulqatvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o’z qo’l ostida 


ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy 
muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o’sha 
suhbatdoshlarnnng fikr-o’ylari, niyatmaqsadlari va emotsional munosabatlari bilan 
belgilanadi. Masalan, do’stlar suhbatdoshi, poezdda uzoq safarga chiqqan yo’lovchilar suhbati, 
tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. 
Odamlarning asl tabiatlariga mos bo’lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning 
hayotida ko’proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, 
odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, 
ochiq ko’ngilligi, suhbatlashish yo’llarini bilish, til topishish qobiliyati, o’zgalarni tushunishi 
va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
SHuning uchun hamma odam ham rahbar bo’lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma 
ham qo’l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot 
texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Muloqot mavzui va yo’nalishiga ko’ra, uning:
• 
ijtimoiy yo’naltirilgan
(keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat 
manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot);


• 
guruhdagi predmetga yo’naltirilgan
(o’zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga 
oshirish mobaynidagi muloqot — mehnat, ta’lim jarayongi 
ѐ
ki konkret 
topshiriqni bajarish
jarayon guruh a’zolarining muloqoti);
• 
shaxsiy muloqot
(bir shaxsning boshqa shaxs bilan o’z muammolarini ochish 
maqsadida o’rnatgan munosabatlari); pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda 
ishtirok etuvchilar o’rtasida amalga oshiriladigan murakkab o’zaro ta’sir 
jarayoni) turlari farqlanadi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita 
«yuzma - 
yuz»
bo’lishi yoki u yoki bu 
texnik vositalar
(telefon, telegraf va shunga o’xshash) orqali 
amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayongi 
amaliy
ѐ
ki 
do’stona
bo’lishi; 
sub’ekt - sub’ekt
tipli (dialogik, sheriklik) yoki 
sub’ekt - ob’ektli
(monologik) bo’lishi mumkin.
Har bir muloqot turining o’z qonun-qoidalari, ta’sir usullari va yo’l-yo’riqlari borki, 
ularni bilish har bir kishining, ayniqsa odamlar bilan doimo muloqotda bo’ladiganlarning 
burchidir.


Muloqot jarayonining murakkab psixologik tabiatini bilish, turli sharoitlarda samarali 
munosabatlar o’rnatish malakasini oshirish uchun uning tarkibiga kiruvchi har bir element 
yoki bo’laklar bilan alohida tanishib chiqamiz.
Muloqotning verbal, noverbal, paralingvistik ta’sir vositalari 
Odamlar muloqot jarayonida so’zlardan tashqari, ya’ni verbal vositalardan tashqari 
turli xil harakatlardan, qiliqlardan holatlardan, kulgu, ohanglar va boshqalardan ham 
foydalanadilar. Qiliqlar, mimika, ohanglar, to’xtashlar (pauza), hissiy holatlar, kulgu, yig’i, 
ko’z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o’zaro muloqotning nutqsiz vositalari bo’lib, ular 
muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to’ldiradi, ba’zan esa nutqli muloqotning o’rnini 
bosadi, bunday vositalarni 
noverbal
vositalar deyiladi.
Buyuk rus yozuvchisi L. Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi hamda 85 xil ko’z 
qarashlari turi borligini kuzatgan. G. M. Andreevaning 
ѐ
zishicha, odam yuz ifodalari, 
nigohlarning 2000 ga yaqin ko’rinishlari bor. Ayniqsa, birinchi bor uchrashganda ko’zlar 
to’qnashuvi, nigohlarning roli keyingi muloqotning taqdiriga kuchli ta’sir ko’rsatishi maxsus 
tadqiqotlar jarayonida o’rganilgan. Bularning barchasi muloqotning hissiy tomondan boy, 
mazmundor bo’lishini ta’minlab, odamlarning bir-birlarini tushunishlariga yordam beradi. 
Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda xududiy xususiyatlari borligini ham alohida 


ta’kidlab o’tmoq lozim. Masalan, o’zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o’zaro 
munosabatlarining bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko’proq ishlatilishi bilan 
bog’liq. Bolalarning o’z yig’isi bilan onasiga o’z hiskechinmalari hamda xohishlarini 
bildirishlari ham bolalarning yosh xususiyatlariga bog’liq. Boshqa millatlar madaniyatiga 
nazar tashlanadigan bo’lsa, ularda ham ba’zi bir muloqot vositalarining turli millatlarda 
turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bo’lish mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo’yicha 
fikrni tasdiqlamoqchi bo’lishsa, boshlarini u yoq-bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi 
bo’lsa, aksincha, bosh siltashar ekan. Ma’lumki, o’zbeklar, ruslar va bir qator boshqa 
millatlarda buning aksi.
Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga 
ega. Masalan, ayollar ko’proq hissiyotlarga boy bo’lganliklari sababli, suhbatlasha
ѐ
tganlarida 
bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o’rtasida esa doimo fazoviy masofa bo’ladi. 
Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o’tqazib o’qitgandan ko’ra, 
ularni yuzma-yuz o’tkazib davra qurib o’qitgan ma’qul emish, chunki bunday sharoitda 
o’quvchilarda ham javobgarlik hissi yuqoriroq bo’lar ekan hamda emotsiyalar almashinishgani 
uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo’lib, bolalarning predmetga va bir-birlariga 
munosabatlari ancha yaxshi bo’lar ekan.


Paralingvistik ta’sir
- bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi 
ѐ
ki 
susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalana
ѐ
tganligi, 
artikulyatsiya, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan 
harakatlar, nidolar kiradi. SHunga qarab, masalan, do’stimiz bizga biror narsani va’da 
berayotgan bo’lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib - pishib, ochiq 
yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, 
ayniqsa, nutqqa e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk 
ѐ
shlik chog’laridanoq nutq madaniyatiga 
o’rgatish, nutqlarini o’stirish choralarini ko’rish zarur. Pedagog esa shunday nutq 
madaniyatiga ega bo’lishi kerakki, u avvalo uning faoliyatini to’g’ri tashkil etishni ta’minlasin, 
qolaversa, bolalarda nutqning o’sishiga imkoniyat bersin.
Muloqotning interaktiv tomoni
Muloqotning bu xususiyati kishilarning muloqot jarayon birgalikdagi faoliyatda bir-
birlariga amaliy jihatdan bevosita ta’sir etishlarini ta’minlaydi. SHu tufayli odamlar 
hamkorlikda ishlash, birbirlariga 
ѐ
rdam berish, bir-birlaridan o’rganish, harakatlar 
muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon etishlari mumkin. SHu tufayli 
o’qituvchi bola shaxsiga maqsadga yo’nalgan holda ta’sir ko’rsatishi mumkin. Aslini olganda, 


har qanday muloqot, agar u bema’ni, maqsadsiz, quruq gaplardan iborat bo’lmasa, doimo 
muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvorlarini, ularning ustanovkalarini o’zgartirish 
imkoniyatiga ega.
Jamiyat miq
ѐ
sida oladigan bo’lsak, odamlarning turli sharoitlarda o’zlarini tutishlari, 
xulq-atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog’liqligini ko’rish mumkin. 
Bunga sabab jamiyatda qabul qilingan turli normalar, qonun-qoidalardir. CHunki, o’zaro 
muloqot va o’zaro ta’sir jarayonlarida shunday hatti-harakatlar obrazlari kishilar ongiga 
singib boradiki, ularni har bir kishi norma sifatida qabul qiladi. Masalan, o’smir bola, 
umuman yoshlar jamoat joylarida kattalarga o’rin bo’shatib berishlari kerakligi ham xulq-
atvorning bir normasi. SHu normaga amal qilish 
ѐ
ki qilmaslik ijtimoiy nazorat tizimi orqali 
boshqariladi. Ya’ni, yuqoridagi sharoitda agar o’smir bola avtobusda qariyaga joy bo’shatmasa, 
jamoatchilik o’sha zahoti uni ijtimoiy tartibga chaqiradi. Demak, har bir shaxs turli 
sharoitlarda turlicha rollarni bajaradi, bu rollarning qanday bajarilayotganligi, odamlarning 
kutishlariga mos kelishligi ijtimoiy nazorat tizimi orqali kuzatib turiladi. Shuning uchun ham 
muloqotga kirishgan kishilar doimo o’z xulq-atvorlarini, qolaversa, o’zgalarning xulq-atvorini 
nazorat qilib, harakatlarda birbirlariga moslashadilar. Lekin gohida shaxsdagi rollarning ko’p 
bo’lishi rollarning ziddiyatiga olib kelishi mumkin. Masalan, maktab o’qituvchisining o’zi 
o’qitayotgan sinfda farzandi bo’lsa, dars paytida shunday ziddiyatni boshdan kechirishi 


mumkin, ya’ni bir vaqtning o’zida ham ota 
ѐ
ki ona, ham o’qituvchi rolini bajarishga majbur 
bo’ladi. Yoki xulqi 
ѐ
mon o’quvchining uyiga kelgan o’qituvchi bir vaqtning o’zida ham o’qituvchi, 
ham mehmon rollari o’rtasida qiynaladi.
Turli rollarni bajarayotgan shaxslarning o’zaro muloqotlari kutishlar tizimi orqali 
boshqariladi. Masalan, xohlaydimi yoki xohlamaydimi, o’qituvchidan ma’lum harakatlarni 
kutishadiki, ular o’qituvchi roliga zid bo’lmasligi kerak. O’z rollariga mos harakat qilgan, 
doimo me’yor mezonida ish tutgan kishining harakatlari odobli harakatlar deb ataladi. 
Masalan, o’qituvchining odobi, o’z kasbini ustasi ekanligi, bolalar qalbini tushuna olishi, 
ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutishi uning odobga ega 
ekanligining belgisidir. Odobsiz odam esa buning aksidir.
Demak, o’zaro muloqot jarayon bir odam ikkinchi odamga psixologik ta’sir ko’rsatadi. 
Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi 
ѐ
ki anglanmasligi mumkin. Ya’ni, ba’zan biz 
nima uchun bir shaxsning bizga naqadar kuchli ta’sirga ega ekanligini, boshqa biri esa, 
aksincha, hech qanday ta’sir kuchiga ega emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada 
muhim muammodir. Har bir pedagogning o’z ta’sir uslublari va ta’sir kuchi bo’ladi. O’qituvchi 
shaxsining bolalarga ta’siri quyidagi eksperimentda juda yaqqol kuzatilgan. Boshlang’ich sinf
o’quvchilariga anchagina o’yinchoqlar berib, shularning ichida faqat bittasiga, qizil 
ѐ
g’och 


o’yinchoqqa tegmaslik aytilgan. Bolalar yolg’iz qoldirilib, harakatlari pinxona kuzatilgan. 
Juda ko’p bolalar taqiqlangan o’yinchoqqa baribir tegishgan. Eksperimentning ikkinchi 
seriyasida esa endi barcha o’yinchoqqa tegish mumkin-u, faqat qizil qutichaning qopqog’ini 
ochish mumkin emas, deb aytilgan. SHu quticha tepasiga esa shu bolalarning o’qituvchisi 
surati ilib qo’yishgan. Bu seriyada birinchisiga qaraganda 

ta’qiqni buzuvchilar" soni keskin 
kamaygan. Demak, bu narsa o’qituvchi shaxsining bola harakatlariga ta’sirini yaqqol 
isbotlab turibdi.
Shaxslararo ta’sir haqida gap ketganda, o’qituvchi obro’yining roli haqida ham aytish 
lozim. Chunki, obro’li odam doimo o’sha obro’ qozongan guruhida o’z mavqeiga va ta’siriga 
ega bo’ladi. SHaxs obro’yi uning boshqa shaxslarga irodaviy va emotsional ta’sir ko’rsata 
olish qobiliyatidir. Ma’lumki, obro’ amal 
ѐ
ki ha
ѐ
tiy tajriba bilangina orttirilmay, uning 
haqiqiy asosi — shaxsning odamlar bilan to’g’ri munosabati, undagi odamiylik hislatlarining, 
boshqa ijobiy hislatlarining uyg’unlashuvidadir. Psixologik obro’ — ta’sir ko’rsatishning eng 
muhim mezonidir. 
Muloqotning pertseptiv tomoni
Muloqot jarayon odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o’zaro ta’sir 
ko’rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to’g’riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok 


qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog’liqdir. 
Birgalikdagi faoliyat jarayon shaxslarniig bir-birlarini to’g’ri tushunishlarini aniq idrok 
qilishlari muloqotning samarali bo’lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A. Bodalev 
boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator 
psixologik qonuniyatlarni kuzatgan. Bunday mexanizmlarga:
• 
identifikatsiya;
• 
refleksiya;
• 
stereotipizatsiya kiradi.
Identifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-birlarini to’g’riroq 
idrok qilish uchun o’zlarini bir-birlarining o’rniga qo’yib ko’rishga harakat qiladilar. Ya’ni, 
o’zidagi bilimlar, tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o’zini 
birov bilan solishtirish (ongli 
ѐ
ki ongsiz)
identifikatsiyadir. 
Masalan, birinchi marta 
uchrashuvga keta
ѐ
tgan yigitning ichki holatini uning o’rtog’i 
ѐ
ki akasi tushunishi mumkin.
Refleksiya muloqot jarayon suhbatdoshning pozitsiyasidan, holatidan turib, o’zini 
tasavvur qilishdir, ya’ni ref
leksiya, boshqa odamning idrokiga taalluqli bo’lib o’ziga birovning 
ko’zi bilan qarashga intilishdir. 
CHunki, busiz odam muloqot jarayon o’zini aniq bilmasligi, 
noto’g’ri muloqot formalarini tanlashi mumkin.


Stereotipizatsiya 
odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o’rnashib qolgan 
ko’nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. 
Ijtimoiy stereotiplar
har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. A.A. Bodalev va 
uning shogirdlari bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to’g’ri yo’nalganligini ta’minlasa, 
boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo’lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va 
tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga 

kauza" — sabab, 

atrebutsio" — bermoq, qo’shib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, o’qituvchi 
bilan hamsuhbat bo’lib qolgan odamda suhbat boshida
ѐ


hozir odob-ahloqdan dars berishni 
boshlamasmikan" degan shubha paydo bo’lishi mumkin. Bu ham stereotip. Bundan tashqari, 
odamlar birinchi marta ko’rgan odam to’g’risida tasavvurga ega bo’lish maqsadida uning 
tashqi qiyofasi bilan xarakteri o’rtasida bog’liqliklar o’rnatishga harakat qilarkan, shunday 
bog’liqliklarni aniqlash maqsadida A.A. Bodalev talabalar guruhiga turlicha qi
ѐ
fali 
shaxslarning fotosuratlarini ko’rsatgan. 72 kishidan 9 tasi iyagi katta kishilar kuchli iroda 
egalari ekanligini, 17 tasi peshonasi keng odamlar aqlli ekanliklarini, 3 kishi sochi qattik 
odamlarning qaysarroq, qatьiy ekanliklarini, 5 kishi kichik bo’yli odamlar hokimiyatga 
intilgan, boshqalar ustidan buyruq berishga moyil, chiroyli odamlar yo o’ta o’ziga bino 
qo’ygan yoki nodon bo’lishligini aytishgan va hokazo.


Tabiiyki, bunday fikrlar mutlaq to’g’ri emas, lekin kishilar ongida avloddan-avlodga 
o’tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Notanish odam haqida 
tushunchaning shakllanishida u haqida berilgan birlamchi ma’lumot katta rolь o’ynaydi. 
Masalan, talabalarning ikki guruhiga bir xil portret ko’rsatib, birinchi guruhda bu odam 
yirik olim, ikkinchisida esa, bu — davlat jinoyatchisi deb, unga ikkala holda ham ijtimoiy-
psixologik xarakteristika berishlarini so’ragan. Ko’rsatmalar har xil bo’lganligi sababli berilgan 
ta’riflar ham har xil bo’lgan. Birinchi guruhdagi talabalar bu odam mehnatkash, mehribon, 
shafqatli, g’amxo’r, aqlli bo’lsa kerak, deyishgan bo’lsa, ikkinchi guruhdagilar uni – beshafqat, 
makkor, qatьiyatli deb ta’riflashgan. Birinchi guruhdagilar portretdagi ko’zlarni dono, 
muloyim deyishgan bo’lsa, boshqalar ularni 
ѐ
vuz, beshafqat deb aytishgan.
Shunday qilib, ijtimoiy pertseptsiya yoki odamlarning bir-birlarini to’g’ri idrok etish 
va tushunish jarayoni muloqotning muhim muammolaridan biridir. Bu jarayon psixologik 
jihatdan murakkab bo’lib, unda muloqotga kirisha
ѐ
tgan tomonlarning har biri alohida ana 
shu idrokning ham ob’ekti, ham sub’ekti bo’lib faoliyat ko’rsatadilar. Idrokning ob’ekti sifatida 
shaxs qaralganda, unda hosil bo’ladigan 

boshqa odam obrazi" ning barcha sifatlari va 
qirralari nazarda tutiladi. Bunday obraz paydo bo’lishiga xizmat qiladigan belgilarga: o’sha 
odamning tashqi qiyofasi, uning kiyinishi, o’zini tutishi, hissiy holati, ovozi, nutqi, qiliqlari, 
yurishi va hokazolar kiradi. Lekin shularning ichida odamning yuzi muloqot mobaynida 


suhbatdoshga eng ko’p ma’lumot beradigan ob’ektdir. SHuning uchun ham telefonda 
suhbatlashgandan ko’ra yuzma-yuz suhbatlashish ancha oson va axborotlarga boydir.
Odamlarning bir-birlarini to’g’ri idrok etishlari ularning pertseptiv, ya’ni hissiy bilish 
(idrok sezish) sohasiga aloqador bo’lsa, birbirlarini tushunishi ularning tafakkur sohalariga 
bevosita bog’liq murakkab jara
ѐ
ndir. Boshqa odamni to’g’ri tushungan shaxs uning hissiy 
holatiga kira olgan hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda, unda empatiya — birovlarning his 
kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bo’ladi. Yuksak ongli, madaniyatli, 

ko’pni 
ko’rgan" shaxsgina boshqalarni to’g’ri tushunishi, ularning mavqeida tura olishi mumkin.
Ta’lim orqali millatning ma’naviy va madaniy rivoji, uning intellektual salohiyatini 
yuksalishi namoyon bo’ladi. Ma’naviy va madaniy yuksalishning muhim omili uzaro muloqotdir. 
Muloqot bu muomala demakdir. 
Kishilar bilan munosabat, so’zlashuv shuningdek, ish va xizmat bilan bog’liq aloqaga 
muomala 
deyiladi. Eng go’zal muomala 
lutf-karamdir
. Hazrat Alisher Navoiy buni muomala-
pardoz deb ataganlar. Xalqimizda odamlar bilan munosib tarzda muomala qila bilishlik 
madaniyat, olijanoblik alomati hisoblanadi. 
O’zaro muomala qilishlik, ya’ni muloqot madaniyatining asosiy omili so’z tanlayolishdadir. 
So’z bu nima? Alisher Navoiyning “Mahbub-ul- qulub” asarida “Falak jismining joni – so’z” 


deyiladi. So’zlash qobiliyati, nutqi borki, odamlar bir-birlari bilan muomala qiladilar, muloqotda 
bo’ladilar, fikr bayon etadilar, bir birlarini tushunadilar yoki rad etadilar. So’z odamning 
beshikdan to tobutga qadar bir umrlik yo’ldoshi. So’zsiz insoniy jamiyat, ma’naviy hayot yo’qdir. 
SHu sababli ushbu malakaviy ish xalq ta’limi tizimi boshqaruvida muloqot madaniyatining 
ahamiyatini o’rganishga bag’ishlanadi.
Muloqot turmush tarzimizning ajralmas qismidir, shu sabab har kungi faoliyatimiz 
o’zaro muloqotdan boshlanadi. Muloqot o’ziga xos ijtimoiy voqiylik bo’lib, uning qanday sodir 
bo’lishi har birimizning ruhiyatimizga, tafakkurimizga va madaniyatimizga bog’liq bo’lgan 
hodisadir. 
Muloqot va notiqlik madaniyatida amal qilinishi lozim bo’lgan 
Q O I D A L A R: 
1.
Kim erkin so’zlasa, u nutq oldida hayajonlanmaydi. Notiq, avvalo, jamoa bilan erkin gaplashish 
qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. 
2.
Yaxshi tayyorgarlik-a’lo muloqot garovi. Nutq muddati qancha qisqa bo’lsa, unga ko’proq 
tayyorgarlik ko’rish lozim. 
3.
Muloqot, notiqlik madaniyatida shunday qoida bor: nima haqida gapirsangiz gapiring, 20 
minutdan oshmasin. 


4.
Gapirib o’ylamang, balki o’ylab gapiring. 
5.
So’z-kumush, sukut-lotin. Tinglay olish ham mahoratni talab qiladi. 
6.
Mashq uchun har qanday imkoniyatdan foydalanish kerak. Birinchi navbatda o’zingizga yaqin 
odamlar oldida nutq so’zlab ko’ring. 
7.
Nutqdan oldin kamroq ovqat eng. 
8.
Tajribali notiqgina o’zining ommabop nutqini o’z tajribasiga tayangan holda ko’pchilik oldida 
dadil nomoyon etishi mumkinligi yodingizdan chiqmasin va ommabop nutq oldidan albatta 
chuqur o’ylab, anglab, uni tinglaydigan auditoriya va gapiradigan gap o’zingizga bog’liq ekanini 
his etib olmog’ingiz shart. 
9.
Agar reglament belgilangan bo’lsa, nutq mazmunini qisqartiring: ko’p yomon gapirgandan 
ko’ra, oz va soz so’zlang. 
10.
Har bir nutqning boshlanishi o’rtasi va oxiri bo’ladi. Eng muhimi , muloqotni qanday tugatishni 
esda saqlang. 
11. Ko’pchilik, jumladan, tajribali notiqlar ham muloqotga kirishishdan oldin hayajonlanadi. Agar 
hayajonlanmasa demak, notiq o’z nutqiga mas’uliyatsiz, auditoriyaga e’tiborsiz. Lekin juda qattiq 
hayajonlanish ham zararli.


12. Ommaviy auditoriyada chiqish qilayotgan notiq o’ziga ishongan, jismoniy ko’rinishi dadil, jasur 
va vazmin hamda tashqi ko’rinishi bilan ham jozibali bo’lmog’i lozim.
13. Nutq-muloqot yumshoq va ishonchli bo’lishi, lekin juda cho’zilib ketmasligi kerak. 
14. Agar iloji bo’lsa,auditoriyaga tabassum bilan yuzlaning. Oz fursat jimlik saqlang. Agar shovqin 
boshlansa jimlikni cho’zing. Nutqni kuchli zarb bilan boshlamang, yumshoq va yengil qilib boshlang, 
bo’lmasa yakunlashga kuchingiz yetmay qoladi. 
15. Iloji boricha adabiy tilda gapirishga odatlaning, chet el so’zlaridan kamroq foydalaning, ba’zi 
notiqlar bir so’zni qayta-qayta takrorlaydi. Auditoriyadagi qochiriq gaplardan qo’rqmang, 
disskusiyaga yo’l qo’ymang, nutq so’zlayotganda o’zingizni ko’z-ko’z qilishga harakat qilmang. 
Odamlarning ma’lum guruhi sizni qo’llash-qo’llamasligini aniqlang. 
O’qituvchi nutqining kommunikativ sifatlari 
O’qituvchi mantiqiyligini ta’minlaydigan to’g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik 
soflik kabi qator sifatlar mavjud bo’lib, ularning barchasini o’zida mujassamlashtirgan nutq 
madaniy hisoblanadi. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni tinglovchiga 
etkazish, shu yo’l bilan unga ta’sir qilishdan iborat bo’lib, mazkur sifatlarning jami nutqning 
ta’sirchanligini yuzaga keltiradi. 


Nutqning to’g’riligi
nutq madaniyati haqidagi ta’limotning markaziy masalasidir. Madaniy 
nutqning boshqa barcha kommunikativ sifatlari ayni shu to’g’rilik mavjud bo’lgandagina yuzaga 
keladi. Zotan, to’g’ri bo’lmagan nutqning aniq yoki mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida 
gapirish mumkin emas. Aytish joizki, nutqning to’g’riligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi 
bo’lib, maktab ona tili ta’limining asosiy maqsadi ham o’quvchilarda aynan to’g’ri nutq tuzish 
ko’nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.To’g’rilik sifati nutq tarkibi va qurilishining 
amaldagi adabiy til me’yorlariga to’la mosligi asosida yuzaga keladi. Amaldagi adabiy til 
me’yorlariga amal qilinmasdan tuzilgan nutq to’g’ri nutq bo’la olmaydi. 
Adabiy me’yor til unsurlaridan til sistemasi qonuniyatlariga uyg’un, jamiyat taraqqiyotining 
muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiy amaliyot va an’anaga muvofiq holda 
foydalanish qoidalaridir. Adabiy me’yorning shakllanishi va rivojlanishida jamiyatdagi nutqiy 
amaliyot va atoqli yozuvchilar, so’z ustalari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Xuddi shu amaliyotda 
barqarorlashgan so’z qo’llash doimiy qoida shaklini oladi. Qizig’i shundaki, adabiy til me’yori 
nutqiy amaliyotdan olinadi va yana shu amaliyotni boshqarishga xizmat qiladi. Til me’yorlari 
milliy til birligi, butunligining bosh omillaridan hisoblanadi. Ayni shu me’yorlar ko’p shevali 
o’zbek tili egalarining nutqiy muloqotini birlashtiradi. 


Ayni paytda ta’kidlash joizki, adabiy me’yorlarni mutlaqo o’zgarmas, davrlar o’tishi bilan 
hech bir o’zgarishga uchramaydi, deb bo’lmaydi. Adabiy til me’yorlari ayni paytda dinamik 
hodisa hamdir. Til o’zining ijtimoiy tabiatiga muvofiq jamiyat rivoji bilan bab-baravar 
takomillashib borar ekan, tilning me’yorlari ham o’zgarib, mukammallashib boradi. 
O’zbek adabiy tilida asosan quyidagi me’yorlar farqlanadi:
1) leksik me’yorlar;
2) talaffuz me’yorlari;
3) so’z yasalish me’yorlari;
4) morfologik me’yorlar;
5) sintaktik me’yorlar;
6) uslubiy me’yorlar.
Bu me’yorlar mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an’analarga 
suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat organi tarafidan 
tasdiqlanadi.
Badiiy so’z ustalari so’zlarni boshqa uslubga ko’chirib qo’llar ekanlar, turli xil estetik 
imkoniyatlarni yuzaga chiqaradilar. Badiiy nutqda adabiy tilning grammatik, uslubiy yoki boshqa 


me’yorlardan badiiy-estetik maqsad bilan chekinilishi adabiy til me’yorlarining nainki buzilishi, 
balki badiiy nutqning mutlaqo o’ziga xos me’yorlarini voqe bo’lishi tarzida baholanadi. Nutqning 
to’g’riligi sifati badiiy uslubda ana shunday o’ziga xos bir tarzda namoyon bo’ladi. Badiiy nutqda 
kuzatiladigan adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari va buning oqibatida yuzaga keladigan 
estetik ta’sirning qimmatini idrok etmoq uchun, albatta, adabiy til me’yorlarini puxta bilmoq 
lozim. 
Nutqning aniqligi
. Kishilar o’rtasidagi muloqotni ta’minlay oladigan nutq to’g’ri bo’lish 
bilan birga aniqlik sifatiga ham ega bo’lishi shart. Agar nutq aniq bo’lmasa, so’zlovchi 
yetkazdirmoqchi bo’lgan muayyan fikr tinglovchi tomonidan to’laligicha va aynan anglanishi 
mahol. U holda fikr chala yoki yanglish tushunilishi mumkin. 
Real voqelik, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning nutqda to’g’ri va yaqqol 
ifodalanishi aniq nutqning asosiy mohiyatidir. SHuning uchun ham aniqlik kommunikativ sifati 
nutq va voqelik o’rtasidagi mutanosiblik zaminida belgilanadi. Bunda asosan, nutqdagi asosiy birlik 
sanalmish so’zning to’g’ri qo’llanishi nazarda tutiladi.
Demak, nutqning aniqligi so’zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda qo’llanishi, 
so’zning voqelikdagi o’zi ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan 
kommunikativ sifatdir. 


Ayni nutq malakasining shakllanishida tavsiflanayotgan voqelikni bilish, tildagi so’z 
ma’nolari sistemasini yaxshi anglash, nutq mazmuniga e’tibor bilan qarash hal qiluvchi 
ahamiyatga molikdir. Ana shunda ifoda uchun eng uyg’un va almashtirib bo’lmaydigan aniq 
so’zni topish mumkin.
Aniq nutqda, avvalo, voqelikdagi narsa va uning nomi bo’lgan so’z bir –biriga mos bo’lishi 
shart.Nutqni aniq tuza olish uchun, eng avvalo, so’zning leksik ma’nosini to’g’ri anglay bilish 
lozim.
Nutq tuzuvchi nutq predmeti va tildagi ma’nolar sistemasini yaxshi bilsa hamda konkret 
nutq jarayonida bu predmet va ma’nolarni to’g’ri aloqalantira bilish ko’nikmasiga ega bo’lsagina, 
uning nutqi aniq bo’lishi mumkin. Aytish mumkinki, aniq nutq uchun nutq tuzuvchining so’z 
qo’llash mahorati jiddiy ahamiyatga molik.
O’zbek tilida aniq nutq yaratishga ko’maklashuvchi vositalar juda ko’p. Nutq predmetini, 
ifodalanmoqchi bo’lgan narsa-hodisani butun ikir-chikirlarigacha, turfa nozikliklarigacha 
ifodalash imkonini beruvchi sinonimlar qatori mavjudki, ular orasidan nutq predmeti ifodasi uchun 
eng uyg’unini tanlash orqali ham nutqning aniqligi ta’minlanadi. 
Aniq nutq tuzish uchun qo’llanilishi chegaralangan so’zlarning ma’nolarini yetarli darajada 
bilish bilan bir qatorda ularning ishlatilish o’rinlarini ham aniq tasavvur etish zarur. 


Nutqning aniqligi, sifati badiiy nutqda mutlaqo o’ziga xos tarzda, obrazning aniqligi va 
o’rinliligi tarzida namoyon bo’ladiki, bu badiiy adabiyotning mohiyati bilan bevosita aloqador. 
Nutqning mantiqiyligi.
Mantiqiylik nutqning tinglovchi tomonidan to’g’ri va to’liq 
anglanilishi uchun zaruriy bo’lgan sifatlardan biridir. Mantiqiylikdan mahrum bo’lgan biron-bir 
nutq kishilar o’rtasidagi tayinli aloqani ta’minlay olmaydi. Nutqning mantiqiyligini to’g’rilik va 
aniqlik sifatlaridan ajralgan holda ham tasavvur etib bo’lmaydi. CHunki to’g’ri va aniq bo’lmagan 
nutq hech qachon mantiqiy bo’lishi mumkin emas. Zotan, to’g’ri va aniq bo’lmagan nutqdan 
mantiqiylikni izlab topish mumkin emas. Adabiy til me’yorlariga zid tarzda tuzilgan va tegishli 
birliklar noo’rin tanlangan nutqqa mantiq begona bo’lishi tabiiy. 
Fikr tarkibi va qurilishining to’g’ri ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosi deyish mumkin. 
Nutqda til vositalarining mantiq va to’g’ri tafakkur qonuniyatlariga mos tarzda mazmuniy 
birikishi nutq mantiqiyligini baholashning bosh o’lchovi hisoblanadi. SHunga ko’ra, mantiqiylik 
sifatini nutqda so’zlar va gaplar o’rtasidagi semantik aloqalarning fikrning mantiqiy mohiyatiga 
hamda uning rivojlanib borishiga qat’iy mosligi tarzida ta’riflash maqsadga muvofiqdir. 
Aytish mumkinki, nutqning mantiqiyligi struktura nuqtai nazaridan ko’proq tilning 
semantik sathi bilan bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda, nutq tuzuvchi nutqning mantiqiyligiga 
erishish uchun til birliklarining sintagmatik imkoniyatlarini yaxshi bilishi lozim. Lekin buning 


o’zigina yetarli emas. So’zlovchi, eng avvalo, bayon etmoqchi bo’lgan fikrini, bildirmoqchi bo’lgan 
xabarini va u bilan bog’liq tafsilotlarni, ayni paytda mantiq qonuniyatlarini yetarli darajada 
tasavvur etmas ekan, u mantiqli nutq tuza olmaydi. Bu o’rinda nutq tuzuvchining tafakkur 
qobiliyati juda muhimdir. Ko’rinadiki, nutqning mantiqiy bo’lishi uchun ham lisoniy, ham 
g’ayriinsoniy omil ishtirok etadi.
Mantiqiy nutq tuzish uchun so’zlovchi fikr predmetini atroflicha bilishi, mantiqiy tafakkur 
qoidalaridan boxabar bo’lish kabi g’arilisoniy talablar bilan bir qatorda til birliklarining leksik-
semantik mohiyati, ularning sintagmatik xususiyati kabi lisoniy bilimlarni ham nazardan 
qochirmasligi kerak. 
Umuman, nutqning mantiqiyligi fikr rivojining izchilligi, tushunchalar va fikrlar o’rtasidagi 
munosabatlarning mantiqiyligi, nutq predmetining aniqligi, fikr libosining fikricha majburiyatsiz 
loyiqligi asosida yuzaga keladi. Mantiqiylikdan mahrum bo’lgan matn nutqiy muloqot uchun 
yarashiqsiz va yaroqsizdir. 
Nutqning sofligi
. Har qanday narsaga baho berilganda, avvalo, uning asligi, boshqa keraksiz 
unsurlardan xoliligi, o’z mohiyatiga muvofiq toza tarkibga egaligi kabi me’yorlardan kelib chiqadi. 
Soflik sifati nutqni shunday baholash me’yorlaridan hisoblanadi. Aytish lozimki, nutqning bu 
kommunikativ sifati adabiy til va nutq bilan jamiyat munosabatida namoyon bo’ladi. SHunga 


ko’ra, nutqning sofligi nutqning adabiy til me’yorlariga va jamiyatdagi ma’naviy – axloq 
qoidalariga yot bo’lgan unsurlardan xolililigi bilan belgilanuvchi kommunikativ sifat tarzida 
baholash mumkin. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi uning ma’naviy-ma’rifiy, lisoniy-madaniy 
saviyasini namoyon etadigan ko’rsatkichlardan biridir. 
Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiysi sifatida quyidagilarni 
alohida ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq: 
1) shevaga xos so’z, ibora, grammatik shakllar, urg’u va talaffuz; 
2) o’rinsiz qo’llangan chet so’z va so’z birikmalari (varvarizmlar); 
3) jargon va argolar; 
4) dag’al, haqorat so’z va iboralar (vulьgarizmlar); 
5) “ishlamaydigan” yoki parazit so’zlar; 
6) idoraviy so’z va iboralar (kanselyarizmlar) va sh .k. 
Nutq tuzuvchi o’z nutqining sofligi haqida qayg’urar ekan, albatta, mazkur unsurlarni 
qo’llashdan tiyilishi lozim. 


Ma’lumki, shevaga xos so’zlar adabiy tilning leksik me’yorlaridan tashqarida, shuning 
uchun ham uning nutqda ishlatilishi soflik sifatining buzilishiga olib keladi. Hatto nutqning to’g’ri 
tushunilishiga ham xalaqit beradi. 
Ayni paytda ta’kidlamoq joizki, badiiy adabiyot tili mutlaqo o’ziga xos nutq uslubi sifatida 
shevaga xos so’z va boshqa birliklarning muayyan maqsad bilan qo’llanishiga imkon yaratadi. 
SHeva so’zlari va grammatik shakllari, ya’ni dialektizmlar badiiy nutqda aniq estetik vazifani 
ko’zda tutgan holda qo’llaniladi. Ta’kidlash kerakki, dialektizmlarning estetik qimmat kasb etishi 
ularning badiiy nutqdagi me’yori, qanday ishlatilishi va aynan qanday turlarining tanlanishi bilan 
ham bog’liqdir. 
Tabiiyki, turg’unlashgan nutqiy qoliplardan qutilish uchun, avvalo, tafakkurdagi qoliplardan 
voz kechish, mustaqil va ijodiy tafakkur malakalarini oshirib borish zarur. Bunga, ayniqsa, 
maktabda alohida ahamiyat berilishi kerak. Rasmiy uslubdan boshqa uslublarda qo’llangan tayyor 
nutqiy qoliplar o’quvchining ijodiy tafakkur ko’nikmalarining tarkib topishi, barqarorlashishiga 
xalaqit beradi. Sof nutqning go’zal namunalari bo’lmish har jihatdan pishiq-puxta badiiy asarlarni 
muntazam mutolaa qilib borish o’z samarasini beradi. 
Nutqning boyligi
. Nutqning boy yoki kambag’alligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan 
unsurlaridan qay darajada foydalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir til unsuri nutqda qanchalik 


kam takrorlangan bo’lsa, bu nutqning boylik darajasi shunchalik yuqori bo’ladi yoki, aksincha, 
muayyan til unsurining takrori ko’p bo’lgan nutq kambag’al nutq hisoblanadi va uning ta’siri 
ham shunga yarasha bo’ladi.
Boy nutq tuzish uchun ifodalarning bir xilligidan qochish, ayni bir tushuncha yoki fikrga 
farqli “liboslar” topish va kiydirish lozim. Buning uchun esa nutq tuzuvchida til vositalarining 
boy va faol zahirasi mavjud bo’lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, notiq yetarli darajadagi 
so’zlar, ularning ma’nolari, so’z birikmasi va gap modellari, jumlaning intonatsiya va melodika
turlari zahiralariga sohib bo’lmog’i talab etiladi.
Leksik, semantik, grammatik, intonatsion jihatdan rang-baranglik nutqning boyligini yuzaga 
keltiradi.O’zbek tili har jihatdan, xususan, lug’at xazinasi nuqtai-nazaridan benihoya boy va 
rivojlangan tildir. SHuning uchun ham bu qadim tilda adabiyot yaratilgan. 
Tilimizda muayyan bir tushunchani ifodalashning bir qancha xilma-xil imkoniyatlari 
mavjudki, ularni ishga solish, nutqning boyligini ishga solish, nutqning boyligini ta’minlashga xizmat 
qildirish uchun muntazam e’tibor va sa’y-harakat lozim bo’ladi. SHu e’tibor susaydimi, nutqning 
boyligi tushunchasining mohiyatiga putur etaveradi. 


Tilimizdagi sodda va qo’shma gaplar, murakkablashgan gaplar, ularning xilma-xil qoliplari, 
bu qoliplar asosida yaratilishi mumkin bo’lgan millionlab jumlalar boy nutq tuzish uchun 
imkoniyatdir. 
Uslublar nuqtai nazaridan olib qaraladigan bo’lsa, nutqning boyligini ta’minlash uchun eng 
qulay makon badiiy uslub ekanligi shubhasiz. So’zlashuv uslubiga oid nutqda leksik, semantik va 
intonatsion rang-baranglik notiqning mahoratiga ko’ra muntazam yuzaga chiqishi mumkin. Ilmiy 
va rasmiy nutqda esa boylikka qaraganda mantiqiylik va qoliplashganlik ustuvorlik qiladi. 
Aytish mumkinki, badiiy nutq o’z tabiati, mohiyati va maqsadiga uyg’un holda boylikka 
moyilligi bilan ajralib turadi. Qashshoq nutq esa hech qachon estetik ta’sir quvvatiga sohib bo’la 
olmaydi, estetik quvvatsiz esa badiiy nutq o’zining bosh vazifasini bajarishi mushkul. 
Tilning faqat leksik sathigina emas, balki sintaktik sathi ham nutq ifodaliligini 
ta’minlashda benihoya keng imkoniyatlarga ega. Sintaktik qurilmalarning rang-barangligi, 
sinonimikasi ifodalilikni kuchaytirishga qanchalik xizmat qilsa, muayyan bir sintaktik birlikning 
atayin qilinadigan takrori ham bu jihatdan shunchalik diqqatga sazovor. 
Ifodalilikni yuzaga keltirishda sintaktik figuralar, gapdagi so’z tarkibi, intonatsion 
vositalarning rolini ham esdan chiqarmaslik lozim.Ifodali nutq tuzish malakasini


Xulosa qilib aytganda, har bir o’qituvchida nutq madaniyati bo’lishi zarur, chunki har bir 
pedagog o’z nutqi, chiroyli va ravon o’qishi, muomala madaniyati bilan o’quvchilarga namuna 
bo’ladi.O’qituvchi doimo o’zining nutq madaniyati ustida ishlashi va takomillashtirib borishi zarur. 
1-rejaga doir test savollari: 
№ 
Test savollari 
To‘g‘ri javob 
Muqobil javob Muqobil javob Muqobil 
javob 
1 Pedagogning 
kommunikativ 
ko‘nikmalarini nimalar 
belgilab beradi?
o'qituvchi 
tashqi 
ko'rinishi 
bilan 
(orastalik, tartiblilik, 
faollik, xushmuomalalik, 
muosharat odobi va 
hokazo) kommunikativ 
munosabatni 
ta’minlashga erishishi, 
o'zaro hamkorlikning 
nutqiy va noverbal 
vositalarini 
(mimil 
pantomimika, ma’noli 
qarash) qo'llash orqali 
munosabatga 
faol 
kirishi, 
o'quvchilar 
jamoasiga 
o'zining 
xayrixohligini, 
moyilligini, do‘stligini 
o'qituvchi 
so‘zlashuv 
odobiga ega 
bo‘lishi kerak. 
o‘qituvchining 
mavzuni to‘liq 
va tushunarli 
qilib bayon etib 
berishi uning 
kommunikativ 
ko‘nikmasi 
yuqori 
ekanligini 
belgilaydi. 
o'qituvchi 
notiq 
bo‘la 
olishi, 
o‘quvchila
rini 
ishontira 
olishi 
kerak.. 


«namoyish etish» kabi 
samarali 
muloqotni 
ta’minlashga qaratilgan 
ko‘nikmalar 
2 M.G.Davletshin 
muallifligidagi «Umumiy 
psixologiya» 
o‘quv 
qo‘llanmasida muloqotga 
qanday ta’rif berilgan? 
“Ikki yoki undan ortiq 
kishilar 
orasidagi 
affektiv 
baholovchi 
xarakterda va bilish 
bo‘yicha 
ma’lumot 
almashinishdan iborat 
bo‘lgan o‘zaro ta’sir 
etishdir” 
“Kishilar 
o‘rtasidagi 
o‘zaro fikr 
almashish va 
hamkorlik 
jarayonidir” 
“O‘qituvchi va 
o‘quvchining 
bir-birini 
tushuninshi va 
qo‘llab-
quvvatlovchi 
asosiy 
xususiyatdir” 
“Fikr 
almashish 
bilan 
bog‘lq 
jarayon 
bo‘lib 
uning 
asosini 
insonlar 
o‘rtasidagi 
aloqa 
tashkil 
etadi” 
3 Muloqotning 
kommunikativ jihatida


Muloqotning 
kommunikativ jihatida 
individlarning o‘zaro 
ma’lumot almashinishi 
sodir bo‘ladi. 
odamlarning 
birgalikdagi 
harakati va 
o‘zaro 
munosabatlari
ni qat’iyan 
belgilab 
qo‘yadigan 
muloqot 
jarayonida 
o‘zaro bir-
birini idrok 
qilish orqali 
tushunishdir. 
o‘z-o‘zini 
anglash 
negizida 
namoyon 
bo‘ladi. 


xulq-atvor 
namunalari 
asosida 
amalga 
oshiriladigan 
ijtimoiy 
nazorat 
sharoitida yuz 
beradi. 
4 Muloqotning interaktiv 
jihatida


individlar nafaqat bilim 
va g‘oyalar, balki 
harakatlar bilan ham 
o‘zaro ta’sirni amalga 
oshiradilar. 
Yanada 
aniqlik 
kiritadigan 
bo‘lsak, 
muloqot 
shaxslararo birgalikdagi 
harakat, 
ya’ni 
odamlarning 
hamkorlikdagi faoliyati 
jarayonida 
tarkib 
topadigan aloqalari va 
o‘zaro 
bir-birlariga 
ta’sirining 
yig‘indisi 
sifatida yuzaga chiqadi. 
individlarning 
o‘zaro 
ma’lumot 
almashinishi 
sodir bo‘ladi. 
muloqot 
jarayonida 
o‘zaro bir-
birini idrok 
qilish orqali 
tushunishdir. 
o‘z-o‘zini 
anglash 
negizida 
namoyon 
bo‘ladi. 


5 Muloqotning pertseptiv 
jihati bu? 
o‘z-o‘zini 
anglash 
negizida 
namoyon 
bo‘ladi. 
individlarning 
o‘zaro 
ma’lumot 
almashinishi 
sodir bo‘ladi. 
muloqot 
jarayonida 
o‘zaro bir-
birini idrok 
qilish orqali 
tushunishdir. 
odamlarni
ng 
birgalikda
gi 
harakati 
va o‘zaro 
munosaba
tlarini 
qat’iyan 
belgilab 
qo‘yadiga
n xulq-
atvor 
namunala
ri asosida 
amalga 
oshiriladig
an 
ijtimoiy 
nazorat 
sharoitida 
yuz 
beradi. 
6 O‘qituvchining madaniy 
saviyasida muhim o‘rin 
so‘z bilan og‘zaki ta’sir 
o‘tkazish 
hatti-
harakatlarnin
g ko‘rinishi 
tashqi imidj 
gavda va 
qo‘l 


tutadigan asisiy omil 
nima? 
harakatla
ri 
7 “Til shirinligi - ко‘ngilga 
yoqimlidir, muloyimligi esa 
foydali. Shirin so'z sof 
ко‘ngillar uchun asal kabi 
totlidir.
Alisher Navoiy 
Abdulla 
Avloniy 
A.P.Chexov 
A.S.Maka
renko 
8 O‘quvchi ongiga ta’sir 
ko‘rsatish bilan bog'liq 
bo‘lgan ishontirish usuli 
qanday natija beradi?
ishontirish 
asosida 
o‘quvchiga ideal va 
mustaqil fikrlar qayta 
quriladi, ularni ba’zi 
psixik ta’sirlar tufayli 
sodir 
boiadigan 
tushkunlik holatidan 
asraydi, 
ularda 
erkinlikni 
hamda 
mustaqil 
fikrlash 
qobiliyatini 
o‘stiradi, 
o‘ziga va kelajagiga 
ishonch uyg'otadi, o‘z-
o‘zini tarbiyalashda, 
mustahkam 
irodani 
shakllantirishga 
undaydi. 
ba’zi psixik 
ta’sirlar 
tufayli sodir 
boiadigan 
tushkunlik 
holatidan 
asraydi. 
fikrlash 
qobiliyatini 
o‘stiradi, 
o‘z-o‘zini 
tarbiyalas
hda, 
mustahka
m irodani 
shakllanti
rishga 
undaydi. 


9 Verbal (nutq) muloqot 
tarkibiga nimalar kiradi? 
so‘zlar 
iboralar 
ma’nosi va mohiyati ki
radi.
Bunda asosiy o‘rinni 
so‘zning 
qo‘llanilish 
aniqligi, 
uning 
ifodalanishi 
va 
hammabopligi, 
tovushlar, 
so‘zlar talaffuzi, ohang 
ifodasi va mohiyati 
egallaydi. 
qo‘l 
harakatlarini 
faol bajarish 
kiradi. 
Mimika va 
pantomimika 
kiradi. 
Balannd 
ovoz bilan 
gapirish 
kiradi. 
10 Noverbal kommunikatsiya
vositalariga
qaysilar kiradi? 
yuz ifodasi, mimika, oh
ang,
pauza, poza (holat), ko
`z
yosh, kulgu va boshqala

kiradi. 
qo‘l 
harakatlarini 
faol bajarish 
kiradi. 
Mimika va 
pantomimika 
kiradi. 
so‘zlar 
iboralar 
ma’nosi v
a mohiya
ti kiradi.
11 O‘quvchilarni qo‘llab-
quvvatlashning 
usullaridan birini 
ko‘rsating? 
o'quvchilarning har xil 
vaziyatlarda 
ichki 
kayfiyatlarini, 
his-
tuyg'ularini tushunish, 
uni hisobga olish
o‘quvchilarni 
tinglamaslik. 
o‘quvchilarni 
fikrlarini 
hisobga 
olmaslik. 
O‘qituvchi 
har doim 
o‘zini haq 
deb bilib 
o‘quvchila


hamjihatligini ko‘rsata 
bilish.
rni o‘z 
fikriga 
qat’iy 
bo‘ysunish
larini 
talab 
qilishi. 
12 F.Samuylenkovning 
“O‘qituvchining mahorati 
va takti uning obro‘sidir” 
asarida tasvirlangan 8-B 
sinf qanday sinf? 
sinf tez ta’sirlanuvchan, 
tezda qirg‘oqdan chiqib 
ketadi va yana oqimga 
qaytib tushishi qiyin. 
og‘ir va bosiq 
bolalar 
guruhi. 
to‘polonchi 
o‘quvchilardan 
iborat sinf 
o‘qituvchi 
bemalol 
hazil qila 
olishi, 
o‘quvchila
rni erkin 
qo‘ya 
olishi 
mumkin 
bo‘lgan 
sinf. 
13 O‘qituvchi 
sinfda 
pedagogik 
muloqotda 
mahoratga 
erishishda 
nimalarga e’tibor berish 
kerak? 
o'zaro hamkorlikning 
nutqiy va noverbal 
vositalarini 
(mimil 
pantomimika, ma’noli 
qarash) qo'llash orqali 
munosabatga 
faol 
kirish. 
o‘quvchilarnin
g hohish-
istaklarini 
hisobga olish. 
faqat faol 
o‘quvchilarni 
qo‘llab-
quvvatlsh. 
mavzudan 
chetga 
chiqmaslik



14 O‘qituvchi shaxsiyatida 
muhim 
bo‘lgan 
xususiyatlarni aniqlang? 
Bolalarni 
sevish, 
xushmuomalalik 
va 
insonparvarlik. 
chuqur 
bilimga ega 
bo‘lish. 
muloqotga 
kirishuvchanlik 
ota-
onalar 
bilan 
munosaba
tda 
samimiyli

1

“Muloqot” tushunchasini 
“kommunikatsiya” 
tushunchasidan 
farqi 
nimada? 
Kommunikatsiya jonli 
va jonsiz tabiatdagi 
tizimlar 
o‘rtasida 
axborot almashinuvini 
anglatadi. 
Muloqot 
faqat 
insonlar 
o‘rtasidagina amalga 
oshirilishi 
mumkin 
bo‘lgan jarayon. 
Kommunikatsi
ya – texnika 
vositalariga 
nisbatan 
ishlatiladi, 
muloqot bu 
insonlar 
o‘rtasida 
amalga 
oshadi. 
Kommunikatsiy

aloqa 
vositalariga 
nisbatan 
ishlatiladi, 
muloqot 
bu 
odamlar 
o‘rtasida 
amalga oshadi. 
Kommuni
katsiya – 
texnika 
vositalarig

nisbatan 
ishlatiladi, 
muloqot 
bu 
o‘qituvchi 
va 
o‘quvchila
rga 
nisbatan 
ishlatiladi. 

Download 314,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish