1. Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]



Download 67,73 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi67,73 Kb.
#258343
  1   2
Bog'liq
522 25.06.2019




[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang)]

[TSZ:

1.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

[OKOZ:



1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliqlar va yig‘imlar / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qaroriga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-oktabrdagi 807-son qarorining ijrosi yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida tajriba o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:

respublika hududida 2019-yil 1-iyuldan boshlab ixtiyoriy ravishda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimini majburiy tartibda joriy etish;

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy axborot markazi” davlat unitar korxonasini elektron hisobvaraq-fakturalarni markazlashtirilgan holda saqlash, operatorlararo uzatish va hisobini yuritish bo‘yicha vakolatli rouming operatori etib belgilash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

3. Quyidagilar:

O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining integratsiyalashtirilgan yagona axborot-resurs bazasining hisoblash quvvatini kengaytirish uchun zarur server va telekommunikatsiya qurilmalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2-ilovada ko‘rsatilgan qurilmalarni xarid qilish bilan bog‘liq mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2019-yil 25-iyun,

522-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-son qaroriga


1-ILOVA

O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risida

nizom

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Ushbu Nizom elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchi va sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, rouming operatori, operatorlar va vakolatli davlat organlarining elektron hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish, qabul qilish, saqlash va ulardan foydalanish doirasidagi o‘zaro munosabatlari tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:

elektron hisobvaraq-faktura (keyingi o‘rinlarda EHF deb ataladi) — tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya qilish va sotib olishni tasdiqlaydigan, EHF aylanish tizimi operatorlari orqali taqdim etiladigan va qabul qilinadigan, qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan shakllarda rasmiylashtirilgan elektron hujjat;

elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimi operatori (keyingi o‘rinlarda operator deb ataladi) — qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan talablarni bajargan EHFlarning aylanishi va ularni saqlash faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etilgan yuridik shaxs maqomiga ega axborot vositachisi;

rouming operatori — EHFlarning markazlashtirilgan holda saqlanishi, operatorlararo uzatilishi va hisobi yuritilishini ta’minlaydigan yuridik shaxs;

elektron hisobvaraq-faktura identifikatori — EHFni masofadan identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rouming operatorining axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda belgilanadigan EHFning o‘ziga xos raqami;

elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimining ishtirokchilari (keyingi o‘rinlarda ishtirokchilar deb ataladi) — EHF aylanish tizimida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchi va sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar;

QR-kod — tasdiqlangan EHFga biriktiriladigan va hujjat qog‘oz shaklida chop etilganda ko‘rsatiladigan, mobil ilovalar va dasturiy mahsulotlar orqali o‘qish (skanerlash) vaqtida EHF haqida barcha ma’lumotlarga havola bo‘ladigan maxsus grafik kod.

3. Ushbu Nizom talablari:

yo‘lovchilar tashishni yo‘l chiptalari bilan rasmiylashtirishga (shu jumladan avia va temir yo‘llarda);

tovarlar (ishlar, xizmatlar) naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, kvitansiya berishga;

tovarlarning eksport-import tarzida yetkazib berilishini rasmiylashtirishga;

qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladigan moliyaviy ijara (shu jumladan lizing) shartnomasi bo‘yicha mol-mulkni topshirishga, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 204-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyatlari yuzaga keladigan hollar bundan mustasno. Bunda tegishli hujjatlar (moliyaviy ijara shartnomasining tarkibiy qismi bo‘lgan ijara (lizing) to‘lovlari jadvali; hisobvaraq; ijaraga (lizingga) oluvchiga ijara (lizing) to‘lovlarini to‘lash uchun yuborilgan yozma bildirish va shu kabilar) bilan rasmiylashtirilgan har bir ijara (lizing) to‘loviga hisobvaraq-faktura yozilmaydi;

bank operatsiyalarini mijozning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma berish orqali rasmiylashtirishga;

Oldingi tahrirga qarang.

(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)

4. EHFlarni yuborish va qabul qilish telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali operatorlarning axborot tizimlari yordamida amalga oshiriladi.

EHFlar almashinuvi elektron raqamli imzolar bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.

5. EHFlarni shakllantirish, yuborish, tasdiqlash va saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyekt va operator o‘rtasida tuzilgan shartnoma (ommaviy oferta) asosida amalga oshiriladi.

2-bob. Operatorlarning vazifalari va majburiyatlari

6. Quyidagilar operatorning vazifalari hisoblanadi:

o‘z axborot tizimini rouming operatorining axborot tizimiga bog‘lash;

EHFlarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy-apparat majmuasining uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, ishtirokchilar uchun doimiy foydalanish imkoniyatini yaratish;

o‘z tizimi orqali rouming operatori tomonidan ishlab chiqilgan formatdagi EHFlarni yuborish.

7. Operatorning dasturiy-apparat majmualarini sertifikatlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

8. Operator:

telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga;

EHFlarni saqlash uchun sertifikatlangan apparat vositalari o‘rnatilgan egalik yoki ijara huquqi asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga (binolar, inshootlar, xonalarga);

EHFlarni shakllantirish, yuborish, qabul qilish va saqlash imkoniyatini beradigan axborot tizimiga;

call-markaziga va axborot texnologiyalari, moliya, soliq yoki buxgalteriya sohalarida oliy ma’lumot hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisga ega bo‘lishi lozim.

Operator ushbu bandda belgilangan talablar to‘liq bajarilgandan keyin o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

9. Operator o‘zining ma’lumotlar bazasida tasdiqlangan EHFlar kamida 5 yil davomida saqlanishini va ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinishi hamda EHFlar konfidensialligini ta’minlashi shart, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.

3-bob. Rouming operatorining vazifalari

10. Quyidagilar rouming operatorining vazifalarni hisoblanadi:

EHFlarning operatorlar o‘rtasida almashinishi, markazlashtirilgan holda saqlanishi, hisobi yuritilishi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimlariga uzatilishini hamda dasturiy-apparat majmuasining uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash;

EHF aylanish tizimi doirasida operatorlar bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga soladigan shartnomada rouming operatori tomonidan operatorning axborot tizimiga bog‘lanish uchun berilgan ro‘yxatga olish ma’lumotlarini (operator identifikatori, login va parolni) ko‘rsatish;

ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinishini hamda tasdiqlangan EHFlarning kamida 10 yil davomida saqlanishini ta’minlash;

EHFning haqqoniyligini QR-kod orqali tekshirish imkonini beradigan, ulangan barcha operatorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda operatorlar bilan ma’lumotlar almashish texnik protokoli joylashtirilgan global internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytni yuritish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlarning yozma so‘roviga asosan saqlanayotgan ma’lumotlar to‘g‘risida axborot berish.

4-bob. Elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari

11. Ishtirokchilar quyidagi huquqlarga ega:

o‘z xohishiga ko‘ra operatorni erkin tanlash;

EHF aylanish tizimida hisobvaraq-fakturalarni shakllantirish yo‘li bilan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya yoki xarid qilish;

EHF aylanish tizimidan foydalanish bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalar bilan tanishish va amaliy yordamlar olish;

EHF aylanish tizimidagi nosozliklar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi operatorga murojaat qilish.

12. Ishtirokchilar quyidagilarga majbur:

EHF aylanish tizimi orqali tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya qilishda raqobat va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish;

operatorning ommaviy ofertasida ko‘rsatilgan shartlarni bajarish;

EHFlar va elektron xabarlarni operatorga saqlash uchun topshirish;

EHF aylanish tizimida ishtirok etish maqsadida ishlab turgan axborot resurslarida EHFlarni joylashtirish;

qonun hujjatlariga muvofiq EHFlarning saqlanishini ta’minlash;

elektron tijorat sohasidagi standartlar, norma va qoidalarga rioya etish.

5-bob. Elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibi

13. EHFlarni shakllantirish, yuborish, tasdiqlash va ulardan foydalanish tartibi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.

14. Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchi tomonidan maxsus dasturiy mahsulot orqali EHF shakllantiriladi hamda sotib oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib operator orqali rouming operatoriga yuboriladi.

15. Kelib tushgan EHF rouming operatori tomonidan ushbu Nizom talablariga muvofiqligi tekshirilib, sotib oluvchiga uning operatori orqali yetkaziladi va EHF maxsus dasturiy mahsulotda “yetkazilgan” maqomiga o‘tkaziladi.

Quyidagi xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, rouming operatori tomonidan EHF qabul qilinmaydi va hujjat kelib tushgan kundan kechiktirmasdan tegishli operator orqali uni shakllantirgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchiga qaytaradi:

EHFni rasmiylashtirishda mazkur nizom talablariga amal qilinmagan bo‘lsa;

EHFga ma’lumotlar va rekvizitlar to‘liq kiritilmagan yoki xatolar bilan to‘ldirilgan bo‘lsa;

haqiqiy bo‘lmagan elektron raqamli imzodan foydalangan hollarda.

16. Kelib tushgan EHF sotib oluvchi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi yoki sababi ko‘rsatilgan holda rad etiladi. Bunda EHF “yetkazilgan”dan “rad etilgan” maqomiga o‘zgaradi.

17. Sotib oluvchi tasdiqlagan EHF operator tomonidan rouming operatori orqali tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchiga yuboriladi. Bunda EHF maqomi avtomatik ravishda “yetkazilgan”dan “tasdiqlangan” maqomiga o‘zgaradi. Shu paytdan boshlab EHF ikki tomonlama tasdiqlangan hisoblanadi va rouming operatori tomonidan EHFga QR-kod biriktiriladi.

18. Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmaydigan jismoniy shaxslarga realizatsiya qilishda tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchi tomonidan shakllantirilgan EHF uning elektron raqamli imzosi bilan bir tomonlama tasdiqlanadi.

19. Mazkur bobda qayd etilgan jarayonlar rouming operatori va operatorlar tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda va real vaqt rejimida amalga oshiriladi.

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

20. Vakolatli davlat organlari ushbu Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.

21. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


ILOVA

Elektron hisobvaraq-fakturalarni shakllantirish, yuborish, tasdiqlash va ulardan foydalanish

SXEMASI


Download 67,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish