1. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning mazmuni va mohiyati


Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlarining tavsifi



Download 28,63 Kb.
bet5/10
Sana13.03.2022
Hajmi28,63 Kb.
#492407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Moliyaviy tahlil

4. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlarining tavsifi
Iqtisodiyotning erkinlashuvi bilan sof foydaning tarkibi va shakllanish manba muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korxona xo’jalik faoliyati sof foydasini shakllantirishda uning manba moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko’rsatkichlar tarkibiga bog’liq bo’ladi. O’z navbatida moliyaviy natijalarni shakllantirish manbasi korxona faoliyatida sodir etilgan xo’jalik jaryonlari va ularning moliyaviy natijalari hisoblanadi. Ushbu jarayonlarning umumiy hajmidan kelib chiqqan holda, korxona xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini quyidagi qismlarga ajratgan holda aniqlash maqsadga muvofiqdir:
-asosiy faoliyatning moliyaviy natijalari;
-moliyaviy faoliyatning natijalari;
-umumxo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari;
-favqulodda foyda va zararlar;
-yakuniy moliyaviy natija ko’rastkichlari.
Har qanday xo’jalik yurituvchi su’yektning asosiy daromad manbai va foyda hajmi ularning asosiy faoliyatidan olinadi. Asosiy faoliyatning daromadlari mahsulot sotishdan ko’rilgan daromad va operatsion daromaddan tashkil topadi. Asosiy faoliyat xarajatlari sotilgan mahsulot tannarxi va davr xarajatlarining yig’indisidan iboratdir. Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasini aniqlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda mahsulot sotishdan olingan daromad summasidan sotilgan mahsulot tannarxi ayiriladi va mahsulot sotishdan ko’rilgan yalpi foyda aniqlanadi.
Yalpi foyda summasiga asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar summasi qo’shiladi va davr xarajatlari summasi ayiriladi. Natijada asosiy faoliyat foydasi (zarari) aniqlanadi.
Asosiy faoliyatdan ko’rilgan moliyaviy natijani aniqlashda, ushbu faoliyat turi bo’yicha olingan boshqa daromad va qilingan boshqa xarajatlar alohida ahamiyatga ega.
Хo’jalik yurituvchi su’yektlarning asosiy faoliyatidan olingan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
-boshqa korxonalar faoliyatida, ulushli ishtirokidan olingan daromadlar, aksiyalar bo’yicha dividentlar, obligatsiyalar va korxonaga tegishli boshqa qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha daromadlar;
-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
-ishlab chiqarish zaxiralarini yuqori baholashdan olingan daromadlar;
-korxonaning qo’shma faoliyatdan olgan foydasi;
-hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydasi;
-inventarizatsiya natijasida aniqlangan korxona mulkining hisobga olinmagan ob’yektlari;
-mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan operatsiyalardan olingan boshqa daromadlar.
Shu bilan birga, asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar ham mavjud. Ular quyidagi moddalardan iborat:
-bekor qilingan ishlab chiqarish zaxiralari bo’yicha xarajatlar;
-xo’jalik shartnoma shartlarini buzganlik uchun, belgilangan yoki e’tirof etilgan jarima, penya va vaqtida to’lanmagan to’lovlar hamda yetkazilgan zararlarni qoplash bo’yicha xarajatlar;
-boshqa korxonalar bilan hisob-kitoblar bo’yicha dargumon qarzlar summalari;
-da’vo muddati o’tgan debitorlik qarzlarini hisobdan chiqarish bo’yicha ko’rilgan zararlar;
-hisobot yilida aniqlangan, o’tgan yillarning operatsiyalari bo’yicha zararlar va boshqa xarajatlar
Asosiy faoliyat foydasi korxonaning kelgusi rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Uning shakllanishi korxona ishlab chiqarish faoliyatining barcha jabhalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar: ishlab chiqarish hajmi va xarajatlar tarkibi, asosiy vositalar va aylanma mablag’lardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat unumdorligi kabilarga bog’liqdir.
Moliyaviy faoliyat natijasi. Bu ko’rsatkich korxonaning moliyaviy mablag’lari ishtirokidagi jarayonlardan olgan daromadlari va sarflagan xarajatlari o’rtasidagm farq sifatida aniqlanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxona moliyaviy faoliyatining daromad moddalari ko’paydi. Yaqin yillargacha korxonalar moliyaviy daromadi asosan korxona mablag’laridan foydalanganlik uchun to’lanadigan foizlardan iborat edi.
Endi qimmatli qog’ozlar emissiyasi, oldi-sotdi jarayonlari, boshqa korxonani tashkil qilishda ulishli qatnashiga, renta, lizing, dividend, diskont kabi daromad moddalari korxona yalpi daromadining salmoqli ulushini tashkil qilmoqda.


Download 28,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish