III. HISOBVARAQLAR TA’RIFI
10000 AKTIVLAR
10100 Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari
10101 Aylanma kassadagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank va uning filiallari aylanma kassalarida mavjud bo‘lgan banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pullarning harakati va hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida mijozlar tomonidan aylanma kassaga topshirilgan, 10102 — “Naqd pullar zaxirasi” hisobvarag‘idan o‘tkazilgan, Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalaridan va boshqa tijorat banklaridan olingan naqd pul mablag‘lari, shuningdek bankning aylanma kassasiga kirim qilingan boshqa naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank va uning filiallari aylanma kassalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |