1. Moliya / Investitsiyalar]



Download 26,74 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi26,74 Kb.
#403169
Bog'liq
4 04.01.2019




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]

[TSZ:

1.Moliya / Investitsiyalar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Toshkent shahrining infratuzilmaviy rivojlantirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni poytaxtning imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida keng xabardor qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda tuman hokimliklarining mas’uliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi,



1. Quyidagilar Toshkent shahar hokimligi, tuman hokimliklari va davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin:

Toshkent shahrida biznes yuritish uchun investitsiya muhitini yaxshilash;

yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni, shu jumladan kichik sanoat zonalari va texnoparklarda ularning ishlab chiqarish hajmi va eksportini ko‘paytirgan holda, rivojlantirish uchun infratuzilma tashkil etish;

[OKOZ:

1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]

mintaqaning turistik markazi sifatida poytaxtning jozibadorligini oshirish, ichki va xorijdan tashrif buyuradigan turistlar oqimini ko‘paytirish, turli formatdagi mehmonxonalar tarmog‘ini tashkil qilish, shuningdek, tibbiyot turizmini rivojlantirish;

[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.06 Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari]

xalqaro yetakchi oliy o‘quv yurtlari filiallarini ochish, sog‘liqni saqlash muassasalarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qo‘llagan holda qurish, qayta tiklash va texnik qayta jihozlash;

transmilliy kompaniyalar, yirik xorijiy moliya korporatsiyalarini jalb qilish, poytaxtni mintaqaviy moliya markazi sifatida rivojlantirish;

xususiy investitsiyalarni zamonaviy ofis binolari va uy-joy komplekslari qurilishiga jalb qilish, ularni tegishli infratuzilma bilan ta’minlash, poytaxtning alohida hududlarida “smart city” va “green city” tizimlarini tatbiq qilgan holda qurilish ishlarini yanada rivojlantirish;

muhandislik-kommunal infratuzilmasini rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini va ommabopligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni tadbiq qilish va xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etiladigan korxonalarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini jadallashtirish.

2. Quyidagilar:

2019-2020-yillarda Toshkent shahri tumanlari bo‘yicha investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;

xorijiy investitsiyalar ishtirokida Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;

investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun Toshkent shahri tumanlarini rivojlantirishning ustuvor sohalari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]

3. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy investorlarga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko‘maklashish uchun 2019-yilning 1-fevralidan Toshkent shahri tumanlari hokimliklari huzurida Investorlarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini ( keying o‘rinlarda markazlar deb ataladi) tashkil etsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” ATB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda markazlar faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

investorlarga tumanlarning salohiyati, tuman hokimliklari tomonidan tayyorlangan aniq investitsiya takliflari, mavjud imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni olishda ko‘maklashish;

investorlarni bo‘sh turgan davlat mulki obyektlar va foydalanilmayotgan yer uchastkalari, shuningdek, ularni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash;

investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishda investorlarga maslahatlar berish, shu jumladan ularga konsalting xizmatlari (loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va boshqa hujjatlarini ishlab chiqish) ko‘rsatish;

davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, tijorat banklari vakillari ishtirokida tumanlarning investitsiya imkoniyatlari masalalari bo‘yicha tadbir va uchrashuvlar tashkil etish;

xorijiy investorlar bilan hamkorlikda, shu jumladan bo‘sh turgan, foydalanilmayotgan obyektlar va yer uchastkalari negizida loyihalarni amalga oshirish uchun salohiyatli mahalliy sheriklarni topish;

investorlarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda, ruxsat beruvchi hujjatlar, shu jumladan qurilish ishlarini amalga oshirishga ruxsat berishga doir hujjatlarni olishda ko‘maklashish;

loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolarni tezkor hal qilish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etiladigan korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yordam berish;

xorijda o‘tkaziladigan xalqaro investitsiya va biznes-forumlar uchun materiallar, videoroliklar, investitsiya takliflari va taqdimotlar tayyorlashda ishtirok etish.

6. Toshkent shahri hokimi va tumanlar hokimlari zimmasiga:

2019-2020-yillarda 1-ilovaga* muvofiq xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning prognoz ko‘rsatkichlarini so‘zsiz amalga oshirish;

markazlarning samarali faoliyat yuritishi va ularni zarur axborot bilan ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklatilsin.

7. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbkeiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasining 2019-yilda Toshkent shahrida 4-ilovaga* muvofiq tashkil etiladigan xalqaro investitsiya va biznes-forumlar, ko‘rgazmalar o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

1 — 4- ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

8. Toshkent shahar hokimligi va O‘zbkekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi:

a) O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Bosh prokuratura va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi xukumat qarori loyihasini kiritsin:

Toshkent shahar hokimligida “Investorlar kuni”ni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, investorlar, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarni monitoring va nazorat qilish tartibi;

to‘g‘rida-to‘g‘ri muzokalar yakunlari bo‘yicha investitsiya shartnomalarini imzolash orqali Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan investitsiya faoliyatni amalga oshirish uchun yer uchastkasini soddalashtirilgan tartibda taqdim qilish tartib-taomillarining to‘liq shaffofligini ta’minlash.

b) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan boshqa munfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrida tashkil etiladigan halqaro investitsiya va biznes-forumlarning yuqori darajada o‘tkazilishini ta’minlansin.

9. Toshkent shahar hokimligiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha investitsiya va biznes-forumlarni o‘tkazish, Toshkent shahri va tumanlarining investitsiya salohiyatini keng yoritish, chet elda o‘tkaziladigan xalqaro investitsiya tadbirlarida ishtirok etish, muzokaralar olib borish uchun daromad prognozini oshirib bajarish hisobiga hosil bo‘lgan mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanishga, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarga ruxsat berilsin.

10. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda:

2019-yilning 1-apreliga qadar Toshkent shahrining investitsiya jozibadorligi, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, yirik investitsiya loyihalari to‘g‘risida rus va ingliz tillarida videomateriallar va reklama roliklari tayyorlanishini;

tayyorlangan videomateriallar va reklama roliklarini internet tarmog‘i va ommaviy axborot vositalari rasmiy saytlariga joylashtirish orqali keng yoritish, respublikaning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarida, yirik xorijiy kompaniyalar va vakolatxonalarda taqdimotlar o‘tkazish hamda ularni xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalariga yuborishni ta’minlansin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2019-yil 4-yanvar,

4-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2019-y., 09/19/4/2424-son)

Download 26,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish