10198 Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning Markaziy bankka topshirish uchun tayyorlangan va Markaziy bank farmoyishiga asosan taqsimlanadigan naqd pul mablag‘lari hisobi olib boriladi. Hisobvaraqning debetida Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining farmoyishiga asosan Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalariga va/yoki boshqa tijorat banklariga jo‘natilgan naqd pullarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |