10103 Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankka tegishli pul almashtirish shoxobchalarining amaliyot kassalarida mavjud naqd pul mablag‘larining harakati va hisobi yuritiladi. Kassa qoldig‘i o‘rnatilgan tartibda berkitiladi.
Hisobvaraqning debetida pul almashtirish shoxobchalarining kassirlari tomonidan hisobdorlik asosida olingan va valyuta sotuvidan kelib tushgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida berilgan pul mablag‘lari hamda 10101 — “Amaliyot kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan qoldiq aks ettiriladi
Tahliliy hisob har bir pul almashtirish shoxobchalari va valyuta turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.