29806 To‘lash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin to‘lanmagan boshqa foizsiz xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida so‘ndirilgan vayoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlarning qaytarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir foizsiz xarajatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |