4.
|
4. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
yuridik shaxslar — sug‘urta (qayta sug‘urta) brokerlari va sug‘urta agentlari uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi komissiya mukofotining 13 foizi miqdorida belgilanadi;
sug‘urta (qayta sug‘urta) tashkilotining boshqa sug‘urta (qayta sug‘urta) tashkilotlari ustav fondlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, sug‘urtaning boshqa tarmoqlaridagi sug‘urta tashkilotlari ustav fondlarida ularning o‘zaro ishtirokini cheklash shartlarida ishtirok etish bundan mustasno;
vakolatli davlat organi sug‘urtalovchilar tomonidan qo‘llanilayotgan sug‘urta tariflarini, iste’molchilarning sug‘urta xizmatlari sifatidan qoniqishi darajasini, shuningdek sug‘urta mahsulotlarining samaradorligini tahlil qilish asosida sug‘urta zaxiralarining qabul qilinayotgan tavakkalchiliklarga maqbulligini ta’minlaydigan sug‘urta zaxiralarining minimal darajasini belgilaydi.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil 1-yanvargacha
2020-yil 1-yanvargacha
2020-yildan yiliga
ko‘pi bilan bir marta
|
M. Mirzayev
lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori
lavozim bo‘yicha — Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori
|
J. Qo‘chqorov,
G. Saidova
|
5.
|
5. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq qayta sug‘urtalovchi (qayta sug‘urta brokeri) sug‘urta majburiyatlarini qayta sug‘urtalash uchun xorijiy sug‘urta tashkilotlariga berishdan avval beriladigan sug‘urta majburiyatlarining kamida 50 foizi miqdorida qayta sug‘urtalash bo‘yicha ofertani (qayta sug‘urtalash shartnomalarini tuzish takliflarini) O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta sug‘urtalash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlariga yuborishi shart. Bunda:
oferta shartlari sug‘urta majburiyatlarini xorijiy sug‘urta tashkilotlariga qayta sug‘urtalashga berish shartlariga muvofiq bo‘lishi kerak;
oferta aksepti yoki akseptni rad etish qayta sug‘urtalovchilar — mahalliy sug‘urta tashkilotlari tomonidan, agar ofertada aksept uchun kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ikki ish kunidan kechikmagan holda amalga oshiriladi;
sug‘urta majburiyat�ari qayta sug‘urtalovchi — mahalliy sug‘urta tashkiloti tomonidan o‘zining ushlab qolish hajmi doirasida qabul qilinadi;
qayta sug‘urtalovchi — mahalliy sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda va asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta to‘lovini amalga oshirishda qayta sug‘urtalash shartnomasi shartlari doirasida qayta sug‘urta qildiruvchining qarorlariga amal qiladi.
Belgilansinki, ushbu band talablari obligator qayta sug‘urtalashga tatbiq etilmaydi hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va investitsiya bitimlarida o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lsa, qo‘llanilmaydi.
|
|