90963 Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovchilarning hisobvaraqlarida mablag‘larning yo‘qligi yoki yetarli emasligi sababli, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa (hisobvaraq arestga olinganda, hisobvaraq blokirovka qilinganda va boshqa) hollardagi muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlarining hisobi olib boriladi (Kartoteka №2). Ushbu hisobvaraq uchun 96321 — “Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq yoki qisman-qisman qilib to‘langan hujjatlarning summasi, shuningdek akseptlashni rad qilganligi natijasida qaytarilgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |