1 moq tashkil etilishi



Download 21,71 Kb.
Sana31.07.2021
Hajmi21,71 Kb.
#133368
Bog'liq
Документ Microsoft Word (10)
ingliz tili uz, 2 5305484199220741510, 7 Yoshlar muammolarini hal etishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli , 8 Mahalliy boshqaruvda fuqarolik jamiyatlari institutlari r, Mirsanova Mohira, 4 Davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati institutlari o'zaro munosabatlari , Tarbiya fani taqvim-rejalari - 2021, 9 xorij va o'zbekiston fuqarolik jamiyati institutlarining qiyosiy tahlili , 8 Mahalliy boshqaruvda fuqarolik jamiyatlari institutlari r, 11 zhaon tazhribasida fuarolik zhamiyati (4), 6 Fuqarolik jamiyati ijtimoiy tuzilmasida mulkdorlar sinfin-fayllar.org, 24 xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini barpo etish, 17 Iqtisodiyot sohasidagi professional uyushma , 14 xalq qabulxonalari ning tashkil etilishi fuqaro faolligini oshirish omili , ELEKTRON TO’LOV. ELEKTRON PUL

Mavzu: Milliy Olimpiya qo`mitasini tashkil etilishi va О‘ZBEKISTON SPORTCHILARNING OSIYO, JAHON VA OLIMPIYA О‘YINLARIDAGI ISHTIROKI.

РЕЖА:

1 MOQ tashkil etilishi



2.О‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishda Respublika prezidenti va hukumatining g‘amxо‘rligi.

2. Kо‘p bosqichli ommaviy sport tadbirlari.

3.Sport о‘yinlari ishtirokchilariga “Universiada-2002”

4. Xalq milliy о‘yinlari ma’naviy-ma’rifiy va tarixiy jarayondir.

1.О‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishda Respublika prezidenti va hukumatining g‘amxо‘rligi.

Sovet hokimiyatining eng sо‘nggi yillarida (1989-1991 y) boshqa ittifoqchi respublikalari qatorida О‘zbekistonda ham mustaqillikka intilish harakati boshlandi. 1989 yil oktabrda “Davlat tili haqidagi” qonunning qabul qilinishi va О‘zbek tiliga davlat tili maqom berilishi buning dalilidir. Bu yо‘lda respublika prezidentining dadil va aniq sayharakatlari olqishga sazovordir.

1991 yil 31 avgustdagi prezident Uzbekistonni mustakil davlat deb e’lon kildi va 1 sentabrda о‘tkazilgan umumxalq bayrami mustaqillik kunining ilk namoyishiga aylandi. Bu har yilgi an’anaviy bayram sifatida jahonga keng taraldi.

Respublikaning iqtisodiy, siyosiy, tarixiy, madaniy va ijtimoiy salohiyotida jismoniy tarbiya va sport о‘z о‘rni hamda mavqeiga egadir. Bunda prezident I.A.Karimov va hukumatning faoliyatini alohida ta’kidlash lozim.

О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov mustaqillikka bulish va uning istiqbolida aholi salomatligining о‘ta qimmatligi va unga ega erishish yо‘llarini katta kо‘tarinkilik bilan izhor qilib bergan. YA’ni: “Bizning ota-bobolarimiz kishilar bilan uchrashganda yoki xayrlashganda, avvalo, chin yurakdan salomatlik tilashgan. Bizning zamonamiz bahodirlarga va himoyachilarimiz bо‘lgan polvonlar va botirlarga bu an’analar boy meros xisoblanadi va ularni mehr bilan parvarish qilib kelmoqda. Bugingi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda. О‘zining salomatligi haqida shaxsan g‘amxо‘rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog‘liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari kо‘magida singdirish kerak”, - deb haqli ravishda aytgan.

О‘zbek xalqining milliy jismoniy tarbiyasi qadimgi ajdodlarimiz tarixi bilan uzviy bog‘lanib ketadi. Buning guvohi sifatida о‘tgan bobda takidlanganidek, “Alpomish”, “Kuntug‘mush”, “Qiriqqiz”, “Gо‘rо‘g‘li” turkumidagi dostonlarda jasorat ustunlik bilan madx etilgan. Otda poyga, nayza uloqtirish, qilichbozlik, kamondan о‘q otish merganlik qilish kabi jismoniy sifatlar qahramonlar siymosi orqali butun xalqning turmushi, madaniyati, harakati aks ettirilgan. Bu jismoniy mashqlar avloddan-avlodga о‘tib, о‘zining mazmuni, shakli va bajarish uslublarini boyitib, hozirgi davrda ular jahon xalqlarining sevimli mashg‘ulotlariga hamda mahorat uchun kurashuvchi yoshlarning sportiga aylangan.

E’tirof etish kerakki, mustaqil О‘zbekistonning madaniyati va sportini yanada rivojlantirishga asos bо‘luvchi eng muhim tadbirlar kо‘rilmoqda. О‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport tо‘g‘risida”gi qonuni (1992 yil 14 yanvar, 2000 yil yangi taxrir) barcha aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi.

Shu bilan birga qonunda yana “Maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari va о‘quv yurtlari har yili kamida bir marta maktabgacha yoshdagi bolalarning hamda о‘quvchi-yoshlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini kо‘rikdan о‘tkazadilar. Umumta’lim maktablarida, boshqa о‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya bо‘yicha imtihonlar о‘tkaziladi”,-deb kо‘rsatilgan. Bu esa о‘quvchi-yoshlarning salomatligini mustahkamlash, jismoniy kamolotini oshirish, ularni mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli kishilar qilib yetishtirishga qaratilgandir. Bu imkoniyat va tadbirlarni har bir о‘quvchi-yoshlar о‘z tafakkurlari bilan tushunishlari, Mustaqil О‘zbekistonning istiqboliga hissa qо‘shish uchun bor imkoniyatlarni ishga solib, о‘z burchlarini ado qilishlari kerak. Ma’lumki, Respublika Oliy majlis sessiyasida “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun (1992 yil iyul, yangi taxrir 1997) qabul qilinib, unda ta’lim oluvchilarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratish, о‘qish, mehnat qilish, dam olish uchun ta’lim muassasalari mas’uldir deyilgan. Bu ikki qonunning mazmun va mohiyati о‘zaro mujassamlanib, jismoniy tarbiya va sportni (JT va S) rivojlantirishga qaratilgandir.

О‘quvchi-yoshlarning ta’lim olishlari va ularni doimo sog‘lom bо‘lishlari davlat qonunlari bilan muhofaza qilish, bо‘lajak mutaxassislarning porloq kelajagini ta’minlash, deb talqin qilish lozim. Shu tufayli barcha о‘quvchi-yoshlar qayerda ta’lim olmasin, ularga berilgan imtiyozlardan maqsad yо‘lida foydalanish, jismoniy kamolotni ta’minlash zarur bо‘ladi va bu bilan jismoniy tarbiyaning ijtimoiy va tarixiy mohiyatlarini yanada kо‘targan, uni imkon boricha, inson hayotidagi yuksak omil ekanligini kelajakka meros qilib qoldirishga hayotiy tajriba va amaliyot asos bо‘ladi.

Shu sababdan respublika sportining istiqbolidagi asosiy manba’larning holati va uni rivojlantirish omillaridan xabardor bо‘lish muhim vazifalardan biri bо‘lib hisoblanadi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida О‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotining ba’zi bir kо‘rsatkichlari quyidagilardan iborat. Respublikadagi 14577 ta jismoniy tarbiya jamoalarida 5 mln 549 ming 908 kishi shug‘ullanadi. Shu jumladan 60 ga yaqin Oliy о‘quv yurtlarida 134977 kishi, 225 ta о‘rta maxsus о‘quv yurtlarida 147664 kishi, 449 ta hunar-texnika bilim yurtlarida 211061 kishi, 8302 ta maktablarda esa 4 mln. 510 ming 403 о‘quvchi jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanganlar. О‘zbekistondagi ishlab chiqarish korxonalarining 5545 tasida boshlang‘ich jismoniy tarbiya jamoalari va 60 dan ortiq sport klublari mavjud bо‘lib, ularda 543946 kishi muntazam ravishda sport turlari, sog‘lomlashtirish mashqlari bilan shug‘ullanganlar. Sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan “Mehnat va mudofaaga tayyor” (MMT-GTO) majmuasi о‘zining mazmunan zarurligi va mohiyati bilan ancha vaqtgacha о‘z kuchini saqlab keldi. Keyingi paytlarda respublika muhiti va sharoitlariga qarab, uning shakli va normativ talablariga ba’zi bir о‘zgarishlar kiritildi va dastur ishlab chiqildi. Shu asosda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari joriy etildi.

Ma’lumki, MT majmuasini asosiy turlari va normativ darajalari о‘quvchi-yoshlarni har tomonlama jismonan kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu sababdan respublikada bu majmua yoshlarni jismonan tayyorlashda katta ishlarni amalga oshiradi. Buning dalili sifatida quyidagi kо‘rsatkichlarni keltirish mumkin. Respublika bо‘yicha 1991 yilda 1 mln. 33 ming 815 ming kishi MMT nishondori bо‘ldi. Shu jumladan oliy о‘quv yurtlari talabalaridan 12743 kishi о‘rta maxsus о‘quv yurtlarida 36867 kishi, hunar-texnika bilim yurtlarida 69650 kishi, umumta’lim maktablarida 832962 о‘quvchi va ishlab chiqarish korxonalarida 81593 kishi bu majmuaning barcha talablarini bajardilar.

Erkin kurash bо‘yicha 775 kishi yuqori darajadagi talablarini bajargan. Shuningdek, voleybol-383, boks-422, futbol-680, dyuzdo-339, basketbol-240, qо‘l tо‘pi-185, shaxmat-120 va boshqa turlarda ham yuqori kо‘rsatkichlarga erishildi.

Eng ommaviy va sevimli sport turi bо‘lgan futbol bо‘yicha 7904 ta jamoa 266767 nafar kishi shug‘ullanadi. Ularning 4345 nafari sport maktablarining о‘quvchilari hisoblanadi. Ularni tarbiyalash va mahoratlarini orttirishda 682 trener qatnashib, ularning 497 tasi maxsus ma’lumotga egadir. Shuningdek, 9048 kishi jamoatchilik asosida trenerlik qiladi.

Voleybol sport turi bо‘yicha 343, boks-313, erkin kurash-249, sambo kurashi-229, qо‘l tо‘pi-229, dyuzdo-193, basketbol-162, klassik kurash-172, stol tennisi-131 va shu kabi sport turlarida anchagina trenerlar xizmat qiladi.

Respublikada sport taraqqiyotining ba’zi bir kо‘rsatkichlarini tahlil qilganda quyidagi mulohazalarni yuritishga tо‘g‘ri keladi.

Futbol eng sevimli va shug‘ullanish uchun qulay sport turlaridan biridir. Bu sohadagi kо‘rsatkichlarni о‘rtacha qilib olsak, quyidagi holatni kо‘rish mumkin, ya’ni har bir jamoada о‘rtacha miqdorda 378 kishi (266767:7904=378) futbol bilan shug‘ullanar ekan.

Har bir trenerga esa 390 dan ortiq futbolchi tо‘g‘ri keladi.

Shuningdek erkin kurash bо‘yicha 656 jamoada 31567 kishi shug‘ullansa, ularga 259 trener rahbarlik qiladi. О‘rtacha olganda har bir trenerga 120 nafar kurashchi tо‘g‘ri keladi. Bu holatlarni voleybol (269433:343=758 kishi)-758, shaxmat (129264:96 =1346)-1346, basketbol (141719:182=778) kabi turlari ham kо‘rish mumkin.

Bu kо‘rsatkichlar oddiy qaraganda murakkab narsalar kо‘rinmaydiganga о‘xshaydi. Lekin bitta trenerga futbolda 390, erkin kurashda 121, voleybo shaxmatda 1346, basketbolda 788 kishining tо‘g‘ri kelishiga qanday baho berish mumkin? Voleybol, shaxmat, basketbol kabi turlarda jamoatchi trenerlar ham rahbarlik qilishi mumkin. Biroq bu holatlar sportchilarning mahoratini yetarli darajada oshira oladi, deb xulosa qilish qiyin. Bunday kо‘rsatkichlar keyingi davrlarda birmuncha ijobiy tomonga siljidi.

Xullas, bu kо‘rsatkichlarning haqiqatdan ancha uzoqda ekanligi ayondir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, qaysi bir jamoalarda trenerlar va sportchilar mahsuldorlikka erishmoqda, kо‘pchiligida esa umuman yaxshi natijalar yо‘q hisobida. Bunga quyidagi misollarni keltirish mumkin.

Futbol bо‘yicha 660, shaxmat 120, qо‘l tо‘pi 125 kishi yuqori darajadagi (SUN,1r) sportchilar tayyorlangan. Ularni umumiy shug‘ullanuvchilar soniga solishtirilsa, ish sifati yaxshi emasligini bilish qiyin emas.

E’tirof etish lozimki, О‘zbekiston mustaqilligining о‘n yili davomida (1991-2001) jismoniy madaniyat va sport ishlari ancha rivoj topdi. Ommaviylikning asosidagi sport mahoratlarni oshirish ancha yuqorilab ketdi. Futbol, tennis, о‘zbek kurashi, boks, sharqona yakkakurashlar (karate, dyuzdo, toekvando, ushu, qо‘l jangi va h.k) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng asosiy sabablari shundaki, “Jismoniy tarbiya va sport tо‘g‘risida”gi qonun hamda qator qarorlarni (1993,1996, 1999,2000 va h.k) bu ishlarni amalga oshirishda katta axamiyat kasb etmokda. Ularning natijalari esa Respublikadagi о‘tkazilayotgan sport musobaqalari, xalqaro turnirlar va sportchilarning Osiyo va jahon birinchiliklaridagi ishtirok etishida, erishilgan yutuqlar mazmunida namoyon bо‘lmoqda.

О‘zbekiston futbolini rivojlantirish (1993,1996), tennis, boks va kurash bо‘yicha xalqaro turnirlar о‘tkazish (1993.2000) haqidagi hukumat qarorlari muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, “О‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi О‘zVMning 1999 yil 27 maydagi qarori barcha davlat idoralari hamda nodavlat va jamoat tashkilotlari oldiga katta mas’ulyatlarni yukladi. Shu asosda aholining barcha tabaqalari va ishlab chiqarish, savdo, tijorat, tarbiya, о‘quv muassasalari sohalarida jismoniy tarbiya va sporni keng yо‘lga qо‘yish masalalari jiddiy vazifa bо‘lib qolmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotining 10 yillik davridagi ba’zi kо‘rsatkichlarning natijalari bilan quyidagicha tanishish mumkin bо‘ladi.

Jismoniy tarbiya jamoalarining soni 1991 yilda 14577 ta bо‘lsa, 1995 yilda 14408 ta va 2000 yilda esa 15963 taga yetadi. Ba’zi yillarda jamoalar sonining kamayishiga sabab, ba’zi korxonalar va muassasalar birlashtirilgan yoki tugatilgan. Keyinchalik esa ularning soni osha boshlagan.

Jismoniy tarbiya va sport, sayohat hamda xalq о‘yinlari bilan shug‘ullanuvchilar soni 1991 yilda-5549966 nafar bо‘lsa, 1995 yilda-5640085 va 2000 yilda-6862790 nafarni tashkil etgan.

Bevosita sport turlari bilan shug‘ullanuvchilar soni 1991 yilda-1491511, 1995 yilda-1256958 va 2000 yilda-1856186 kishiga yetadi.

Futbol bilan shug‘ullanuvchilar soni -439344, voleybol-296801, yengil atletika-172047, kurash-93985, boks-26551, tennis-14504 kabilarni tashkil etmoqda. Sport bilan shug‘ullanuvchilar maktablarda 1992 yilda-737641, 1995 yil-828072, 2000 yilda-1196091 kishini tashkil qildi. Bunday kо‘rsatkichlar kollejlar va litseylarda: 1992 yil-42027, 1995 yil-47353 va 2000 yil-8649 kishi, oliy о‘quv yurtlarida esa bunday natijalar ancha yuqori edi. Bolalar va о‘smirlar sport maktablarida (BО‘SM) shug‘ullanuvchilar soni 1992 yilda-244483, 1995 yilda-245347 va 200 yilda esa 272262 nafar yosh sportchilarni tashkil qildi.

Respublikada BО‘SM soni 1992 yilda-472 ta, 1995 yilda-522 va 2000 yilda 538 taga yetkazildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasidagi g‘amxо‘rliklari tufayli о‘quvchi-yoshlarni sportga jalb etish, sportchilarning mahoratlarini oshirishga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Mustaqillikning 10 yilligi davrida Respublikada sportning taraqqiyoti, iste’dodli sportchilarning Xalqaro sport maydonlarida erishgan g‘alabalarini aks ettiruvchi nufuzli tarixiy manba’lar yaratildi. Ular orasida 10 yillik yubileyga hadya etilgan “XXIasr Istiqbolimiz timsollari” kitobi e’tiborni jalb etadi. Eng muhimi shundaki, uning tarkibida dunyoga sport orqali mamlakatimizni tanitgan, yurtimiz bayrog‘ini baland kо‘tarib, madhiyamizni jaranglatishga hissa qо‘shgan sportchilar munosib о‘rin olgan. Ular haqida berilgan ma’lumotlardan namunalar keltirish maqsadga muvofiqdir.

“Xalqimizning qadri baland о‘g‘il-qizlari” bо‘limiga I.A.Karimovning “О‘zbek millatining, о‘zbek farzandlarining qobiliyat, zehn-zakovat, tirishqoqlik borasida boshqa hech bir millat yoki xalqdan qolishadigan joyi yо‘q”, deb bergan bahosi bilan boshlanadi. Shu о‘rinda jahon chempioni XXVII Olimpiya о‘yinlarining boks bо‘yicha oltin medal sohibi M.Abdullayevning yurtimiz bayrog‘ini baland kо‘tarib, mag‘rurona turishi yurtimiz yо‘lboshchisining fikrlariga hamohang bо‘lib turibdi. Ayniqsa, Prezidentning M.Abdullayevni tabriklashi va unga zarli tо‘n kiygizishi sportchilar mehnatini ulug‘lashdagi eng yuksak qadriyat ekanligini namoyish etmoqda.

Bokschi Ruslan Chagayevning ham qisqa bо‘lsada mehnatlari bu kitobdan о‘rin olgan. U 1978 yil 19 oktabrda Andijon shahrida tug‘ilgan. Ikki karra Osiyo va jahon chempioni, Osiyo о‘yinlari g‘olibi. “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan sportchi”, “О‘zbekiston iftixori” fahriy unvonlari, “О‘zbekiston belgisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2002 yilda professional boks bо‘yicha о‘z vaznida jahon chempioni unvoniga erishdi.

Rustam Saidov-1978 yil 6 fevralda tug‘ilgan. Boks bо‘yicha ikki marta Osiyo chempioni, Osiyo о‘yinlari g‘olibi, Sidney Olimpiadasining bronza medali sovrindori. “О‘zRda xizmat kо‘rsatgan sportchi” fahriy unvoniga ega.

О‘tkirbek Xaydarov, 1974 yil 25 yanvarda Andijonda tug‘ilgan. Boks bо‘yicha jahon chempioni. “О‘zRda xizmat kо‘rsatgan sportchi”, “О‘zbekiston iftixori” faxriy unvoniga sazovordir.

Dilshod Yorbekov, 1974 yil 5 yanvarda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Boks bо‘yicha Osiyo chempioni, Osiyo о‘yinlarining kumush va bronza medallari sovrindori. Jahon chempionati va kubogi hamda yaxshi niyat о‘yinlari bronza medallari sovrindori. “О‘zRda xizmat kо‘rsatgan sport ustasi”, “Dо‘stlik” ordeni, “О‘zbekiston belgisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Artur Grigoryan, 1967 yil 20 oktabrda Toshkentda tug‘ilgan. Boks bо‘yicha yaxshi niyat о‘yinlari g‘olibi, jahon chempionati kumush medali sovrindori. Professional bokschilar о‘rtasida 16 marta (2002) jahon chempioni. “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi. “О‘zRda xizmat kо‘rsatgan sportchi”, “О‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlari, “О‘zbeksiton belgisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Mirjalol Qosimov. 1970 yilda 17 sentabrda Toshkentda tug‘ilgan. Futbol bо‘yicha о‘smirlar о‘rtasida jahon va Yevropa chempioni. XII Osiyo о‘yinlari g‘olibi.

Akobir Qurbonov, 1975 yilda 29 iyulda Buxoroda tug‘ilgan. Sambo bо‘yicha tо‘rt karra Osiyo chempioni. Jahon universiadasi g‘olibi, jahon kubogi sohibi, jahon chempioni. Milliy kurash bо‘yicha jahon chempioni. “О‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda “О‘zbekiston belgisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Nurxon Nafasov-1965 yil 5 yanvarda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Milliy karate federatsiyasining prezidenti. О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan sport ustasi. Markaziy Osiyoda yagona 6-dan “Qora belbog‘” sohibi.

Qiziqarli tomoni shundaki, keyingi yillarda kichik yoshdagi bolalar о‘rtasida sharqona yakkakurashlar bо‘yicha musobaqalar uyushtirilmoqda. Shu sababdan bunday turlarga qishloq va uzoq xududlardagi bolalar katta ixlos bilan kirib kelmoqda. Buning guvohi sifatida “XXI asr: istiqlolimiz timsollari” kitobida Respublika prezidenti I.A.Karimovning yonida turib rasmga tushgan bolalarni e’tirof etish zarurdir.

YA’ni: A’zam, Farrux va Parviz Abdumovlonovlar Bekobod tumanidagi Zafar qishlog‘ida tug‘ilgan. Eng kattasi 13 yoshda (2000 yil ma’lumot), о‘rtanchasi -11 va kichigi 9 yoshda. Uch aka-uka karate bо‘yicha О‘zbekiston, Osiyo va dunyo chempionatlari, qator xalqaro turnirlarda g‘olib chiqishgan.

Rustam Qosimjonov, 1979 yil 5 dekabrda Toshkentda tug‘ilgan.Shaxmat bо‘yicha Osiyo chempioni, jahon Olimpiadasida shaxsiy hisobda bronza medaliga sazovor bо‘lgan. Xalqaro grossmeyster “О‘zbekiston iftixori” faxriy unvoniga hamda “О‘zbekiston belgisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Ibrohim Hamroqulov, 1982 yil 29 iyulda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Shaxmat bо‘yicha о‘smirlar о‘rtasida jahon va Osiyo chempioni. “Universiada-2000” musobaqasining g‘olibi. Xalqaro miqyosdagi sport ustasi.

Lina Cheryazeva 1968 yilda 1 noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Fristayl (chang‘ida akrobatik sakrashlar) bо‘yicha jahon chempioni, ikki karra jahon kubogi g‘olibi, Lillexammer Olimpiadasi chempioni. “О‘zRda xizmat kо‘rsatgan sportchi”, “О‘zbekiston iftixori” faxriy unvonlariga ega.

Iroda Tо‘laganova 1982 yilda 7 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. Tennis bо‘yicha qizlar о‘rtasida “Uimbldon” turniri va AQSH ochiq chempionati g‘olibi. Osiyo chempioni. Butunjahon о‘smirlar о‘yinlarining bronza medali sovrindori. “О‘zRda xizmat kо‘rsatgan sportchi”, “Shuhrat” medali sohibi.

Sevara Qodirova 1983 yil 3 yanvarda Namanganda (Chust) tug‘ilgan Xalqaro toifadagi sport ustasi. Stol tennisi bо‘yicha xalqaro musobaqalar g‘olibi. Jahon о‘yinlari (Shvetsiya, 1999y) “Universiada-2000” musobaqalari g‘olibi.

Kitobning “Millat g‘ururi, mamlakat iftixori” bо‘limida I.A.Karimovning “Yoshlarni sog‘lom, matonatli, jasur qilib tarbiyalashda sport va jismoniy tarbiyaning ahamiyati beqiyos”-deb baholashi olqishga sazovordir. Shu joyda yangidan qurilgan “Jar” sport majmuining ichki kо‘rinishi qator gilamlarda kurashchilarning olishuvlari, minglab tomoshabinlarning musobaqalarni kuzatishlari rangli tasvirda ifoda etilgan.



Sahifalarda Prezident I.A.Karimovning yetuk sportchilar davrasidagi tasviri XXVI Olimpiya о‘yinlarida boks bо‘yicha bronza medali sovrindori Karim Tо‘laganov, boks bо‘yicha tо‘rt karra respublika chempioni. Osiyo chempionatining kumush va bronza medallari sohibi, Osiyo о‘yinlari bronza medali egasi, jahon kubogi g‘olibi Jizzaxlik Lazizbek Zokirovning rangli suratlari berilgan. U Xalqaro sport ustasi va “О‘zbekiston iftixori” faxriy unvoniga egadir. Shular qatorida bokschi Tо‘lqinboy Turg‘unov (2 marta Osiyo о‘yinlari, jahon kubogi va jahon chempionatining kumush medallari sovrindori); Tatyana Malinina (muzda nafis uchish, qishki Osiyo о‘yinlarining oltin va kumush medallari sovrindori); Erkinboy Quttiboyev (kikboksing bо‘yicha Yevropa chempioni, Muaytay bо‘yicha uch karra jahon chempioni, Osiyo о‘yinlari g‘olibi); Timur Tо‘lyakov (boks bо‘yicha qit’a chempionati va Osiyo о‘yinlari kumush medallari sohibi, yaxshi niyat о‘yinlari g‘olibi) kabilar ham о‘z о‘rnini olishgan. Kitobning keyingi sahifalarida: Oksana Chusovitina, sport gimnastikasi bо‘yicha XXV Olimpiya chempioni, Osiyo о‘yinlari va “Jahon yulduzlari” xalqaro musobaqalari sovrindori,: Armen Bagdasarov, dyuzdo bо‘yicha XXVI Olimpiya о‘yinlari kumush medali sovrindori, tо‘qqiz marta О‘zRni chempioni, Butunjahon Universiadasining kumush medal sovrindori: Bahrom Avazov, milliy kurash bо‘yicha Amir Temur va pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan Xalqaro musobaqalarning mutloq g‘olibi, jahon chempioni: Kamol Murodov, dyuzdo bо‘yicha Osiyo о‘yinlari bronza medali egasi, Milliy kurash bо‘yicha birinchi jahon chempioni, Xalqaro miqyosdagi sport ustasi: Shuhrat Xо‘jayev, sambo bо‘yicha jahon va tо‘rt karra Osiyo chempioni, ikki marta jahon va qit’a kubogi sohibi, milliy kurash bо‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi: Toshtemir Muham
Download 21,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti